AK8
475
450
Magniy
qotishmalari
MA1, MA2
430
350
MAZ
400
300
MA5
370
300
Mis qotishmalari
BrAJ 9-4, Br AJM 10—3 —
1,5
850
750
BrAJN10—4—4,Br KN 1 — 3 900
700
Ls 59 — 1
750-800
600
Titan qotishmalari
VT1,VTZ,VT4,VT5, VT6,
VT8
1100—
1150*
750—800
*Qotishmalar markasi va bolg’alash yoki shtamplash ishlov berishga turini
qo’llanilishiga bog’liq holda temperatura aniqlashtiriladi.
Bosim bilan ishlov berishda metallarni qizdirish rejimi zagatovkani uzunligi va
butun hajmi bo’yicha belgilangan temperaturani olishga imkon berish kerak.
Metallni
texnologik jarayonda ko’rsatilgan temperaturada qizdirish vaqti pechni ishchi qismi
o’lchamiga va zagatovka o’lchami,metallning fizik xossalari va zagatovkani pechga
kiritish yoki taxlash usullariga bog’liq.Misol uchun zagatovkani orasini ochish yo’li bilan
qizdirish jipsga nisbatan tez qiziydi.Pechni ishchi qismi temperaturasi katta
bo’lsa,zagatovkalarni qizdirish vaqti tez bo’ladi.Pechni ishchi qismi temperaturasi bilan
zagatovka temperaturasi oralig’i temperatura bosimi deyiladi.Uning kattaligi doimiy
qizdirish uchun 100-150
0
S ga teng.
Turli markadagi po’latlar uchun bolg’alashning temperatura oraliqlari
Po’lat markalari
Metallning
qizdirishning eng
yuqori
temperaturasi
Bolg’alash
oxiridagi
temperatura
0
S
Zagatovkani
tayyorlash
jarayonlari
uchun
Pardozlash
ishlari uchun
St2,St3,10,15,25
1280
800
700
St5,St6,St7,40,45,50,55,15X,20X
35X,40X,30N,40SX,45X,25XSMA,
1220
800
700
18XNVA,18XNMA,5XNM,6XNM 1200
800
700
45XN,U7,U8,U10,9X,9X2
1150
850
800
Tezlik bilan zagatovkalarni qizdirishda oddiy holdagi qizdirishga nisbatan
teperatura bosimi 200-300
0
Sni yuqorini tashkil etadi. Alangali
pechlarda zagatovkani
qizdirish tezligi oddiy pechlarga nisbatan 3-4 marta ortiqni tashkil etadi.
Metallni bolg’alash uchun to’g’ri qizdirish: a)qizdirishni belgilangan temperaturada
zagatovkani buttun kesimi bo’yicha bir xil qizdirish;
b) qizdirishni ruxsat etilgan tezlikda ,
ammo metallning sifatini buzmasdan olib borish; v) metallni kuyindiga kam chiqarib va
yoqilg’ini kam sarflab qizdirish.
Ma’lumki, turli ximiyaviy tarkibdagi po’latlarning issiqlik o’tkazuvchanlik xossasi
bir xil emas. Po’latni tarkibida legirlovchi arralashmalar qanchalik ko’p bo’lsa,uning
issiqlik o’tkazuvchanligi shuncha kam bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchalik xususiyati
qizdiralyotgan quymaning ichiga issiqlikning qanday tezlik bilan tarqalishini ifodalar
ekan,uglerodi oz bo’lgan po’lat kesimi bo’yicha bir tekis temperaturagacha legirlangan
po’latga qaraganda tezroq qiziydi. Qalin quymalarda
temperaturada bir tekis
taqsimlanmaydi: uning o’rta qatlami ustki qatlamiga qaraganda past temperatuga ega
bo’ladi. Bunda, metallning o’rta qatlamidagi temperatura bilan ustki qatlamidagi
temperatura o’rtasidagi farq, po’latning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyati qancha past
bo’lsa, shuncha ko’p bo’ladi. Pech temperaturasi va qizdirilyotgan quyma sirtidagi
temperaturalar farqi qizdirish tezligi qancha katta bo’lsa va quyma qancha qalin bo’lsa,
shuncha katta bo’ladi.
Temperaturaning quyma kesimi bo’yicha bir tekis taqsimlanmasligi oqibatida
metallda temperatura kuchlanishi hosil bo’ladi. Temperatura kuchlanishi metallning ustki
qatlamlari ichki qatlamlariga qaraganda ancha yuqori temperaturagacha qizib,ichki
qatlamlariga qaraganda ko’proq kengayishi oqibatida hosil bo’ladi.
Bunda quyma yoki
zagatovkaning ustki qatlamlari kam qizigan metall uski qatlamining kengayishiga to’
sqinlik qilib turgan ichki qatlamlaridan qanday bo’lmasin uzilibchiqib ketishiga
intiladi,shuning uchun quymaning kesimi bo’yicha bir tekis qizdirilmasligi oqibatida,
uning yuqori qatlamlarida siquvchi kuchlanish(zo’riqish) hosil bo’ladi.O’rta qatlamlarida
esa cho’zuvchi kuchlanish (zo’riqish) hosil bo’ladi. Bu kuchlanishlar qizdirish vaqtida
metallning yorilishiga sabab bo’ladi.
Zagatovka yoki quymalarni qizdirish jarayoni ikki davrga bo’linadi: birinchi davr
past temperaturada, 500-700
0
S
gacha qizdirish, ikkinchi davr –temperaturada,bolg’alash
tempeaturagacha qizdirish. Qizdirishning birinchi davri muhimdir. CHunki, past
temperaturada po’latning plastikligi kam bo’ladi, yuqori legirlangan po’lat esa oz issiq
o’tkazuvchan bo’ladi. Yirik quyma va zagatovkalarni, ayniqsa,
yuqori legirlangan
po’latlardan bo’lgan quyma va zagatovkalarni qizdirish juda extiyotkorlik bilan olib
borilishi, quyma yoki zagatovkalarda yorilish hosil qiladigan temperatura kuchlanishi
bo’lmasligi kuzatib turilishi kerak. SHuning uchun qizdirish tezligi chegaralanishi, sovuq
quymalarni pechga solishdagi temperatura, ayniqsa yuksak legirlangan po’latlardan
tayyorlangan quymalarni pechga solishdagi temperatura 600-800
0
Sdan oshmasligi kerak.
Uglerodli yumshoq po’latlardan tayyorlanganzagatovkalarni, shuningdek, qalinligi
100mm gcha bo’lgan, legirlangan po’latlardan tayyorlangan
zagatovkalarni pechь
bolg’alash temperaturasigacha qizdirilgan holdagina solish mumkin.
Ikkinchi davr –yuqori temperaturada qizdirish-qizdirishning katta tezlikda bo’lishi
bilan harakterlanadi. Uglerodli po’latlarning plastikligi 500-700
0
S dan ortiq
temperaturada yaxshi bo’ladi,shuning uchun qizigan vaqtda hosil bo’ladigan ichki
temperatura kulanishi quyma yoki zagatovkada yorilish hosil qilmasligi mumkin. Bu
davrda qizdirilgan metallning kuyib ketmasligi uchun,qizdirishni kuzatib turish kerak.
Buning uchun yuqori temperatura bilan qizdiradigan pechlarningtemperaturasi metallni
qizdirish temperaturasidan ko’pi bilan 100-150
0
S ortiq bo’lmasligi kerak.
Metallarni
qizdirishda
metall
kengayadi,
kengayish
teng
tomonlama
bo’lmaydi.Yuqori temperaturada qizdirishda metallarni tashqi yuzalari ichki yuzalariga
nisbatan ko’proq kengayadi,chunki temperatura ichki yuzalarga asta sekinlik bilan yetib
boradi. Metallarni kengayishini uning ichki qismi tortishishi to’xtatib qoladi.Natijada
metallni tashqi yuzalari
qizishi qisish yuklanishi, ichki qismi cho’zish kuchlanishini
o’tkazish uchun tajriba o’tkazish mumkin.
Qalinligi 150mm bo’lgan zagatovkani qizdirish uchun zaruriy vaqt quyidagi
N.N.Dobroxotov-V.F.Kopыtov ifodalari orqali aniqlanadi.
T=αK D
D
Bu yerda: T-Qizdirish vaqti (soatlarda)
α-pechga zagatovkalarni joylashtrishga bog’liq koefitsient
K-metall turiga bog’liq koefitsient,uglerodli va kam legirlangan po’latlar uchun 10
ga,yuqori legirlangan po’latlar uchun 20 ga teng.
D-zagatovka diametri va qalinligi,m
Do'stlaringiz bilan baham: