168
Daromad keltiruvchi aktivlarga ssudalar, qimmatli qog‗ozlar bilan
operatsiyalar, hisobga olish operatsiyalari, bank investitsiyalari va
boshqalar kiradi. Daromad keltiruvchi aktivlar salmog‗ining oshishi
bankda zarur rezervlarning bo‗lishiga
va bank tomonidan samarali
depozit siyosatini olib borishga bog‗liq. Aktivlarning to‗g‗ri va samarali
joylashtirilishi banklarning kredit siyosatiga ham bog‗liq. Banklarning
kredit operatsiyalari bo‗yicha kredit ekspansiyasini o‗rnatish, kredit
hajmini qisqartirish (rezerv talablar orqali), ochiq bozorda operatsiyalar
olib borish, veksellarni qayta hisobga olish bo‗yicha limit o‗rnatish,
hisob stavkaning yuqori chegarasini belgilash, ssudalar va investitsiyalar
hajmini kamaytirish yoki oshirish orqali aktivlar bo‗yicha daromadlarni
oshirish va kamaytirish bankning kredit siyosatida belgilanadi.
Daromad keltirmaydigan aktivlar daromadsiz aktivlar deb ataladi.
Ularga kassadagi va bank omboridagi naqd pullar, Federal rezerv bank
yoki korrespondent
banklardagi depozitlar, inkassatsiyada bo‗lgan
cheklar, asosiy fondlar va boshqalar kiradi.
AQSh tijorat banklarida aktivlar tijorat banklari faoliyatining
rezervlari sifatida 2 kategoriyaga bo‗linadi:
- birlamchi rezervlar;
- ikkilamchi rezervlar.
Birlamchi rezervlarga naqd shakldagi likvid aktivlar kiradi. Bu
aktivlar yuqori likvidlilikga ega bo‗lsada daromad keltirmaydi. Ularga
kassadagi va rezervdagi naqd pullar, Federal rezerv bank va
korrespondentlik hisob varag‗ida bo‗lgan mablag‗lar kiradi. Odatda,
kassadagi mablag‗lar bank mablag‗larining bir qismi bo‗lib bank kassiri
tomonidan joriy to‗lovlar uchun ishlatilsa, rezerv pullar bank tomonidan
depozitlar bo‗yicha to‗lovlarni amalga oshirishga yo‗naltirishi
mo‗ljallangan banknotalar hisoblanadi.
AQSh qonunchiligiga muvofiq hech
qanday muvofiqlashtiruvchi
tashkilot bank tizimi va tijorat banklarida mablag‗larni zaxiraga olib
qo‗yishga haqli emas.
Ikkilamchi rezervlar – bular pul shaklida bo‗lmagan likvid aktivlar
bo‗lib ular tarkibiga davlat va munitsipal obligatsiyalar, tez to‗lanishi
lozim bo‗lgan, muddati 30 kungacha bo‗lgan kreditlar kiradi.
169
Ikkilamchi aktivlarning asosiy funksiyasi – birlamchi (kassa) aktivlarni
ta‘minlashga xizmat qilishdan iborat. Ikkilamchi aktivlarning zarur
miqdori - rezervlar darajasining o‗rtacha ko‗rsatkichiga, bank tizimining
ba‘zi likvidlilik ko‗rsatkichlariga, jumladan, kassa rezervlari va hukumat
qimmatli qog‗ozlarining bank tizimidagi
umumiy depozitlar summasiga
nisbati bilan aniqlanadi.
18-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: