Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
96
ijozat yo‘q edi. Uni Elchin buzdi. Ya’juj-ma’juj kabi bostirib keldi, buzdi, toptadi. 
Avvallari bu qo‘rg‘onda mehr va umid gullari parvarish etilardi. Enli bu gullar quridi. Endi 
unda zulm va adovat tikonlari o‘sgusi... 
Hozir ayni damda shu zulm va adovat tikonlari ilk nishona mevasini berdi: inson sifatida 
eriga rahmi kela boshlagan Zaynab birdan o‘zgardi — unga nafrat bilan tikildi. So‘ng... 
nafrat chekina bordi. Chalajon holdagi mehr nafratning mutlaq g‘olib kelishiga yo‘l 
bermadi. Oqibatda manfiy va musbat bulutlar to‘qnashuvidan yashin chaqnagani kabi 
ikki tuyg‘uning olishuvidan ikki alanga hosil bo‘ldi. Tutun aralash, qora tusdagi alanga 
o‘sha xotinning sharmsiz gaplarini shivirlab aytib, vujudini kuydirdi. Ko‘z oldiga o‘zining 
sharmandali holati kelib, seskanib ketdi. Nazarida Elchin ko‘zlarini ochganday, «Sen shu 
darajada sharmandamisan?!» deb baqirganday bo‘ldi. Bu qarashning izidan 
«Sharmanda! Sharmanda!!» degan hayqiriq devorlarga urilib, aks-sado berganday 
tuyuldi. Bu hayqiriq Zaynabning nazarida butun kasalxonani ostin-ustun qilib 
yuborganday bo‘ldi. Yuzlari qizib yona boshladi go‘yo. U kaftlarini yuzlariga bosib, 
ko‘zlarini yumib oldi. 
— Kuyunmang, qoqindiq, uch-to‘rt kunda dard ko‘rmaganday turib ketadilar, Xudo 
xohlasa... 
Chuvrindining xotini aytgan gapni eshitdi. 
Koshki edi kuyunsa... Koshki edi, dardiga malham bo‘lish istagi mavjud bo‘lsa... 
Qora tusdagi alanga insonga xos tuyg‘ularni yamlab-yutishga intiladi. 
Chuvrindining xotini aytgan gap esa oqish tusli alangaga moy bo‘lib sepiladi. Bu alanga 
quvvat olib yuqoriga o‘rlaydi. Sharmandalik jari yo‘lini to‘sadi. 
«Bu ham bir inson-ku? Qancha jabrlar chekdi. Endi bu azob ham bormidi? Krizis davri 
o‘tgani bilan tuzalib ketmasa-chi? O‘lim oldida o‘ziga kelgan bo‘lsa-chi? Senga bir gapni 
aytishni istagan bo‘lsa-chi?.. Balki... Seni deb otishgandir?.. Adang... nimaga 
chaqirtirgan edilar?..» 
Kaftlarini yuzlariga bosganicha turgan Zaynab bu gaplarni kim shivirlab aytganini 
bilmadi. Faqat vujudini yondirayotgan alanganing pasayganini sezdi. Ko‘zlarini ochib, 
barmoqlari orasidan eriga qaradi. Qaradi-yu, o‘rinda qora xotin yotganini ko‘rib yana 
ko‘zlarini chirt yumdi. Dam o‘tmay ochdi: yana o‘sha manzara! Xotin tirjaydi: 
— Agar eringga qaramasang, o‘zing shol bo‘lib, azoblanib o‘lasan! — deb baqirdi. 
Uning baqirig‘i butun kasalxona bo‘ylab aks-sado berganday bo‘ldi. Zaynab shoshib, 
yangasi bilan hamshiraga qaradi — ular xotirjam edilar. 
— Kennayi, yuring, — dedi Zaynab yalinchoq ohangda. 
Unga hamshiraning gapi dalda bo‘ldi: 
— Ha, boraqolinglar, bu yerda ko‘p turish mumkinmas. 
Uyga qaytishganda Zaynabni unuta boshlagan ichidagi «ilon»lar yana qo‘zg‘alishdi. Dori 
ichganidan so‘ng ham yengillik sezilmadi. Mehmonxonaga kirib, divanga behol 
o‘tirganida Chuvrindining xotini unga nasihat qildi: 
— Hali o‘n gulingizdan bir gulingiz ochilmagan, qoqindiq. Dardga sira-sira yengilmang. 
Yosh juvon har qanday dardga uchraganda ham charaqlab turishi kerak. Gaplarimga 
tushunyapsizmi? 
Zaynab «Tushunyapman... Lekin, xotin kishi azoblanganida ham tirjayib turishi 
kerakmi?» degan ma’noda unga qarab oldi. 
— Xotin zoti eriga bepardoz ko‘rinmasligi kerak. Sizga qarab hayron bo‘lyapman. Yosh 
narsa uzzu-kun toshoyna oldida o‘tirsa ham aybi yo‘q. Siz sochlaringizga, qoshlaringizga 
qaramaysiz... 
— Qoshimga? — Zaynab ajablanib, ixtiyorsiz ravishda barmoqlarini qoshiga tekkizdi. — 
Qoshimga nima qilibdi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish