A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/102
Sana26.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#468659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Bog'liq
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Sariqcho‘qqi koni
. Geologik jihatdan Qalmoqqir koni polimetall 
minerallariga monand, lekin qiya joylashganligi va ancha kichik masshtabga 
egaligi bilan farqlanadi. Rudaning mineral tarkibi ham Qalmoqqir koniga 
o‘xshagan, ammo oltin metallari kam (0,1 g/t). Sariqcho‘qqi makoni rudalari 
hozirgi vaqtda qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasida qayta ishlanmoqda. Konda mis, 
molibden, kumush, reniy, selen, tellur, oltingugurt va boshqa elementlar tarkibida 
bo‘lgan misli rudalar qazib olinadi. Karyer tashqi tashlanma joyga nokerak tog‘ 
jinslarini olib chiqib ketish bilan transport sxemasi bo‘yicha, ochiq usulda ishlab 


18 
kelmoqda. Rudani saqlash maskani 5 km masofagacha bo‘lgan joyga avtoulovda, 
so‘ng 20 km gacha temiryo‘l bilan boyitish fabrikasiga jo‘natiladi. 
Pog‘ona balandligi 15 metr. Ortish jihozlari sifatida ekskavatorlar, parmalash 
jihozlari, sharsimon parmalash dastgohlari, BelAZ–549 avtosamosvallari 
ishlatiladi.
Karyer o‘lchovlari: uzunligi–1,5 km; kengligi–1 km, nisbiy chuqurligi–0,25 km. 
Ruda bo‘yicha yillik loyihaviy karyer quvvati–5 mln. tonna, balans ma’dan zaxiralari 
taxminan 85 mln. tonnani tashkil qiladi. 
Uchquloch koni

Kon O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatida, 
Olmaliqdan 320 km janubi-g‘arb tomonda joylashgan. Uchquloch qo‘rg‘oshin-rux 
koni strat shaklidagi qo‘rg‘oshin-rux konlariga xos namuna va eksgalatsion 
quyqadan hosil bo‘lgan (pnevmotolitgidrotermal, Popov bo‘yicha, 1965-y). Asosiy 
minerallar murakkab tasmasimon va qatlamsimon shaklga ega bo‘lib, yuqori 
Uchquloch tog‘ jinsining qator qatlami dolomitlarda joylashgan hamda 
vulkonogen-quyqadan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarida sig‘imli jinslarning struktura 
elementlarini takrorlaydi. Mineral jismlarga to‘yinib kengayishi va quvvat bo‘yi-
cha ortiqcha qisilganligi ko‘pincha ularning linzali shakliga sabab bo‘lgan. 
Makonda joylashish xususiyati va geologik tuzilishiga ko‘ra, Uchquloch 
konidagi ma’dan jinslari ikki guruhga ajratilgan. Ma’dan jismlarning birinchi 
guruhi antiklinal markaziy qismida sinklial murakkablashtirish tarzida joylashgan. 
Keltirilgan va bir necha nishabli linza konlari birin-ketin joylashgan. Mineral 
jinslarning ikkinchi guruhi Xanbanditau antiklinalning shimoliy qanotiga ulanib va 
asosan, tikka tushayotgan kondan iboratdir. 
Uchquloch geologik qirqmasida metallurgik jarayon pastki Uchqulochdan 
Quruqsoy bo‘g‘zi qatlamlarida biroz kuchaygan. Mineral jismlarning ikkinchi 
guruhi – bu sanoat ma’danlanishining asosiy qismi bo‘lib, u Uchquloch dolomit 
qalinligi yoyilmasi shaklida bir joyda to‘planib qolgan. Pastki Uchquloch va 
mensvitalariga ulangan ma’danlanish oz va ancha sust kechadi. 


19 
Mineral jismlarning kimyoviy tarkibi oddiy. Minerallar galenit, sfalerit va 
bariy bilan joylashgan bo‘lib, faqat qirqma holda hamda rejada joylashganligi 
nisbati bilan ajralib turadi. Asosiy ma’dan minerallardan tashqari (galenit, sfalerit, 
barit) pirit, bornit va boshqa ma’danlar rivojlangan.Yer po‘stlog‘ining yorig‘idan 
chiqariladigan minerallar: dolomit, kalsit, kvarsdan iboratdir. Zararli aralashmalar 
amalda qayd etilmagan. Uchquloch konining asosiy zaxiralari ochiq usulda qazib 
olinmoqda. Karyerdan maydalash punktiga rudani avtomobil transporti bilan 
yetkazib, u yerdan temiryo‘l bilan 320 km masofaga Olmaliq qo‘rg‘oshin-rux 
boyitish fabrikasiga yuklab jo‘natiladi. Uchquloch suv tanqisligi sababli o‘z 
boyitish fabrikasiga ega emas. Kelgusida zaxiralarning bir qismini yerosti usuli 
bilan ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Lekin Uchquloch rudasidan foydalanish 
iqtisodiy jihatdan uncha katta foyda bermasligi aniqlanganligi, jahon amaliyotida 
qayta ishlab chiqaradigan asosiy ma’danlarga nisbatan qo‘rg‘oshin va ruxning jami 
miqdori 3–4 marta kamligi sababli yerosti konining qurilishi vaqtincha 
to‘xtatilgan. Rudani qazib olish bo‘yicha karyerning loyihaviy quvvati yiliga 1100 
ming tonna mineralli rudani tashkil qiladi. Karyerda ma’dan zaxiralari: 
qo‘rg‘oshin, rux, bu esa kon ishlarining loyihaviy unumdorligi 20–35 yilga 
ta’minlanishi rejalashtirilgan. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish