N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Xotira. 
Eski tizimlarning
 
ko‘pchiligida
 
ikkinchi daraja kesh-
xotira tizimli plataning o‘zida o‘rnatilgan. Yangi tizimlarning barcha-
sida bu xotira protsessorning bir qismi sanaladi. Socket 7 va Super 
7 razyomli tizimli platalarda ikkinchi darajali kesh-xotira hali ham 
tizimli platalarda o‘rnatilmoqda va u yangilanmaydi.
Pentium Pro, Pentium II/III/4 va Celeron protsessorlarida ikkinchi 
darajali kesh-xotira protsessor g‘ilofi ichida o‘rnatiladi. Athlon va 
Duron protsessorlari tarkibida ham ikkinchi darajali kesh-xotira 
mavjud, biroq ba’zi tizimli platalarda uchinchi darajali kesh-xotira 
(L3) deb ataluvchi qo‘shimcha kesh-xotira o‘rnatilmoqda.
Asosiy xotira, odatda, SIMM, DIMM yoki RIMM modullari 
ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Bugungi kunda ShK moslashuvchi kompyuterlarda asosiy xotira-
ning uch xil ko‘rinishi ishlatiladi va ularning har biri bir qancha 
modifikatsiyalarga ega. Quyida shu mikrosxemalar keltirilgan:

168 kontaktli DIMM (SDRAM);

184 kontaktli DIMM (DDR SDRAM);

240 kontaktli DDR2 DIMM;
– 184 kontaktli RIMM (RDRAM).
168 kontaktli DIMM xotira moduli eng ko‘p tarqalgan. Barcha 
yuqori sinf tizimlarda DIMM qo‘llaniladi, chunki ular 64 razryadli 
hisoblanadi va xotiraning to‘liq banki sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
Pentium 4 protsessori asosida yaratilgan ba’zi zamonaviy va tezkor 
tizimlar RDRAM RIMM xotiradan foydalanadilar, ularning ishchi 
ko‘rsatkichlari SDRAM standart xotira ko‘rsatkichlaridan ustun 
turadi.
DDR (Double Data Rate) SDRAM xotira ma’lumot uzatish tezligi 
ikkilangan tezkorlikka ega bo‘lib, standart SDRAM xotiraning yangi 
varianti. Bu model zamonaviy tizimlarda ishlatilayotgan ommaviy 
tarqalgan xotira tipi sanaladi.


168
184 kontaktli razyomdan foydalanuvchi DDR DIMM va RDRAM 
RIMM xotira modullari butkul turlicha joylashgan chiqishlarga 
ega va bir-birlarining o‘rnini bosa olmaydi. Pentium protsessorli 
kompyuterda xotiraning to‘liq bankini o‘rnatish uchun ikkita 72 
kontakli SIMM yoki bitta 168 kontaktli DIMM xotira kerak bo‘ladi. 
Xotira modullari juftlikni (chetnosti) tekshirish uchun ishlatiladigan 
har bir sakkiz razryadga yana bitta qo‘shimcha razryad kirgizishi 
mumkin.
Bir qator ishlab chiqaruvchilar elektr ta’minoti kuchlanishi oshiril-
ganda yuqori natijalarga erishayotgan maxsus xotira modullarini ish-
lab chiqarmoqdalar, masalan, DDR3 uchun qonuniy 1,5 V o‘rniga 
1,9 V kuchlanishdan foydalanishni taklif qildilar.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish