yoshlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh
muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishga;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
6. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lar 5-bandda nazarda tutilmagan maqsadlarga yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni daftardan chiqarish uchun
bajariladigan ishlarning moliyaviy manbalarini aniq ko‘rsatilgan hamda sektorlar rahbarlari, tegishli idoralar va tashkilotlar
bilan kelishilgan manzilli ro‘yxatlari shakllantiriladi.
8. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu
nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi
tuziladi.
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari —
Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosari — Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i — Vasiylik
kengashi mas’ul kotibi hisoblanadi;
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Yoshlar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida
amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi hisoblanadi.
9. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi — Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limi hisoblanadi.
10. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga
oshiriladi.
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kengash raisi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi ishchi organi tashabbusiga ko‘ra hamda
zaruratga ko‘ra, ammo bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yig‘ilishlariga raislik qiladi.
12. Vasiylik kengashlari qarorlari Vasiylik kengashlari yig‘ilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
13. Vasiylik kengashi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik
hisobotlarni, shuningdek, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni
tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va
grantlarini jalb qilishga ko‘maklashadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasiga yuklatilgan vazifalarni kengash a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul
qiladi.
14. “Yoshlar daftari” jamg‘armasining ishchi organi:
“Yoshlar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomasini yuritadi va
rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi a’zolariga Vasiylik kengashi yig‘ilishi vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordam to‘g‘risida ma’lumotlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan
yoshlarning yakka tartibdagi anketasiga qayd etib boradi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning murojaatlari bilan ishlaydi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim
etadi;
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaatchiga xabar yuboradi;
Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: