Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

litsenziya 
olish 
uchun
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim 
qiladi:
• lombard faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish uchun 
ariza; 
• davlat ro‗yxatidan o‗tganlik to‗g‗risida ma‘lumotnoma nusxasi; 
• biznes-reja; 
• muassislar ro‗yxati; 
• lombard boshqaruv organlari tarkibi va strukturasi to‗g‗risida 
ma‘lumot; 
• lombard faoliyatini amalga oshirish uchun bino, qo‗riqlash tizimi 
va sharoitlari to‗g‗risida ma‘lumot; 
• lombard va baholovchi tashkilotlar o‗rtasida tuzilgan shartnoma; 
• litsenziya uchun to‗lovning kvitansiyasi. 
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentyabrdagi 402-sonli 
qaroriga asosan lombardlar faoliyatini litsenziyalash uchun eng kam ish 
haqi miqdorining 0,5 barobarida haq to‗lanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mijozning 
hujjatlari 30 kalendar kuni ichida ko‗rib chiqilishi lozim. Qabul qilingan 
qaror to‗g‗risidagi ma‘lumot qaror qabul qilingandan keyin 3 kun ichida 
mijozga yetkazilishi lozim. 
Hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilmagan, ularda xato va 
kamchiliklar mavjud bo‗lgan va boshqa kamchiliklarga yo‗l qo‗yilgan 
55
hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi 
majburiy bo‗lgan ko‗rsatmalar berish, mikrokredit tashkilotining 
faoliyatini auditdan o‗tkazishga doir talablarni belgilash, mikrokredit 
tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni 
belgilash, mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy me‘yorlar 
buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir 
foizigacha jarima undirish, mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim 
moliyaviy operatsiyalar o‗tkazishni uch oygacha bo‗lgan muddatga 
cheklash, mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib 
turish yoki tugatish yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtirish va bekor 
qilish orqali mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va 
nazorat qiladi. 
Mikrokredit tashkiloti faoliyatida kamchiliklar aniqlangan hollarda, 
masalan, mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlari talablari, 
shu jumladan, litsenziya talablari va shartlari buzilganda, uning 
faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini 
yuklovchi 
qarorlar 
bajarilmaganda 
Markaziy 
bank tomonidan 
litsenziyaning amal qilishi to‗xtatib turilishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lib qolganda, 
mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan 
iqtisodiy me‘yorlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va 
hisobot ma‘lumotlari buzib ko‗rsatilganda, mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan 
paytdan e‘tiboran olti oydan ortiq kechikkanda, Markaziy bank 
litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror qabul qilishi 
mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishga, 
buyurtma 
beruvchiga 
mikromoliyaviy 
xizmat 
ko‗rsatishni 
asoslantirilgan holda rad etishga, mikromoliyaviy xizmat ko‗rsatish va 
shartnoma bo‗yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan 
hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‗rab olishga, maqsadli mikrokredit 
o‗z vaqtida to‗lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan 
holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab 
qilishga, mijozlarga maslahat va axborot xizmatlari ko‗rsatishga, qarz 
oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada 
bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) 
miqdorini belgilashga, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish uchun 
qonunga muvofiq mablag‗lar jalb etishga haqli.


56
Mikrokredit tashkiloti buyurtma beruvchiga uning huquq va 
majburiyatlari 
to‗g‗risida, 
shu 
jumladan, 
shartnoma 
bo‗yicha 
majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi 
oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq barcha 
xarajatlar to‗g‗risida, shuningdek, ko‗rsatiladigan mikromoliyaviy 
xizmat bo‗yicha foiz stavkasi haqida to‗g‗ri hamda to‗liq axborotni 
yozma shaklda xabar qilishi, shartnomada belgilangan tartibda va 
muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi, shartnoma bo‗yicha 
majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi 
natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning o‗rnini qoplashi, 
belgilangan eng kam miqdordan past bo‗lmagan ustav fondiga ega 
bo‗lishi, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‗tkazish qoidalariga, 
shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi, qonun 
hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa 
hujjatlarni yuritish va hisobotni belgilangan tartibda o‗z vaqtida taqdim 
etishi, tekshirish o‗tkazish uchun yuborilgan O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati 
to‗g‗risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini 
ta‘minlashi shart.
Qonunning 
13-moddasiga 
muvofiq 
mikrokredit 
tashkiloti 
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish, qarz majburiyatlarini sotib olish 
va sotish (faktoring), mikrolizing (moliya ijarasi) bilan shug‗ullanishi, 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatish, shu jumladan, iste‘mol kreditlari berishi, boshqa 
mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq maslahat va axborot 
xizmatlari ko‗rsatishi bo‗yicha mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatishi 
mumkin. 
Ammo mikrokredit tashkiloti tomonidan qarz majburiyatlarini 
chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar 
(depozitlar) qabul qilishga, jismoniy shaxslardan qarz mablag‗larini jalb 
qilishga, o‗z muassislarining majburiyatlari bo‗yicha kafil bo‗lishga yoki 
kafolat beruvchi bo‗lishga, shuningdek, ularga o‗z majburiyatlari 
bajarilishini ta‘minlashning boshqa usullarini taqdim etishga ruxsat 
etilmaydi. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
mikromoliyaviy xizmatlar o‗z mablag‗lari, shu jumladan, olgan 
daromadlari, investorlar, shu jumladan, chet ellik investorlar tomonidan 
investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‗lar, banklarning 
kreditlari va davlat maqsadli jamg‗armalarining mablag‗lari, xalqaro 
57
moliya institutlari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining, shu jumladan, 
chet el nodavlat-notijorat tashkilotlarining grantlari, qarz mablag‗lari va 
qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan 
boshqa 
manbalar 
hisobidan 
shakllantiriladi. 
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‗mdan ortiq bo‗lgan 
mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv 
organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori 
boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va 
boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi 
tomonidan tayinlanadi. Ichki audit xizmati o‗z faoliyatini O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga 
muvofiq amalga oshiradi. 
Mikrokredit tashkiloti O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishi mumkin. Filiallar 
o‗z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida 
amalga oshiradi. 
Bugungi kunda 27 mikrokredit tashkiloti o‗z faoliyatini amalga 
oshirib, mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatib kelmoqda. 
Lombard
ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‗lib, mijozning ko‗char 
mulkini garovga olib, qisqa muddatli kreditlar berish va ularni saqlab 
berish bilan shug‗ullanadi. 
O‗z ixtisoslashuviga qarab lombardlar qimmatbaho buyumlar, 
avtotransport va boshqalar bilan ishlaydigan lombardlarga bo‗linadi. 
Qimmatliklar va buyumlarning bahosi tomonlar kelushuviga asosan 
belgilanadi va ular o‗rtasida tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Qarz 
oluvchi yoki mulk egasi o‗z mulkini garovga qo‗yib lombarddan kredit 
olgandan keyin shartnoma shartlarini lozim darajada bajarishi va o‗z 
mulkini o‗rnatilgan muddatlarda qayta sotib olishi mumkin. Bunda qayta 
sotib olish bahosi summasi lombardning mijozga bergan kredit summasi 
va lombardning xizmati uchun to‗lanadigan foiz stavkasidan iborat 
bo‗ladi. Lombard tomonidan berilgan kreditning muddati kelib garovga 
qo‗yilgan mulk mijoz tomonidan qayta sotib olinmasa, bu mulk lombard 
tomonidan sotuvga qo‗yilishi yoki auksion orqali sotilishi mumkin. 
Shuningdek, ba‘zi mamlakatlarda lombardlar qimmatli metallar, toshlar 
va boshqa qimmatliklarni faqatgina sotib olish bilan shug‗ullanadi. 
O‗zbekiston Respublikasida lombardlar faoliyati ―O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida‖gi, ―Faoliyatning ayrim 
turlarini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi 


80
Bulardan tashqari, Markaziy bankka: bank kengashi a‘zolari 
ro‗yxati ularning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini 
tasdiqlovchi ma‘lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy 
tuzilishi, ichki audit to‗g‗risidagi nizomi, kredit siyosati to‗g‗risidagi ni-
zomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza 
topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi 
Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga 
muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish 
mo‗ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organ-
lariga berilgan bildirishnomaning nusxasi ham topshirilishi lozim. 
Bank ustavida bankning to‗liq va qisqartirilgan nomi hamda uning 
joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili, bank 
operatsiyalarining ro‗yxati, maqsadi va faoliyat muddati, ustav 
kapitalining miqdori, muassislar ro‗yxati, ustav kapitalidagi ulushlarning 
taqsimlanishi, ustav kapitalini ko‗paytirish yoki kamaytirish tartibi, 
chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har 
xil turdagi aksiyalarning nisbati, sof foyda va dividendlarni taqsimlash 
hamda zararlarni qoplash tartibi, zaxira fondini va boshqa fondlarni 
tashkil etish tartibi, bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari, 
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank 
kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a‘zolarining soni, 
vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma‘lumotlar, yillik hisobotlarni 
tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi, bank auditi, shu jumladan, 
buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan 
hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari, bankni qayta tashkil 
etish va tugatish tartibi, bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi, 
shartlari va boshqa ma‘lumotlar bo‗lishi lozim. 
Tijorat bankining joylarda filialini tashkil etish paytida ham ushbu 
hujjatlar (ta‘sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi zarur bo‗ladi. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda 
yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlarga qo‗shimcha ravishda yana 
quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: 
- tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etilishida ishtirok qilishi 
haqidagi qarori; 
- norezident bankning O‗zbekiston Respublikasining chet eldagi 
konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi; 
- bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan 
muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, 
65
FZTning yana bir muhim tarkibi Ochiq bozor bo‗yicha Federal 
qo‗mita( 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish