Bank ishi va investitsiyalar


 Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
5.4. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari. 
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat 
asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) 
Irving Fisher
(1867-
1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo‘shdi. 
U «Pullarning harid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va 
tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari 
darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun 
to‘langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo‘lgani uchun 
buni I.Fisher tarozi bilan o‘xshatmoqchi bo‘ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida 
tasavvur etish mumkin: 
M V = 

PQ, 
bunda: 

– (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur 
jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar 
summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil davomida muomalada yurgan 
pullarning o‘rtacha miqdori;


64 
M
PQ
V


(Velocity) – ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o‘rtacha 
soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning 
o‘rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami harid qilingan soni. 
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u 
pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan 
qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. 
Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining 
mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda 
ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa 
neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘z 
xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini 
jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi. 
Ko‘pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni 
MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash 
harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni 
tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga 
teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi 
narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. 
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi 
mutloq kattalikni EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi 
undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). 
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular 
pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan 
pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog‘liq bo‘lmasligini asoslashga 
urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi 
va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) 
parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa 
asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, 
narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Shubhasiz, 
bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus 
kasb etadi. 
Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul 
muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy 
formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini tahlil 
qilayotib, K.Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan 
momala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori 
aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, 
pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 
kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o‘tishi 
kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada 
ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning 


65 
metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha 
miqdori bo‘lishini inkor etadi. 
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz har 
(xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga 
asosan amalga oshadi. 
Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning 
miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz 
bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, 
shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z 
kuchiga ega. 
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul 
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar 
bahosiga tug‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi 
muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi 
omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir 
ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. 
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim 
omillarga alohida e’tibor berilishi zarur. 
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; 
kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak 
bo‘ladi; 
- naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga 
putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi 
tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo‘lishiga, yoki pul 
ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni: 
xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib 
tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘prok uchraydigan hol bu oborotda 
xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning 
qadrsizlanishiga - pul biriligining harid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
 
Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi 
o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi. 
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir 
ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga 


66 
u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish 
yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning 
texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi 
texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov 
vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining 
qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi 
chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning 
kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining 
o‘zgarishiga olib keladi. 
Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. 
Bu shu bilan bog‘liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir 
pul birligi aylanishining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat 
yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. 
Amalda pul massasi muomalasining tezligi daromad muomalasining tezligini 
ko‘rsatadi. 
Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib sifati ham 
o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: 
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi 
qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga 
olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib 
qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan 
ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan 
oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab 
chiqarishga

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish