SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Adobe Photoshop dasturi.
2. PhotoShop dasturining interfeysi.
3. Asosiy menyu bo`limlari.
4. Uskunalar satridan foydalanuvchi usullari.
5. Chegara chiziqlarni ajratish usullari.
103
6. Chegara chiziqlarni sifatlash usullari.
7. Chiziqlarni segmentatsiyalash doir topshiriq bajaring.
6.2. Adobe PhotoShopda instrumentlar satri, tasvir, qatlam, ranglar, filtrlash
va animatsiya.
PhotoShopning
uskunalar satrida 23 ta tugma
bo`lib, ular dastlab bitta ustun
ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq
uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko`rinishida joylab
chiqish mumkin. Yangidan paydo bo`lgan qo`shaloq uchburchaklarni yana bir marta
bosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin.
6.2.2-rasm. PhotoShop dasturining uskunalar satri.
Uskunalar satri
to`rt qismga ajratilgan
bo`lib, ularning birinchisida oltita,
ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma
joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna
mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta
tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining
104
o`ng quyi burchagida qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta
uskuna borligini bildiradi.
Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu
tugmaga mos keladigan uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini
tanlab olish mumkin. Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir
klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu
tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan
foydalanib bo`linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada,
dastlab unga moslashish qiyin kechadi.[8]
Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol
Рука (Dasta)
uskunasini
tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida
birinchi
bo`lib joylashgan
. U ishchi sohaga sig`maydigan katta o`lchamli tasvirning kerakli
qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida
sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli.
Asosiysi,
bu
uskuna
tasvirga
hech
qanday
o`zgarish
kiritmaydi.
Palitra deb
rassomlar bo`yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga
aytiladi. Uskunalar satrida
70 dan
ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham
PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng
imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo`yoqlarni
surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga
kerakli palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish
mumkin.Palitralar ilova oynasining o`ng tomonidagi palitralar sohasida joylashgan
bo`lib, muloqot oynalariga o`xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda
palitralardan keraklilarini ekranga o`zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo`yamiz. Bu
palitralar yigirmadan ortiq bo`lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan
bo`ladi. Ba’zi uskunalarning o`z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkab
bo`lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar satri yetarli. Ba’zi palitralarda yangi
uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi
uskunalar deb qarash mumkin. [7]
105
Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan,
Слои
(Qatlamlar),
Каналы
(Kanallar),
История
(Oxirgi amallar) palitralari
PhotoShopning o`ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur
ham qilib bo`lmaydi. Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy
menyuning
Окно
(Oyna) bo`limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning ba’zilarida
bayroqchalar o`rnatilgan va bu palitralar ekranda ko`rinib turadi. Agar kerakli palitra
ustida sichqonchaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o`rnatiladi va u
ekranda paydo bo`ladi. Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yana
bir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi va palitra ham ekrandan olib tashlanadi.
Misol uchun,
Навигатор
(Yo`naltiruvchi) palitrasini ekranga chiqaraylik. Uning
yordamida rasm masshtabini o`zgartish mumkin.
6.2.3-rasm. PhotoShop dasturining
Окно
(Oyna) bo`limi.
Bu palitra
Гистограмма
(Gistogramma) palitrasi bilan birgalikda ishlatiladi.
Uning
o`ng
yuqori
burchagidagi
ikki
tugmadan
chapdagisi
palitrani
yashirish, o`ngdagisi ekrandan olib qo`yish uchun xizmat qiladi. Ularning
ostidagi
tugma
palitraning
menyusini
ochish
uchun
xizmat
qiladi.
Palitraning o`lchamlarini o`zgartirish uchun o`ng quyi burchagini sichqoncha
yordamida
sudrash
kerak
bo`ladi.
Palitra
oynasining
yuqorisidagi
sarlavha satrini sichqoncha bilan sudrab, oynani ekranning boshqa joyiga
olib o`tish mumkin. Palitra oynasining pastki qismidagi surgichning ko`rsatkichini
sichqoncha
yordamida
chapga
sudrab
rasm
masshtabini
kamaytirish,
106
o`ngga sudrab kattalashtirish mumkin. Surgichning o`ng tomonidagi tugma
masshtabni kattalashtiradi. Chap tomonidagisi esa kichiklashtiradi.
Rasmning ishchi sohada ko`rinadigan qismi qizil ramkaga olib qo`yiladi.
Ramkani sichqoncha bilan sudrab tasvirning ishchi sohadagi qismini surish
mumkin.
6.2.4-rasm. Rasmning ishchi sohasi.
Masshtabni o`zgartirishning
boshqa usullari ham mavjud. Ulardan eng
osoni klaviaturadagi qo`sh tugmalardan foydalanishdir.
Ctrl+"+"
(Ctrl va
+ tugmalarini bir paytda bosish) masshtabni kattalashtiradi.
Ctrl+"-"
esa masshtabni
kamaytiradi. Dastak uskunasini ikki marta bosib, rasmni ishchi sohani to`liq
egallaydigan qilib, masshtab uskunasini ikki marta bosib, 100% masshtabda rasmni
ekranga chiqarish mumkin. Masshtab ekranning quyi qismidagi holat satrida ham
ko`rsatiladi. Uni sichqoncha bilan tanlab, kerakli masshtabni kiritish
mumkin.
Masshtab uskunasi ham rasm masshtabini o`zgartirish uchun xizmat
qiladi. Sichqonchani bir marta bosib uni tanlaganimizda parametrlar satrida uning
parametrlari
paydo
bo`ladi.
Undagi
kerakli
tugmalar
yordamida
masshtabni o`zgartiramiz:
6.2.5-rasm. Masshtabni sozlash satri.
Ba’zi uskunalarda ular bilan ishlashni tugatmay turib, boshqa uskunani, shu
jumladan masshtab uskunasini tanlab bo`lmaydi. Bunday paytda
Ctrl
107
va
Alt
tugmalaridan foydalanish mumkin.
Ctrlni
bosib turib, sichqonchani
ishchi sohada bir marta bossak, masshtab kattalashadi.
Alt
tugmasini bosib
turib, sichqonchani bossak, masshtab kichiklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |