Smit dogmasi" deb ataydilar
. Smitning fikricha,
yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yig`indisiga teng, ya'ni
daromadlar summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab
chiqarish vositalari ham qo`llanilishini tushungan holda, Smit shunga qaramay ishlab
chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda va renta kabi daromadlarga
bo`lish mumkin, deb o`yladi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot "qiymati"dan
doimiy kapital S ni chiqarib tashlagan. qiymatdan uning tarkibiy qismi bo`lgan doimiy
kapitalni inkor etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo`qqa
chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go`yo har yili to`la iste'mol qilingan bo`lib
chiqadi. O`z-o`zidan ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
emas, hatto oddiy ishlab chiqarish mumkin bo`lmay qoladi (doimiy kapital S ko`p yillar
ish beradi). Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun yo`l qidirib, o`z
nazariyasiga yalpi va sof daromad o`rtasidagi farqni kiritadi. Muayyan mamlakatning
yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo`lsa, sof daromad yalpi daromadning shunday
bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi o`z kapitalini sarflamay iste'mol zahirasiga qo`yishi
mumkin. Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan hosil
qilingan qiymat bilan aynan bir deb o`ylagan (milliy daromad). Lekin yangidan hosil
qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatilgan ishlab
chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy kapitalni ham o`z ichiga oladi. Bu xatolik
Smitning qiymat to`g`risidagi ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib
chiqqan. Umuman, bu yerda gap kengaytirilgan emas, balki oddiy tarkor ishlab chiqarish
to`g`risida fikr yuritiladi. Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan,
abstrakt mehnat yangi qiymat hosil qilishini, aniq mehnat esa ishlab chiqarish vositalari
qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o`tkazishini ko`rsata olmadi. Ijtimoiy mahsulot
qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo`qotib qo`ygan Smit kapital jamg`arilishini butun
qo`shimcha qiymatning qo`shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosa
chiqardi. U o`ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning
iste'moliga talab ham bir xil sur'atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy iste'mol ishlab
chiqarish bilan parallel o`sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo`lmoqda).
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga
katta e'tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta'minlashni, davlatning
iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa
manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo`lishi mumkin degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi
paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat
sektorining samarasizligini ko`rsatib, "hukumat har doim va istisnosiz buyuk
isrofgarchidir" deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funksiyasi tan olinadi:
1) huquq-tartibot;
2)mamlakat xavfsizligini ta'minlash;
3)jamiyatga zarur bo`lgan (ammo xususiy sektor tomonidan tuzilmagan) ijtimoiy
korxona va muassasalarni t'minlash.
Umuman to`g`ri bo`lgan bu fikrlar, ya'ni davlatning iqtisodiyotga aralishish
chegaralari keyingi paytda qayta ko`rib chiqilmoqda. U sex tartib-qoidalari, eskirgan
qonunlar, korporatsiyalar va savdo monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni
hamma uchun bir xil imkoniyatni yoqladi. Xodisalarning stixiyali borishini va raqobatni
har qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit
davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki tartibini
saqlash, tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo`jalik rivojining zaruriy shartlari deb
hisobladi. Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o`z asarining
beshinchi, oxirgi kitobini davlat budjeti va davlat qarzlariga bag`ishlagan. U faqat butun
jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat xarajatlarinigina qo`llab-quvvatladi, "arzon
davlat" tezisini ilgari surdi. Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy
asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli
har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va
olinish vaqti esa to`lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g`oyalarga to`la amal
qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim
lendlordlar, ya'ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi
chiqdi. Yer rentasi davlat solig`i qo`yiladigan eng qulay obyektdir. Smit foydadan
olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun
o`z mahsulotiga yuqori baho qo`yish bilan soliq og`irligini iste'molchi ustiga yuklaydi. U
ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham
korxona egasi to`laydi, chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak. Smit
merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan
cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi savdodagi har qanday cheklashlarga
qarshi edi.
Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo`ldi. Olimlar Smitga baho
berib, "ilg`or burjuaziyaning buyuk mafkurachisi" degan edilar. Lekin u aslida bozor
iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqardi. Smit nochor ahvolga tushib qolgan
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi uch omilni ko`rsatib bergan edi:
1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo`lishi va saqlanishi;
2) me'yordagi yengil soliqlar tizimi;
3) davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda
amalga oshaveradi.
Bu qoidalar bizning mamlakat xo`jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi.
A.Smitning tadqiqotlari yakunida ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni aks ettirilgan,
ammo u F.Kenyedan farqli ravishda buni alohida chizma - "Iqtisodiy jadval" shaklida
bermaydi, lekin uning shaklini og`zaki, so`zma-so`z ifodalaydi, shunga asoslanib bu
sxemani chizib ko`rsatish va ikkalasini solishtirish imkoniyati paydo bo`ladi (8.1-
chizmaga qarang). Chizmadan shuni ko`rish mumkinki, F.Kenyeda oddiy takror ishlab
chiqarish jarayoni aks etgan bo`lsa, A.Smitda oddiy (xususiy) hol va kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish jarayonlari mavjud. A.Smit erkin savdo (ing. "free trade")
konsepsiyasini ilgari surdi (Fritrederlik). Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni
chiqarish (eksport) va keltirish (import) masalasi qo`yiladi. Agar biror bir davlat bizni biz
ishlab chiqara oladiganga qaraganda nisbatan arzonroq tovar bilan ta'minlay olsa, uni
sotib olish ancha qulayroqdir, uning o`rniga ba'zi sohalardagi afzallikka ega bo`lgan
tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu holat A.Smitning mutlaq afzallik tamoyili
asosida yotadi. Bunda tabiiy sharoit, iqlim, yer-suv, qazilma boyliklar ko`zda tutiladi.
XULOSA
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la shakllandi, bu
britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy voqea bo`lmay, shu
davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan
fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy
differensiatsiya va boshqalar.
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarning mohiyati
asosan to`g`ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har tomonlama obyektiv asosda
tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko`rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi
va dahlsizligi qo`llabquvvatlandi.
Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv iqtisodiy
qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg`unlikni
ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llanadi.
"Ko`rinmas qo`l" yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo
rivojlanish qobiliyatiga egadir. Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining
asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida
to`g`ri ko`rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar
o`rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik
prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy nazar (sanoat, qishloq
xo`jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniqlandi.
Jamiyatning sinfiy tuzilishi asosan to`g`ri ko`rib chiqildi, ular o`rtasida keskin qarama-
qarshilik yo`qligi ko`rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli
iqtisodiy inqirozlar inkor etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo`lgan qiymat,
pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif
berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining
bekamu ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan.
Quyida A.Smitning mamlakat milliy boyligini ko`paytirish omillari chizmasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |