Bank ishi va investitsiyalar


 Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

10.5 Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari 
Har qanday iqtisodiy kategoriya uzining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi 
kredit ham uzining bir kator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida 
kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning 
funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayan ravishda namoyon 
bo‘lishidir. 
Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq 
bug‘in sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda turlicha 
beriladi. Ko‘pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko‘rsatilgan va 
asoslangan bo‘lib ular quyidagilar: 
- kapitallarni qayta taqsimlash va foyda normasini tekislash (tenglashtirish); 
- muomala harajatlarini tejash; 
- kapitalni markazlashuvi; 


123 
- kapitalni yig‘ilishi va jamg‘arish funksiyasi. 
Birok boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi 
ko‘rsatilgandir. 
Bu funksiyalar; 
- qayta taqsimlash funksiyasi; 
- qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi; 
- muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag‘larini kredit muomala vositalari
bilan almashtiradi; 
- rag‘batlantirish funksiyalaridir. 
Bu yuqorida ko‘rib o‘tilgan funksiyalar yordamida kredit mamlakatdagi 
taqsimlangan va bo‘sh turgan moddiy va pul mablag‘lari o‘z egalaridan 
vaqtinchalik boshqa mulk egalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi. 
Kreditrning qayta taqsimlash funksiyasi 2 ko‘rinishda pul va tovar shakllarida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko‘rinishda 
namoyon bo‘ladi: 
- qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini 
ta’minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi. 
- turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab 
chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin. 
(sifat, tannarx, baho). 
Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag‘larini kredit to‘lov vositalari bilan 
almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan 
almashtiriladi. Bu o‘z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin 
qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi 
jarayonida pul belgilari o‘z navbatida kredit muomala vositalari - veksel, chek, 
plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin. 
Kreditning rag‘batlantirish funksiyasida - kredit ishlab chiqarish va 
muomalaga mikro va makro darajada ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida 
mablag‘lardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan 
kreditlarining samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o‘z vaqtida 
ishlatib to‘liq qaytarilishiga majbur qiladi. 
Davlat miqiyosida esa kredit miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali 
iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki kredit miqdorini 
kamayishi, ko‘payishi uning ikki tomonlama ta’sirini bildiradi.
 
Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar o‘rtasida yagona fikr yo‘q. 
Masalan Rossiya iqtisodchisi O.I. Lavrushinning fikricha, kreditning 
funksiyalarini tahlil qilishda ikkita yechilmagan muammo mavjud: 
-
funksiyani tushunishning uslubiy asoslari; 
-
funksiyalarning tarkibi va strukturasi. 
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlar 
xosdir. 
- kreditorning qarz oluvchi va qarzga berayotgan qiymat bilan munosabati 
orqali; 


124 
- qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati 
orqali; 
- qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati 
orqali. 
Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda 
kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatiladi 
va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida aylanadi. Bu 
yerdan kreditning birinchi funksiyasi kelib chiqadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish