16
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Grafika turlari va ularning vazifalari?
2. Rastrli grafika bugungi kunda qaysi sohalarda keng qo`llanilmoqda?
3. Fraktal grafika qaysi sohalarda keng foydalaniladi?
4. Tasvirlarni qayta ishlashning asosiy yo`nalishlari ayting.
5. Tasvirlarni tavsiflash vositalari sanab bering.
6. Tasvirlarni tiplari va tavsiflash usullari ayting.
1.3. Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, saqlash va sifat tushunchasi
Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish yoki hosil qilish uchun maxsus tashqi
(atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko`p ishlatiladigan qurilma — bu skanеrdir.
Hozirgi vaqtda raqamli fotokamеralardan ham tasvirlarni
kompyuter xotirasiga
kiritishda keng foydalanilmoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki,
tasvir kimyoviy yo`l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamеra
xotirasining mikrosxеmalariga yozib qo`yiladi. U yerdan
axborotni kabеl orqali
kompyutеrga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma’lumotlarni fayl
sifatida egiluvchan diskka yozib qo`yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni
esa kompyutеrga o`tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyutеrga vidеokamеradan ham kiritish mumkin. Vidеoning
kеtma-kеtlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyutеrga kiritishi
tasvirni ushlab
olish
dеyiladi.
Kompyutеrga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanеrlash, rasmga olish yoki
uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyutеrning o`zida ham hosil qilish
mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar dеb ataluvchi
maxsus dasturlar sinfi
ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish,
ularga ishlov bеrish,
grafik obyеktlar va fayllarda bo`lgan nografik obyеktlar o`rtasida bog`lanish
o`rnatish
kompyutеr grafikasi
deyiladi.
Kompyuterlarda ishlatiladigan barcha tasvirlar quyidagi guruhlarga bo`linadi.
17
2D-grafika.
Bunda ikki o`lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti
(x,y)
koordinatalar sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi.
3D grafika.
Bunda uch o`lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti tekis ekranda
(x,y,z)
(3D) koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini
beradi. Uch o`lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o`zaro bog`langan
ko`pgina nuqtalar yordamida yaratiladi.
Animatsiya
grafikalari.
Bu
grafika analiz, sintez, modellashtirish,
matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish kabi proyektlashni avtomatlashtirish
ishlarini hamma bosqichlarini o`z ichiga oladi. Masalan: reklama e`lonlari va
teleko`rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish va boshqalar.
4D grafigi.
Bu vaqt sistemasidagi uch o`chovli tasvirdir.
2,5D
grafigi.
Bu turdagi grafik tasvir ham mavjuddir. Bu 2D ko`rinishli tasvir
bo`lib 3D tasvirining ba’zi bir xususiyatlari bilan to`ldirilgan (masalan,
ustunli diagrammada har bir ustun yo`g`onligi ham ko`rinib turadi).
Tasvirlar maxsus muharrirlar tomonidan yaratiladi va bu grafik muharriridan
olingan tasvirni axborot tizimi va uni saqlash (yozish) usullari mavjud. Bunday
axborot tizimi umumiy ma’lumotni (muayyan ekran
qurilmasidagi tasvirni
ko`rsatish, o`lcham, piksellar sonini, chop etish uchun chop etish turini, axborotni
siqishni darajasi va usulini) o`z ichiga olishi mumkin. Bunday ma’lumotlar tasvirni
tahrir qilish bosqichida yaratiladi va tartibga solish paytida keyingi foydalanish
uchun mo`ljallangan. Masalan, CorelDraw fayllari egri chiziqlaridagi ma’lumotni
o`z ichiga oladi,
Photoshop fayllari qatlamlar, kanallar va boshqalar haqida
ma’lumot oladi. Har bir grafika muharriri ushbu ma’lumotni muharrirga (yozish)
yozganda ma`lum bir tarzda kodlaydi. Shunday qilib,
grafik fayl formati tasvir
haqida ma’lumot to`plami va faylga qanday yozishganligi tushuniladi. Odatda,
barcha
Do'stlaringiz bilan baham: