Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

 
4.9-rasm. 
Mansard tipidagi to‘rt xonali Turar-joy uyi garaji bilan.
Arxitektor I.N.Shishkov. 
Ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan uy tomi bir nishabli va ikki nishabli bo‘lishi 
mumkin. Aralash tomli uyning birinchi qavatida ko‘pincha umumiy xona 
joylashtirilib, u juda baland shiftli bo‘ladi. 2 qavatli uylarda hovli bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘lanish ularni ikki yarusga joylashtirish hisobiga erishiladi. Ikki qavatli 
uylar bir qavatli uylardan afzalligi bilan farq qiladi, chunki ular yer sathini, tom 


81 
sathini, poydevor va stokol hamda uy hajmining ikki marta qisqarishiga olib keladi va
shu bilan ularning narxi arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi (4.10-rasm). 
 
 
4.10-rasm. 
Besh xonali ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan ikki qavatli uy.
2-qavat tarhi (chapdan), 1-qavat tarhi (o‘ngdan). 
2 qavatli Turar-joy uylari tomorqali uylardan tubdan farq qilmaydi, farqi 
shundaki, bu uylarda faqat 2 qarama - qarshi tomonga yorug‘lik (tomorqali uylarda 
esa 3-4 tomoni ochiq yorug‘likni xohlagan tomondan) berish mumkin. Xonadonga 
kirish asosan ko‘cha tomondan tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lak bilan umumiy xona va 
oshxonadan hovliga chiqishga qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Yozgi xona 
/ayvon/ asosan hovli tomonga joylashgan bo‘lib, umumiy xona va oshxona bilan 
chambarchas bog‘langan bo‘lishi shart. 


82 
Bu uylar ko‘cha tomondan "qizil chiziqdan" 6 metr masofa tashlab quriladi. Uy 
oldiga panjarali gulxona, kirish va chiqish uchun darvoza yoki eshik o‘rnatiladi. 
Tomorqaning orqa tomoni esa tor xo‘jalik ko‘chasiga qaratilgan bo‘lib, uning xo‘jalik 
xonalari shu tomonda joylashtirilgan bo‘ladi. 
Uy atrofiga gulzorlar, hovuzlar, yozgi oshxona, soyabonlar va daraxtlar 
o‘tkaziladi. Undan qolgan yer sathi sabzavotlar va mevali daraxtlar, uzumzorlar 
uchun ishlatiladi. Garaj uchun ham qulay joy tanlash zarur. U uy ichida ham bo‘lishi 
mumkin. Uylarni qulay joylashtirish uchun ularni birlashtirish, ya’ni bitta tom tagida 
joylashtirish mumkin.
Kam qavatli uylarni har tomondan yorug‘likka ega bo‘lishi (oriyentatsiyasi) 
ko‘p qavatli binolarga qaraganda uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki past 
qavatli binoni daraxt va butalar bilan o‘rab ularni quyoshdan saqlash mumkin. 
Shuning uchun binoni g‘arbga qarab qurish mumkin. Bunday uylarda faqat 
yotoqxonalarni shimol tomonga qaratishdan saqlanish lozim, u yerda yaxshi sanitar-
gigiyena sharoitini yaratish lozim. Vannaxona va hojatxonalarni tabiiy yoritish 
tavsiya etiladi, chunki bunday binolarda bunga imkoniyat bor
 
(4.11-rasm). Kir 
yuvish asosan vannaxonada bajariladi. Vannaxonaning 2-qavatda joylashishi 
noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun eng qulayi oshxona yoniga maxsus kir 
yuvadigan xonaga kir yuvish mashinasi, suv ketadigan joy, dazmollash va kiyimlarni 
taxlaydigan joy, quritish shkafini joylashtirishdir.
Ikki xonadonli (juft) uy
bir umumiy devorga ega bo‘lgan ikkita bir xonadonli 
xonadonlar birlashuvidir. Bunda ikki xonadonli uy tashqi devorlari perimetri har bir 
xonadon uchun kichik bo‘ladi, bu tashqi devorlar uchun materiallarni va isitish uchun 
harajatlarni kamaytirib, iqtisodga olib keladi. Bundan tashqari, ikki xonadonli 
uylarni qurish yer maydoni kengligini kamaytirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida, 
ko‘chalar va barcha kommunikatsiyalarning umumiy uzunligini qisqartiradi. 
Natijada, bir xonadonga to‘g‘ri keluvchi, ko‘chalar va muhandislik 
kommunikatsiyalari, xuddi shunday maydonli bir xonadonli uylar qurilishi bilan 
taqqoslaganda, taxminan 25-30% ga qisqartiradi. 


83 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish