Kalit so‘zlar
: Integratsiya, energiya, fan, kimyo, ekologiya, metod, texnologiya, samara, ta’lim.
Ma’lumki, tabiatda ro‘y beradigan hodisa va jarayonlar turli paytda xilma xil ko‘rinishda
sodir bo‘ladi. Bu hodisa va jarayonlarning ro‘y berish sabablarini, o‘zgarishi hamda holatlarini
tabiiy fanlar alohida fundamental qonunlari va tushunchalari asosida izohlaydi. Tabiiy fanlar
sirasiga fizika, kimyo, biologiya, geologiya, ekologiya, geografiya kabi fanlar kiradi. Ushbu
maqolada fizika ta’limi jarayonida noan’anaviy energiya manbalari fundamental tushunchalarini
shakllantirish va tabiiy fanlar bilan bog‘lash, ya’ni noan’anaviy energiya manbalari mazmunidagi
bilim va ko‘nikmalarni fizika ta’limida shakllantirishda fanlar integratsiyasidan foydalanish
imkoniyatlari o‘rganilgan va tahlil qilingan.
Fizikada energiya manbalarining zamonaviy asoslari o‘rganilganda, albatta, noan’anaviy
energiya manbalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki inso-niyat turmush tarzini
va boshqa barcha sohalarni energiya manbalari ta’minotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Demak,
o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, energetika bu nazariy va amaliy jihatdan bir qancha aniq va tabiiy
fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. masalan, energiya resurslari hamda manbalaridan samarali va
tejamkor foydalanishda energetika – iqtisodiyot – matematika fanlari integratsiyasi tatbiq etilsa,
katta ijobiy yutuqlarga erishish mumkin. Asosan, noan’anaviy energiya manbalari to‘g‘risidagi
fundamental ma’lumotlarni fizika ta’limida shakllantirishda fizika – kimyo – ekologiya fanlari
integratsiyasidan foydalanish lozim.
Fizika, kimyo va ekologiya fanlari integratsiyasidan foydalanishni fizika ta’limida noan’anaviy
energiya manbalari tushunchalarini shakllantirishda bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish
mumkin. Bu fanlar orasidagi bog‘lanishlar, ya’ni noan’anaviy energiya manbalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning fizika o‘qishi jarayonidagi tabiiy fanlar integratsiyasi ifodalangan. Bundan
ko‘rinib turibdiki, fanlar integratsiyasidan foydalanish mavzuga tegishli ma’lumotlarni to‘liq va
aniq o‘zlashtirish, bilim hamda ko‘nikmalarga nisbatan to‘liq ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Keltirilgan ma’lumotlarda faqatgina fizika – kimyo – ekologiya fanlaridan foydalaniladi.
Tabiatdagi har qanday hodisa va jarayonlarni barcha tabiiy fanlar integratsiyasidan foydalanib
o‘rganish, tadqiq qilish katta samaradorlikka ega. maqolada umumlashgan tushuncha va
ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, noan’anaviy energiya man - balari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.
Noan’anaviy energiya manbalari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni fizika ta’limi jarayonida
shakllantirishda fizika – kimyo – ekologiya fanlari integratsiyasi bo‘yicha quyidagi asosiy
fundamental tushunchalar ketma-ketligi dars jarayonida tatbiq etiladi:
1. Noan’anaviy energiya manbalarining fizikaviy asoslari;
2. Noan’anaviy energiya manbalarining atrof-muhit eko - tizimiga ta’siri nazariy asoslari;
3. Noan’anaviy energiya manbalarini shakllantirishda kimyoviy usul va metodlar qo‘llanilishi
texnologiyasi.
XXI asrda insoniyat misli ko‘rilmagan rivojlanish bosqichiga chiqib oldi. Bu davrda olimlar
tomonidan juda ko‘p zamonaviy texnik asbob-uskunalar yaratildi. Rivojlanish jadal davom etgani
sayin, fanlararo integratsiya ham shunchalik kuchayib bormoqda. Endilikda har bir kashfiyotchi
biror-bir kashfiyot qilishdan oldin uning samarasini, avvalo, fanlar integratsiyasidan foydalanib
o‘rganib chiqadi. O‘z oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi:
46
Do'stlaringiz bilan baham: |