322
TO‘P QABUL QILISH MASHQLARI
To‘p qabul qilish – uzatish mashqlari
voleybol o‘yini bilan ilk bor tanishish davomida
tez – tez qayt etiladi. To‘p kiritish usuli o‘ta
muhim bo‘lsada, (siz to‘p kirita olmasangiz ochko
ololmaysiz) uni qabul qilish – uzatish
undanda muhimroqdir.
To‘pni qabul qilish – uzatish tananing
muvofiq holatidan boshlanadi. O‘yinchi o‘rtacha
holatda, tizzalari qisman bukilgan,
oyoqlari elka
kengligida bir tovoni oldinga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. O‘yinchilar kelayotgan to‘pni
pastdan yoki bosh ustidan uzatadi. O‘yinchilar
pastdan ham, yuqoridan ham to‘p uzatish
mashqlarini ijro etishda yaxshi ko‘nikmaga ega
bo‘lishlari kerak. Agar zaruriyat bo‘lsa, mashqni
bajarish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish darkor. To‘pni qabul qilish – uzatish
quydagi tartibda amalga oshiriladi: Qo‘llarni
to‘pga tekkazishda, ular yozilgan bo‘lishi ta’lab
qilinadi.
To‘pni to‘g‘ri nishonga uzatish texnikasini
ko‘rsatish. Bosh ustidan to‘p uzatish to‘pni
yo‘nalishiga bog‘liqdir. To‘p uzatuvchi elkasini
oldinga, qo‘llarini yuzidan pastroq, lekin ko‘zidan
baland
tutib
barmoqlari
mushaklarini
taranglashtirib to‘pga to‘qnashtirishi ta’lab
qilinadi. O‘z o‘yinchilaringizga, ushbu usulni
bajarishga
yordam
berish
uchun,
quydagi
maslaxatdan foydalaning:
To‘pga qo‘llarni to‘qnashtirish, to‘pni baland
pastligi, yo‘nalishi, tezligi va oralig‘i e’tiborga
olinishi kerak.
Muayyan va aniq vaziyatlarda to‘pni
uchish
tezligi, yo‘nalishi va balandligiga qarab to‘pni
qabul qilish uchun maqsadli harakatlanish hamda
o‘z vaqtida joy tanlash (to‘pga chiqish) hal
qiluvchi omil bo‘lib, foydali natija kafolatidir. Har
bir aniq o‘yin vaziyatida to‘p tezligi, balandligi va
yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa talablariga mos
bo‘lmog‘i kerak.
To‘pni qabul qilish – himoya harakatlarining
maqsadli – raqib xujumini bartaraf etishga
qaratiladi.
Asosiysi
–
to‘pni
o‘
maydoniga tushirmaslik va xatoga yo‘l
qo‘ymaslikdir.
1
Bu jarayonda jamoa quyidagi vazifalarni
hal qilish lozim:
-
raqibga to‘p kiritishdan ochko
bermaslik;
-
raqib
tomonidan samarali xujum
tashkil qilishiga halaqit berish;
-
o‘z maydoniga to‘p tushishiga yo‘l
qo‘ymaslik va qarshi xujumni samarali
tashkil qilish;
-
to‘siq qo‘yishda, qo‘riqlashda va
himoyada doimo faol
harakatlanish
evaziga raqib xujumini bartaraf etish;
Jamoaning
himoya
harakatlarini
maqsadli tashkil qilish andozasi oldindan
o‘z
o‘yinchilari
imkoniyatlari
va
raqibning o‘yin taktikasiga qarab ishlb
chiqilishi
hamda
mukammal
mashqlantirilishi darkor.
Himoyada o‘ynash xujumda o‘yin kabi
individual, guruh va jamoa harakatlaridan
tarkib topadi.
1
Teri Clemens,Jenny McDowell. The volleyball
drill
book//125
technical
and
tactical
drills/American
volleyball
coaches
association.2012.-239s.(
31bet)
323
To‘p qabul qilishda o‘yinchining to‘psiz harakati. To‘p qabul qilish uchun joy tanlash birinchi
navbatda maydon joylashish andozasini e’tiborga olish bilan bog‘liqdir. To‘p
qabul qiluvchi
o‘yinchi o‘z jamoadoshlariga halaqit bermagan holda to‘pni uchish tezligi, yo‘nalishi va
balandligiga qarab qulay nuqtani egallashi darkor. Masalan, raqib to‘pni to‘rdan 3-5 m oldinga
kiritdi; 5-nchi zona o‘yinchisi bu joydan taxminan 5 m. uzoqlikda joylashgan: demak bu o‘yinchi
oldinroqqa tezkor harakatlanishi lozim; agar to‘p orqa chiziq atrofiga kiritiladigan bo‘lsa, demak u
orqaroqqa harakatlanishi kerak (7-8m).
Mashqlar.
1.
Qo‘l – bilan – barmoqlarning taqlidiy harakati o‘rganiladi; keyin unga osilgan to‘pni qabul
qilish – uzatish mashqi qo‘llaniladi; qo‘l va oyoqlarning bukilishi-yozilishi barobar amalga
oshirilishi lozim. Bu mashq har xil harakatlanish va har xil joylardan bajariladi.
2.
SHerik tomonidan tashlangan to‘pni qabul qilish. Oraliq 2-3 m. va bu oraliq 10-15 m. gacha
uzaytirilib beriladi.
3.
Devor oldida; oyoq va qo‘lni barobar bukib-yozib to‘pni pastdan va yuyuqoridan amalga
oshiriladi; keyin shu mashq oldinga-orqaga, o‘ng va chap tomonga harakatlanib bajariladi.
Ko‘rsatma: 1. To‘pni pastdan qabul qilish; to‘p bir qo‘l bilan devorga zarb bilan uzatiladi.
1
2. To‘pni 6chi
zonada qabul qilish, to‘p to‘r ustidan sharik tomonidan
tashlanadi.
Tayyorlov mashqlarini muntazam qo‘llash va yondashtiruvchi mashqlarni mukammal o‘zlashtirib
borish kiritiladigan to‘pni qabul qilish mahoratini mustahkam egallash imkoniyatini yaratadi.
Texnik mashqlar.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida kiritiladigan to‘pni pastdan qabul qilishga o‘rgatiladi. To‘p
kiritish avval pastdan to‘g‘ri turib, keyin yuqoridan bajariladi. To‘p kiritish nishonlar (Obruch,
zonalar yoki ma’lum nuqtalar va h) bo‘ylab bajarilishi darkor.
-
6-nchi zonaga kiritiladigan to‘pni xujum chizig‘i oldida
qabul qilib, 3-nchi zonaga uzatish.
Keyin to‘p uzatish 5-nchi va 1-nchi zonalar bo‘ylab bajariladi. To‘p 3chi zonaga uzatilati. To‘p
kiritish avval 4-6m. dan, taxminan 6chi zonadan amalga oshiriladi; kiritilayotgan to‘p to‘rdan 7-8m.
uzoqlikda qabul qilinadi. Bu mashqlarni bajarishda qabul qilinadigan to‘p 2chi va 4chi zonalarga
uzatiladi.
-
SHug‘ullanuvchilar pastdan va yuqoridan to‘g‘ri turib to‘p kiritish hamda bunday to‘larni
qabul qilishni mukammal o‘zlashtirganlaridan so‘ng, yonlama to‘p kiritish va yugurib kelib sakrab
zarb bilan to‘p kiritishlarni qabul qilish mashqlariga o‘tiladi. Faqat sakrab to‘p kiritish malakasi
boshqa to‘p kiritish usullarini yaxshi o‘zlashtirib so‘ng mashqlantiriladi.
1.
Juftlik mashqlari: voleybolchilar 8-10m. oraliqda joylashadi; ularning biri goh yonlanma, goh
sakrab to‘p kiritadi (to‘r orqali emas); ikkinchi to‘pni qabul qilib, sherigiga ochiq uzatadi. Keyin
shu mashq to‘r ustidan bajariladi; kiritilayotgan to‘p maydonning orqa chizig‘i atrofida qabul
qilinadi.
2.
Har bir o‘yinchi bir gal to‘pni pastdan, bir gal yuqoridan kiritadi; shug‘ullanuvchilar 1, 6, 5-
nchi zonalarda va 2, 3, 4-nchi zonalarda joylashadi, qolgan voleybolchilar maydonning boshqa
tomonidagi orqa chiziq ortida joylashadi; birinchi mashq seriyasi – kiritilayotgan to‘pni qabul qilish
va 3-nchi
zonaga uzatish; keyin 2-nchi zonaga; 4-nchi zonaga.
1
Clemens,Jenny McDowell. The volleyball drill book//125 technical and tactical drills/American volleyball coaches
association.2012.-239s.(
33)
324
SHu zonalarda joylashgan o‘yinchilar to‘pni o‘z ustiga oshiradi-iladi va to‘pni qaytaradi; keyin 4-6
urinishdan so‘ng o‘yinchilar o‘z joylarini almashadi; ushbu mashqlar seriyalari tugashi
bilan
guruhlar rollari bilan almashinadi.
Voleybol amaliyotida kiritilayotgan to‘plarni, xujumdan yoo‘naltirilgan yoki to‘siqdan sapchib
maydonga tushayotgan to‘plarniyiqilib qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday usullarga o‘ratishda
akrobatik mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq – ko‘krak ilan sirg‘anib yiqilish, umboloq
oshish va h., to‘ldirma to‘plarni qo‘llash. SHu kabi mashqlar o‘zlashtirilganidan so‘ng to‘p bilan
mashq qilishga o‘tish lozim.
BIR DAQIQA – YUTISH UCHUN TO‘P UZATISH
Maqsadi
Oyoqlar holati almashinuvining foizini yaxshilash.
Mo‘ljal
Mashq bir vaqtning o‘zida to‘rning ikkala tomonlarida o‘tilishi mumkin. To‘rning har bir tomonida
uchta to‘p qabul qiluvchi va bitta to‘p uzatuvchi o‘yinchilar joylashadilar. Trener yoki to‘p
etkazuvchilar va to‘plar solinadigan savat maydon tashqarisida to‘p uzatuvchidan nariroqda
joylashadilar. Trener vaqt (taymer)ni 3 minutga belgilaydi.
Mashqni qo‘llash
1.
Trener to‘pni to‘r ortidan to‘p qabul qiluvchilarga uzatadi.
2.
To‘p qabul qiluvchilar to‘pning nomeri
3.
ni e’lon qilib: 3 – to‘pni uzatuvchining harakatisiz elkasi yoki yuqori to‘p uzatishi bilan; 2 –
to‘p uzatuvchidan ikki qadam oralig‘ida to‘p uzatish bilan; 1 – to‘p uzatuvchining o‘zi to‘pni qabul
qilishga chiqib to‘p uzatishi bilan; 0 – to‘p uzatuvchi to‘pni uzata olmagan vaziyatda joy almashish
yoki “eys”.
4.
To‘p uzatuvchi to‘pni ilib, savat oldida joylashgan yordamchiga irg‘itib berish.
5.
Belgilangan vaqt ichida har ikkala tomon o‘yinni davom ettiradi. Ko‘p ochkoni qo‘lga kiritish
uchun o‘yinchilar harakatlanishga o‘tadi. Ko‘proq ochkoni to‘plagan tomon raundda g‘olib bo‘ladi.
6.
SHu mashqni yangi yoki shu jamoalarning o‘zi uchtadan ikkitasi yoki
beshtadan uchtasi
o‘ynashi mumkin.
Bandlarni mashq qilish
Do'stlaringiz bilan baham: