193
XII-BOB. BANK BINOLARI VA KOMPLEKSLARI
12.1. Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari
Bank binolarining tipologik shakllanishi bank
ishi rivolanishidagi asrlar
davomida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Ma’lumki, banklar paydo bo‘lishiga qadimdan mavjud bo‘lib kelgan pul-tovar
munosabatlar sabab bo‘lgan. Antik va feodal davrlarda bank – to‘lovlarni amalga
oshirishda vositachi, pulni almashtirish, ya’ni sarroflik funksiyalarini bajargan. U
davrning tipologik banki – sarrof rastasi yoki do‘koni (ital.
Banko
– do‘kon, rasta).
Bobil va Yunonistonda bank operatsiyalari bilan
kohinlar korporatsiyasi
shug‘ullangan, pul saqlashning eng ishonchli joyi sifatida ibodatxonalardan
foydalanilgan, ya’ni bank funksiyalarini ibodatxonalar bajargan. Ma’lumki,
Delfadagi Appolon, Efesdagi Artemida ibodatxonalarida,
shuningdek Afinadagi
bir nechta yirik ibodatxonalarida omonat qabul qilish va qarz berish ishlari
yuritilgan. Shunday qilib,bank binosi boshqa
funksional vazifalar uchun
mo‘ljallangan jamoat binolari asosida shakllangan va bank qurilishidagi
arxitekturaga ularning ta’siri kuchli bo‘lgan.
Qadimgi bank ishi Rim imperiyasi emirilishidan keyin batamom tugatilgan,
lekin, ta’kidlash zarurki, aynan Rim imperiyasi davrida bu faoliyat o‘zining eng
yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. O‘rta asrlarda
bank ishining ijtimoiy
o‘zgarishlarga bo‘lgan reaksiyasi kuchayib borishini kuzatish mumkin edi. Bu kabi
munosabatlar yillar o‘tib yanada rivojlandi va hozirgi kunlarga qadar saqlanib
kelmoqda. Har bir asrlar almashinuvi, har bir o‘zgarishlar davri banklarga bo‘lgan
ehtiyojni avvaliga keskin oshirib yuborgan, keyin esa kuchli pasayish ro‘y bergan.
O‘rta asrlarda bank ishi yana rivojalana boshladi, banklarga bo‘lgan ehtiyoj yana
kuchayib ketdi. Nafaqat xususiy banklar ko‘paydi, balki shahar ma’muriyati
nazorati ostida faoliyat ko‘rsatadigan banklar ham paydo bo‘la boshladi. Bu
banklar kapitalizm davrida aksionerlik korxonalar shaklidagi bankirlik firmalariga
aylandi. Bu davrda bank binosi ma’muriy binolarga bo‘lgan tipologik talablarga
javob beruvchi binolarga aylandi.
194
Aynan o‘sha davrda bank pul mablag‘larini saqlash,
kredit berish, pul bilan
bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish,
veksellar hisobini yuritish, pul va
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, oltin va xorijiy valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar
kabi funksiyalar bilan shug‘ullanuvchi muassasa sifatida to‘liq shakllandi. Nihoyat,
aniq funksional vazifaga ega bo‘lgan yangi turdagi jamoat binosiga – bank
binosiga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ldi. Universal
turdagi tijorat banki esa, o‘sha
davrda Evropadagi banklarning asosiy turi sifatida e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: