204
Vakolatli banklar eksport-import operatsiyalari bo‗yicha quyidagi
hujjatlar tikiladigan yig‗ma ish jildi ochishlari lozim:
- korxonaning arizasi;
- ro‗yxatga olingan shartnomaning nusxasi;
- shartnomaga identifikatsiya nomeri berilganligi to‗g‗risidagi
ma‘lumotnoma;
- hisob-kitoblar ma‘lumotnomasi;
- mahsulotlarning O‗zbekiston Respublikasidan chiqarganligini
tasdiqlovchi bojxona reyestori;
- haqiqatda eksportyor tashqi lotga valyuta tushumi kelib
tushganligini tasdiqlovchi bildirishnoma. Belgilangan tartibda valyuta
tushumidan majburiy sotuvni amalga oshirish va qoldiqni asosiy hisob
varag‗iga o‗tkazish.
Zarurat bo‗lganda xizmat ko‗rsatayotgan vakolatli bank tomonidan
ushbu shartnomaga tegishli bo‗lgan har xil turdagi yozishmalar, yuqori
tashqi lot bilan soliq idoralari, bojxona xizmatiga oid hujjatlar talab
qilinishi mumkin.
Barter shartnomalari ham shu tartibda amalga oshiriladi. Barter
shartnomalarini tuzish uchun tashkilotlar tegishli idoralar (Vazirlar
Mahkamasi, hokimiyatlar)dan ruxsat olishlari kerak. Ruxsatnoma
olganlaridan keyin barter shartnomasini 10 kun muddat ichida bankka
taqdim etishlari lozim.
Bunaqa hisob yuritish eksport – barter shartnomalarining
bajarilishini kerakli darajadan nazorat o‗rnatish uchun valyuta
tushumlarini o‗z vaqtida va to‗liq ravishda ta‘minlash, shuningdek,
belgilangan tartibda majburiy sotuvni amalga oshirishlari uchun zarur.
Qonunda belgilangan muddatda tushum bo‗lmasa yoki mahsulot kelib
tushmasa, vakolatli bank bir hafta mobaynida chora ko‗rish uchun
tegishli organlarga xabar berishi lozim. Xat nusxasi O‗zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining tashqi aloqalar va valyutani
boshqarish departamentiga, Davlat Soliq qo‗mitasiga yuborilishi lozim.
Shuningdek, import shartnomalari tashkilotning valyuta hisob
raqami ochilgan vakolatli banklarda ro‗yxatga qo‗yilishi kerak. Import
shartnomalarini xizmat ko‗rsatayotgan bankda ro‗yxatga qo‗yish uchun
mijozlar belgilangan shaklda ariza, shartnomaning asl nusxasini, import
197
shartnoma amalga oshirish narxi bitim tuzilgan kunda belgilanadi.
Forvard va fyuchers operatsiyalarining o‗xshash tomonlari bo‗lgani bi-
lan bir-biridan farq qiluvchi belgilari ham mavjud.
Birinchidan, fyuchers opreatsiyalari, odatda, birja bozorida, forvard
esa banklararo bozorda amalga oshiriladi. Bundan shu kelib chiqadiki,
fyuchers shartnomalarini amalga oshirish muddatlari ma‘lum sanalarga
bog‗liq bo‗ladi va muddat, hajm hamda yetkazib berish shartlari
bo‗yicha standartlashtirilgan bo‗ladi. Forvard shartnomalarida esa
muddat va hajm o‗zaro tomonlar kelishuvi bo‗yicha belgilanadi.
Ikkinchidan, fyuchers operatsiyalari ma‘lum chegaralangan valyuta
birliklari bilan amalga oshiriladi (AQSh dollari, Yevro, yapon iyenasi,
funt-sterling v.b.). Forvard shartnomalarida esa ko‗proq turdagi val-
yutalardan foydalaniladi.
Uchinchidan, fyuchers bozorida yirik investorlar ham, shuningdek
individual va kichik institutsional investorlar ham ishtirok etishi mum-
kin. Forvard bozorida esa uncha katta bo‗lmagan firmalar ishtiroki che-
garalangan, chunki ko‗p hollarda forvard shartnomasini tuzish uchun
minimal summa 500000 AQSh dollaridan iborat.
To‗rtinchidan, fyuchers operatsiyalarining 95% ofset (qaytarish)
bitimi bilan tugallanadi, bunda valyutani real yetkazib berish amalga
oshirilmaydi, ishtirokchilar esa faqatgina shartnomalarning boshlang‗ich
narxi bilan qaytarish bitimi amalga oshirish kunidagi narx orasidagi
farqnigina oladilar. Forvardda esa 95% holda valyutani yetkazish
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Beshinchidan, shartnomalarning standartlashtirilgani shuni bil-
diradiki, fyuchers bitimlari individual mijoz va bank o‗rtasidagi tuzilgan
forvard bitimlariga qaraganda arzonroqqa tushadi. Xuddi shuning uchun
forvard bitimlari odatda qimmatroq, ya‘ni ularda sotish va sotib olishda
katta spred kuzatiladi. Bu esa muddatdan ilgari ochiq pozitsiyani yop-
ganda mijoz uchun katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Grafik ko‗rinishda forvard va fyuchers operatsiyalari orasidagi
farqni quyidagicha ko‗rsatish mumkin.
Sotuvchi
Shartnoma shartlari
Xaridor
Sotuvchilar
Birja
Xaridorlar
10-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: