Muvofiqlik auditi -
korxona faoliyati,
shu
faoliyatga doir ma’lumotlar mavjud
qonun
hujjatlarga
qanchalik
mos
kelayotganini yoki shu qonun hujjatlar
buzilgan
hollarni
aniqlashga
qaratilgan
tekshiruv. Ushbu turdagi audit tekshiruvini
o’tkazishning
asosiy
shartlari
(1)
tekshirilishi mumkin bo’lgan ma’lumot; (2)
yuqori
organlar
tomonidan
chiqarilgan
qonun-qoidalarning mavjudligi.
Muvofiqlik
auditiga
misol
tariqasida
daromad
solig’ini
to’lash
jarayonini
keltirish
mumkin.
Ushbu
jarayonda,
daromad solig’ini to’lash vaqtida Soliq
Kodeksidan chetga chiqilgan hollar bo’lgan
yoki bo’lmaganligi tekshiriladi.
Muvofiqlik auditiga
yana bir misol sifatida,
tijorat banklari faoliyatining Markaziy Bank
tomonidan
tekshirilishni
keltirish
mumkin.
Bunda MB tomonidan yuborilgan auditorlar
bank faoliyatiga oid ma’lumotlarni Markaziy
bank, Moliya vazirligi, Soliq qo’mitasi va
boshqa bir qator yuqori turuvchi muassasalar
tomonidan
chiqarilgan
qonunlar,
qarorlar,
standartlar, yo’riqnomalar bilan taqqoslaydilar.
Buning
natijasida,
tekshirilayotgan
bank
qanchalik mavjud qonun hujjatlarga asosan ish
yuritayotgani ma’lum bo’ladi. Moslik auditining
natijasi auditorni yollagan tashkilotga taqdim
etiladi.
Amerika
Qasamiyod
Qilgan
Jamoat
Buxgalterlar
Instituti
(AICPA)
keltirgan
ta’rifaga
ko’ra, «
Operatsion audit
–
korxona faoliyatini baholash,
kamchiliklarni
aniqlash
va
bartaraf etish chora-tadbirlarini
izlash maqsadida, shu korxona
yoki uning bo’limi faoliyatini
biror
belgilangan
me’zonga
asosan tizimli o’rganishdir».
korxona yoki uning bo’limi o’z
oldiga qoyilgan reja ko’rsatkichlariga
qanchalik erishayotganini
o’rganishdan
samaradorlik, ya’ni mavjud
resurslardan qanchalik tejamli foyda-
lanilayotganini baholashdan iborat
Operatsion auditga misol tariqasida, korxona
yoki uning bo’limi faoliyati belgilangan biznes-
reja, yillik yoki choraklik byudjetda keltirilgan
ko’rsatkichlarga to’g’ri kelayotganini tekshirish,
agar amaldagi natija bilan reja ko’rsatkichlari
o’rtasida axamiyatli farq bo’lsa, uning sababini
o’rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf
etish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan
tavsiyalarni ishlab chiqishni keltirish mumkin.
Korxona
buxgalteriya
bo’limi
kompyuter
tiziminini samarali va ishonchli ishlayotganini
o’rganish maqsadida o’tkaziladigan tekshiruv
xam operatsion auditga misol bo’lishi mumkin.
Operatsion audit keng va turli sohalarda faoliyat yurituvchi bo’limlarni o’rganishi sabab, audit
jamoasi ko’p hollarda muhandis, huquqshunos, dasturchi kabi mustaqil ekspertlar xizmatidan
foydalanadi.
Operatsion audit moliyaviy xisobdagi kabi yagona buxgalteriya hisobining milliy yoki xalqaro
standartlarga ega emasligi sababli, moliyaviy xisob yoki muvofiqlik auditiga nisbatan chuqurroq
sub’ektiv mulohazani talab etadi. Operatsion auditning yakuniy natijasi sifatida, korxona rahbariyati
uchun, korxona faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo’lgan
zaruriy chora tadbirlarni o’zida aks ettirgan hisobot taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |