Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


O„z bilimini tekshirish uchun savollar



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

O„z bilimini tekshirish uchun savollar 
 
- Kreditlashning asosiy tamoyillarini tushuntiring? 
- Kreditning ta‘minlanganligi deganda nimani tushunasiz? 
- Kreditning obyekti va subyektlari nimalardan iborat? 
- Kreditlashning qanday usullarini bilasiz? 
- Hozir O‗zbekiston Respublikasi amaliyotida kreditlashning 
qanday usullaridan foydalaniladi? 
- Kreditlashning qaysi usuli sizning fikringizcha samaraliroq va ni-
ma uchun?


258
 
 
VIII BOB. AYLANMA MABLAG„LAR VA MIJOZLARNING 
KREDITGA LAYOQATLILIGINI BAHOLASH USULLARI 
 
1-
§
. Aylanma mablag„lar tushunchasi va ularning tarkibi 
 
Mamlakat iqtisodiyoti, real sektor va uning yetakchi tarmoqlarini 
rivojlantirishda aylanma mablag‗lar (aktivlar) muhim o‗rin tutadi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish - pul 
muomalasini 
muvofiqlashtirish 
hamda 
milliy 
pul 
birligining 
barqarorligini ta‘minlashning asosiy omillaridan hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish va xizmat ko‗rsatishning samaradorligini oshirishga 
xomashyo, materiallar, yoqilg‗i, elektr-energiya va boshqa resurslardan 
to‗g‗ri foydalanish, ularni iqtisod qilish tamoyillariga rioya qilish, 
material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab 
chiqarishga joriy qilish orqali erishish mumkin. Shuni ta‘kidlashimiz 
lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini 
oshirish, avvalombor, aylanma mablag‗lardan to‗g‗ri foydalanishga 
bog‗liq. 
Har bir xo‗jalik subyekti o‗z ishlab chiqarishini tashkil qilish, ishlab 
chiqarish vositalarini sotib olish uchun ma‘lum qiymatni avanslashtirishi 
lozim. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash uchun esa 
avanslashtirilgan qiymat ishlab chiqarish va muomala sferalarida doimiy 
ravishda aylanib turishi zarur. Avanslashtirilgan qiymat mehnat 
vositalari va predmetlarini sotib olishga sarflanishi mumkin. Shu 
jihatdan ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi predmet va 
vositalarni ikki shakldagi aktivlarga, ya‘ni uzoq muddat xizmat qiluvchi 
asosiy aktivlar va aylanma aktivlarga bo‗lish mumkin. Uzoq muddatli 
aktivlar ishlab chiqarishda uzoq yillar davomida qatnashadi. Eskirib 
borishi bilan uzoq muddatli aktivlar o‗z qiymatini qisman yangi 
yaratilayotgan mahsulotga o‗tkazib boradi.
Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab 
chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‗z 
qiymatini to‗la o‗tkazadi, shakli o‗zgaradi.
Agar biz klassik qarash bilan yondashadigan bo‗lsak, aylanma 
aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‗tadi: pul 
mablag‗lariga ega bo‗lish, ya‘ni ularni avanslashtirish, ishlab chiqarish 
va tovarlarni sotish bilan bog‗liq bosqichlar.
271
Bank kreditlashning birinchi bosqichida quyidagilarni aniqlashi 
kerak: 
A. Qarz oluvchining ishonchliligi va kreditga layoqatliligi, uning 
hamkor sifatidagi faoliyati doimiyligi va samarasi. 
B. Kredit buyurtmasining asoslanganligi va kredit qaytarilishining 
ta‘minlanganlik darajasi. Bank kerak bo‗lsa kredit taklifi bo‗yicha o‗z 
talablarini ishlab chiqishi va mijozni u bilan tanishtirishi mumkin. 
D. Kredit taklifining bank kredit siyosati va kredit portfeli 
tuzilmasiga to‗g‗ri kelishi. Yangi kredit berish va kredit portfeli 
diversifikatsiyasi kredit riskining pasayishiga olib keladimi yoki yo‗qmi 
degan savolga javob topishi lozim. 
Bankning kredit berish bilan shug‗ullanuvchi xodimlar yaxshi 
bilmaydigan 
iqtisodiyot 
tarmoqlaridagi 
korxonalariga 
ssuda 
berishlaridan oldin bu sohaning xususiyatlarini chuqur o‗rganishlari 
lozim. Bunday hollarda kredit taklifini baholash uchun nufuzli 
ekspertlarni jalb qilishlari mumkin. Ammo bu bankni qo‗shimcha 
xarajat qilishga olib kelsa-da, kreditlash bilan bog‗lik risklarning oldini 
olishi mumkin. 
Har qanday ariza va qo‗shimcha hujjatlar hamda suhbat natijalarini 
aniqlashning hal qiluvchi omili bo‗lib, qarz xarakteri va kreditga 
layoqatliligini aniqlash hisoblanadi. Kredit inspektori qarz oluvchiga 
arizani tayyorlash davomida mijozning kreditni qoplashga loyiq 
qimmatli aktivlarini va daromad miqdorini, uning kredit tarixini ham 
o‗rganishi lozim. Kredit inspektori qarz oluvchi daromadining faqatgina 
miqdoriga emas, balki barqarorligiga ham e‘tibor berish kerak. 
Daromadning miqdori va doimiyligi uning faoliyati turg‗unligining 
bilvosita ko‗rsatgichi bo‗lib, mijozlarning depozit hisoblaridagi o‗rtacha 
bir kunlik qoldiq to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hisoblanadi. Bank depozit 
hisoblaridagi salmoqli qoldiqlarni bo‗lishi mijoz moliyaviy ahvolining 
ishonchliligidan, uning moliyaviy intizomliligidan va olingan kreditlarni 
qaytarish borasidagi intilishlari jiddiyligidan dalolat beradi. 
Tajribali kredit inspektori ahamiyat beradigan omillardan yana biri 
mijozning bir joyda uzoq va doimiy faoliyat ko‗rsatishi, yashashi hamda 
mashg‗ul bo‗lishidir. 
Kredit inspektorlari ―qarzlar piramidasi‖ deb ataluvchi holatning 
paydo bo‗lishidan ehtiyot bo‗lishi lozim. ―Piramida‖ holati bu qarzdor 1 
ta bank yoki firmadan olgan qarzini to‗lash uchun boshqa kreditordan 
qarz olishi tushuniladi. Mijozning kredit kartochkalari bo‗yicha 
qarzining kattaligi, ko‗pligi o‗zining hisobidan yozib berilgan 


270
zararlar summasi, kompaniya daromadi va xarajatlari, sof daromadi, 
uning rezervga taqsimlanishi va chegirmalar, dividend to‗lovlari va 
h.k.lar to‗g‗risida batafsil ma‘lumot beriladi. 
3) Kassa tushumlari va harakati to‗g‗risida hisobot. U ikki hisobot 
muddatida tuzilgan balanslarning solishtirilishiga asoslangandir va u har 
xil bo‗limlar va fondlar harakatida bo‗ladigan o‗zgarishlarni ko‗rishga 
yordam beradi. Resurslar holati, yetarliligi, ishlatilishi, foizlar uchun 
mablag‗lar bo‗shash vaqti va kassa tushumlarining yuzaga kelishi va 
h.k.ning umumiy holati ko‗rib chiqiladi. 
4) Ichki moliya hisoboti. Bu hisobot kompaniya moliyaviy holati, 1 
yil, kvartal yoki oy davomida resurslarga bo‗lgan ehtiyojining 
o‗zgarishlarini aks ettiradi. 
5) Ichki operativ hisob bo‗yicha ma‘lumotlar. Balans tuzish uchun 
ko‗p vaqtni talab qiladi. Lekin kreditor bankka qarz oluvchi kompaniya 
to‗g‗risida ba‘zi bir operativ hisobot ma‘lumotlari kerak bo‗lib qolishi 
mumkin. 
6) Moliyalashtirishning prognozi. Bu hisobot kelgusi sotuvni 
baholash, xarajat, tovarni ishlab chiqarish bilan bog‗liq xarajatlar, 
debitor qarzdorlik, zaxiralar qaytarilishi, naqd pulga ehtiyoj, kapital 
qo‗yilma va h.k.larni o‗z ichiga oladi. 
7) Soliq deklaratsiyasi eng kerakli qo‗shimcha axborot sifatida. 
Unda qarz oluvchi soliq to‗lovchi sifatida boshqa hujjatlarga 
kirgizilmagan axborotlar bo‗lishi mumkin. 
8) Biznes-reja. Ko‗pgina kredit buyurtmalari hali moliya hisoboti va 
boshqa hujjatlarga ega bo‗lmagan ishni endi boshlayotgan korxonalarni 
moliyalashtirish bilan bog‗liq. Bunday paytda qarz oluvchi kompaniya 
bankka kreditlanadigan loyiha maqsadi va uni amalga oshirish usullari 
haqida ma‘lumotlarni o‗z ichiga oluvchi batafsil biznes-rejani taqdim 
etishi kerak. 
Kredit inspektori mijozning kredit buyurtmasi va unga kiritilgan 
hujjatlarni yaxshilab o‗rganib chiqadi. Bundan so‗ng u qarz oluvchi 
bilan yana bir bor suhbatlashadi. Suhbat davomida kredit inspektori qarz 
oluvchi kompaniya ishlarini har tomonlama o‗rganishi, u bankni 
qiziqtiradigan savollarga kerakli darajada ahamiyat berishi va javob 
olishi kerak. 
Ko‗zga ko‗ringan chet el banklarining amaliyoti shuni ko‗rsatadiki, 
kelgusi mijoz bilan suhbat aniq bir tartibda berilgan quyidagi savollarga 
bog‗liq bo‗lishi mumkin. 
259
Aylanma aktivlar aylanishining birinchi bosqichida ishlab chiqarish 
vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari 
ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning 
xususiyati shundaki, bu bosqichda ba‘zi korxonalar o‗z mablag‗lari 
yetarli bo‗lmagan hollarda bank kreditlarini o‗z xo‗jalik oborotiga jalb 
qilishlari mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish 
bosqichi (T-i/ch-T‘) bo‗lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va 
ishlab chiqarish vositalari) qo‗shilishi yuzaga keladi va bu jarayon 
aylanma aktivlari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq 
ifodalashga yordam beradi. Chunki ikkinchi bosqich asosiy va hal 
qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo‗lgan 
mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka 
erishish omillariga boy bo‗lgan bosqich bo‗lib, mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‗paytirish uchun: ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan 
to‗liq va o‗z vaqtida ta‘minlash, material resurslarini iqtisod qilgan 
holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish, mehnat 
resurslaridan to‗g‗ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T‘-P‘)da 
yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda 
aylanma mablag‗lar yana boshlang‗ich shakl - pul shakliga o‗tadi va bu 
esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.
Aylanma aktivlar aylanishining uchala bosqichi bir-biri bilan 
chambarchas bog‗liq va ularni o‗rganish katta ahamiyatga ega. Ishlab 
chiqarish jarayonini to‗g‗ri tashkil qilish, uning uzluksizligini 
ta‘minlash, aylanish bosqichlari bo‗yicha aktivlarni to‗g‗ri taqsimlash 
ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faoliyatining 
yaxshi natijalarga erishishiga olib kelishi mumkin.
Fondlar aylanishining asosiy shakli - pul shakli ishlab chiqarishni 
tashkil qilishda asosiy rol o‗ynaydi. Shuning uchun ular aylanishining 
asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag‗larini avanslashtirish va 
jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o‗tishidir. Haqiqatda, pul 
mablag‗larini avanslashtirmasdan turib fondlar aylanishini boshlash 
mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar o‗z-
o‗zidan amalga oshirilmaydi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag‗lar korxona oborotida 
doimiy ravishda bo‗lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o‗z 
shaklini o‗zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma 
mablag‗lar pul shaklidan ishlab chiqarish zaxiralari shakliga, ishlab 


260
chiqarish zaxiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor 
bo‗lmagan mahsulot)ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor 
mahsulot shakliga o‗tadi. Oxirgi bosqichda mahsulot sotiladi, ya‘ni tovar 
shaklidan pul shakliga o‗tadi va jarayon boshida avanslashtirilgan 
mablag‗lar kelib tushgan tushum hisobidan tiklanadi. Aylanma aktivlar 
iqtisodiy kategoriya sifatida bir necha xususiyatlarga ega. Shulardan biri 
- aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan 
qiymatlarni bir iqtisodiy kategoriya - aylanma aktivlar kategoriyasiga 
birlashishidir. Aylanma aktivlarning yana bir xususiyati - ularning 
tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir.
Aylanma aktivlar korxona balansining aktiv qismida ko‗rsatilib 
quyidagi tarkibiy guruhlarga bo‗linadi.
I guruh. Tovar-moddiy boyliklar, bularga:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tayyor mahsulot;
tovarlar kiradi.
II guruh. Ishlab chiqarish xarajatlari, bularga:
tugallanmagan ishlab chiqarish;
kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
III guruh. Pul mablag‗lari, bularga:
qaznadagi pul mablag‗lari;
valyuta mablag‗lari;
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‗lari; 
boshqa schyotlardagi pul mablag‗lari kiradi.
IV guruh. Debitorlar, bularga:
xaridor va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar;
bo‗nak to‗lovlari; 
budjet bilan hisob-kitoblar; 
xodimlar bilan hisob-kitoblar; 
shu‘ba korxonalar bilan hisob-kitoblar; 
uyushma korxonalar bilan hisob-kitoblar; 
ta‘sischilar bilan hisob-kitoblar; 
boshqa debitorlar kiradi.
Aylanma aktivlar o‗zining qaysi tarmoqqa qarashli ekanligiga qarab 
aylanishi davrida ma‘lum xususiyatlarga ega bo‗ladi.
Mavsumiy tarmoqlar (qishloq xo‗jaligi, tayyorlov, qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar)da aylanma aktivlarning 
aylanishi bir tekisda kechmaydi.
269
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini o‗rganish va kredit 
berilgandan keyin kredit monitoringini muntazam olib borish bank 
riskini kamaytirish va uning daromadini oshirishning navbatdagi 
bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Kredit mexanizmi xo‗jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‗lib, u 
o‗z ichiga kreditlash shartlarini, usullarini va kreditni boshqarish 
tamoyillarini oladi. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit 
siyosati amalga oshiriladi. 
Kreditlash jarayonini tashkil qilish kredit buyurtmasini ko‗rib 
chiqishdan boshlanadi. Biz amaliyotda kredit buyurtmalarini ko‗rib 
chiqishda nimalarga e‘tibor berish zarurligini ta‘kidlamoqchimiz. 
Har bir mijoz faoliyatiga chuqur diqqat bilan munosabatda bo‗lish, 
har bir bank xodimining faoliyat ko‗rsatish qoidalarining ajralmas qismi 
bo‗lishi kerak. Odatda, o‗z mijozlariga diqqat bilan muomala 
qilmaydigan xodimlari bo‗lgan bankning kelajagi bo‗lmaydi. Bizning 
banklarimiz bilan mijozlar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning 
aksariyat jihatlari bizga ma‘lum bo‗lganligi bois biz amaliyotimizda 
bank bilan mijoz o‗rtasida mavjud kredit munosabatlarga to‗xtalmasdan, 
jahon amaliyotida kredit jarayonining tashkil qilinish asoslariga 
qisqacha to‗xtalamiz. Jahon amaliyotida kreditlash jarayonini tashkil 
qilishda bank xodimi mijozlarga kreditlash shartlari haqida ma‘lumot 
beradi va bankning anketa savollariga javob berishni taklif qiladi. Chet 
el banklarida mijozlar bilan bo‗lgan birinchi va undan keyingi 
uchrashuvlar natijasi hisobotlarda umumlashtiriladi. Bu hisobotlar 
ma‘lum miqdorda savollarning standart yig‗imini o‗z ichiga oladi. 
Bunday hisobotga mijozning bankka har tashrifidan so‗ng o‗zgartirish 
kiritiladi va yangi ma‘lumot bilan to‗ldiriladi. Bu hisobotlar kredit 
inspektoriga kelgusida mijoz to‗g‗risida uchrashuvlari oldidan kerakli 
ma‘lumotlarni beradi. Kelgusida mijoz kredit inspektori bilan bo‗ladigan 
uchrashuvga olinadigan kredit, uning ishlatilish maqsadi, summasi, 
qaytarilish muddati va taqdim qilingan ta‘minotini o‗z ichiga olgan 
kredit buyurtma bilan keladi. 
Ko‗pgina davlatlarda nufuzli banklar kredit buyurtmasi bilan birga 
bir necha hujjatlarni ko‗rib chiqadi, bularga: 
1) Qarz oluvchi kompaniya (korxona) ta‘sis hujjatlarining notarial 
tasdiqlangan nusxasi. 
2) Moliyaviy hisobot, korxona balansi va oxirgi uch yil uchun 
foyda va zarar hisobotini o‗z ichiga oladi. Balans yil oxirigacha tuzilib, 
unda aktivlar, majburiyatlar va kapital tuzilmasi ko‗rsatiladi. Foyda va 


268
O‗zining barcha ahamiyatiga qaramasdan bu ko‗rsatkichlar ayrim 
ma‘noda chegaralangan ahamiyatga ega. Birinchidan, ko‗pgina 
ko‗rsatkichlar, shu jumladan, moliyaviy ahvolni, kapitalning borligi va 
boshqalarni xarakterlovchi ko‗rsatkichlar asosan o‗tmish bilan bog‗liq 
bo‗lib, ular o‗tgan davr ko‗rsatgichlari asosida hisoblanadi, kelajakdagi 
kreditga layoqatlilikni rejalashtirish esa kelajakda ssudalarning 
qaytarilish imkoniyatlariga baho beradi. Ikkinchidan, odatda, bunday 
ko‗rsatkichlar hisobot muddatiga qolgan qoldiq asosida hisoblanadi, 
vaholanki, ma‘lum davrdagi oborotlar haqidagi ma‘lumotlar ssudalarni 
qaytarish imkoniyatlarini to‗laroq tasvirlaydi. 
Umuman banklar faoliyati, ayniqsa, banklarning kreditlash bilan 
bog‗liq faoliyati turli xildagi risklar bilan bog‗liq. Mijozga kredit 
berishdan oldin uning moliyaviy ahvoli, kreditga layoqatlilik 
ko‗rsatkichlarini chuqur tahlil qilish kredit riskini kamaytirib bank 
kreditlarining 
shartnomada 
belgilangan 
muddatlarda 
bankka 
qaytarilishini ta‘minlaydi. Shuning uchun bank ssuda berayotganda 
kreditga layoqatlilikni o‗rganishi, ya‘ni qarz oluvchining moliyaviy 
holatini hamda uning kreditni o‗z vaqtida to‗liq qaytarib berish 
imkoniyatini baholashni o‗ziga shart deb biladi. Shu bois bank o‗ziga 
olishga tayyor bo‗lgan risk darajasi u taqdim etayotgan kredit hajmi va 
kredit berish shartlarining qay darajada bajarilishiga bog‗liq.
Bank nafaqat mijozning ma‘lum kunlardagi to‗lov qobiliyatini 
baholashi, shu bilan birga, uning kelajakdagi moliyaviy barqarorligini 
ham 
prognozlashi 
zarur. 
Moliyaviy 
barqarorlikni 
va 
kredit 
operatsiyalaridagi risk hisobini obyektiv baholash, bankka kredit 
resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxonalarning to‗lov 
qobiliyati va barqarorligini aniqlashda xalqaro standartlarga mos 
buxgalteriya hisobini yuritish zaruratinii tug‗diradi va balansdagi aktiv 
va passivlarni qabul qilingan moddalar bo‗yicha guruhlashtirilishi, 
to‗lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni yetarli darajada chuqurroq 
tahlil qilish imkonini beradi. 
Bank risklarini kamaytirish va uning daromadini oshirishda kredit 
jarayonini to‗g‗ri tashkil qilish, mijozning kreditga layoqatliligini 
aniqlash muhim o‗rin tutadi. Mijozga berilgan kredit o‗z vaqtida qaytib 
kelishini xohlaydigan bank, avvalambor, mijozning kredit buyurtmasi va 
uning kredit tarixini mukammal o‗rganib chiqishi lozim. Bu jarayon 
bank riskini oldini olishning ilk bosqichi hisoblanadi.
261
Chunki bu tarmoqlarga aylanma aktivlarga bo‗lgan ehtiyoj yilning 
fasliga, mavsumga qarab turlicha bo‗ladi. Masalan, qishloq xo‗jaligida 
qish, bahor oylarida aylanma aktivlarga bo‗lgan talab oshishi, kuzga 
kelib aylanma aktivlarga bo‗lgan talab kamayishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligi va shunga o‗xshagan boshqa mavsumiy 
tarmoqlarda aylanma aktivlarga bo‗lgan talab bank kreditlarini jalb 
qilish yo‗li bilan qoplanishi mumkin.
Mavsum bilan bog‗liq bo‗lmagan tarmoqlar (sanoat, savdo, 
ta‘minot v.b.)da aylanma aktivlarning aylanishi (mahsulot sotib olish, 
ishlab chiqarish va sotish jarayonini amalga oshirish) bir maromda 
kechishi mumkin. Shunga qaramasdan nomavsumiy tarmoqlarda ham 
materiallarning mol yetkazib beruvchidan kelib tushishda, tovar ortiqcha 
yoki kam kelib tushganda, transport bo‗yicha qiyinchiliklar bo‗lganda, 
import mollar ko‗p miqdorda kelib tushganda, tayyor mahsulotni sotish 
jarayoni va boshqalarda ularning aylanma mablag‗larga bo‗lgan ehtiyoji 
o‗z mablag‗lari yetarli bo‗lmagan hollarda bank krediti hisobidan 
qoplanishi mumkin.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish