Savol va topshiriqlar:
1. Maktabda so’zning
morfemik tarkibi va so’z yasalishini o’rganish nima uchun katta
ahamiyat kasb etadi?
2. I-IV sinflarda so’zning morfemik tarkibini
o’rganish tizimi mohiyatini oching.
3. Siz o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning
muhim belgilari bilan qanday
tanishtirardingiz? Bu tushunchani shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
4. So’z yasovchi qo’shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o’zlashtirishda o’quvchilarga
qanday yordam beriladi?
5. Shakl yasovchi qo’shimchalarni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
6. Dasturga muvofiq so’zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |