Bank ishi va investitsiyalar


To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar 
Naqd pulsiz hisob – kitoblar ichida to‘lov topshiriqnomasi eng ko‘p 
qo‘llaniladigan hisob – kitob shakllaridan hisoblanadi. Bunga to‘lov 
topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishning to‘lovchi, sotib 
oluvchi va hatto bank uchun ham qulayligi hisoblanadi.
To‘lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o‘z hisobraqamidan 
mol sotuvchining hisobraqamiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida bankka 
bergan topshirig‘i hisoblanadi. Topshiriqnomalar orqali sotilgan tovarlar, 
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob – kitoblar 
amalga oshirilishi mumkin. 
Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil 
bo‘lishi kerak, ular mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul 
qilinmaydi (budjetga va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan 
mustasno). 
Hozirgi kunda viloyat, shahar va tuman bo‘limlariga ega bo‘lgan tijorat 
banklari yagona vakillik hisobvaraqasiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu vakillik 
hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va 
aylanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Quyida aksiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi o‘rtasida to‘lov 
topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlarni 
aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
4.2-rasm. To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga 
oshirish tartibi 


46 
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida to‘lov 
topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlar aylanish 
tartibi juda oddiy bo‘lib, uning ishtirokchilariga qator qulaylik va yengilliklar 
tug‘diradi. 
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda dastlab 
sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda to‘lov shakli ham 
kelishiladi (1), sotuvchi oldindan umumiy to‘lov summasining 15 foizini 
to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib 
oluvchi shartnomada kelishilgan summani mol sotuvchining hisobraqamiga 
o‘tkazish maqsadida to‘lov topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning 
mas’ul buxgalter xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan 
o‘tkazgandan so‘ng mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga 
jo‘natadi (4), respublika aksiyadorlik tijorat Agrobankida elektron to‘lov 
topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng sotuvchining 
bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov topshiriqnoma Agrobankning Oqtosh 
bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu 
haqda unga xabar qilinadi (6). 
To‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarning qator afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud.
Afzalliklari: 
– sotuvchi bajariladigan ish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan 15 
foizni oladi; 
– pul to‘lovchi tashkilot tovar olingandan va xizmatlar ko‘rastilgandan so‘ng 
to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim etadi; 
– to‘lov hujjatlarining, boshqa naqd pulsiz hisob – shakllariga nisbatan 
oddiyli va tezligi; 
– tovarli va tovarsiz operatsiyalarda qo‘llanilshining mumkinligi. 
Kamchiliklari: 
– sotib oluvchi hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘la turib, ushbu summani boshqa 
maqsadlarga foydalanishi natijasida sotuvchi to‘lov summasini kechikib olishi 
mumkin;
– mablag‘ oluvchi tashkilot jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
uchun oladigan mablag‘lar pul to‘lovchining hisobvarg‘ida mablag‘ bo‘lmay yoki 
yetishmay qolganda mablag‘ni olish jarayoni cho‘zilib ketadi. Biroq ushbu jarayon 
boshqa to‘lov shakllarida ham uchraydi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish