Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

 
“Muammoli vaziyat”
metodi orqali umumkasbiy fanlarning nazariy va 
amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar 
bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi.
Bo‘lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashda muammoli vaziyat 
pedagogik turkum fanlari hamda umumkasbiy fanlarning integratsiyasi, ya’ni 
didaktik sintezi va fanlararo aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda 
texnik-texnologik muammoli vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga 
oshirishi lozim. 
Muammoli vaziyat
- bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy 
faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning 
xotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani yechish uchun aqliy yoki amaliy 
ishlash usuli yotadi. 
Texnologik ta’limda muammoli vaziyat asosida o‘qitish talabalarni har 
tomonlama rivojlantiradi, jumladan, ijodiy idrok etish qobiliyatini o‘stiradi. 
Muammoli ta’limning texnologik ta’limi darslaridagi ajralib turadigan xususiyati 
shundan iboratki, unda bilimlar talabalarga tayyor holda bayon etilmaydi, balki 
talabalarga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun bir yoki bir necha 
muammo qo‘yiladi. Mustaqil izlanishlar jarayonida ilmiy-texnik bilimlarning 
talabalar tomonidan egallanishi yetarli darajada puxta va ongli bo‘lib, ularda 
zamonaviy dunyoqarashni tarkib toptirish uchun baza yaratadi. 
Muammo
- o‘zida undagi hal qilishi uchun mavjud bo‘lgan vositalar (bilish, 
uddalsh, izlanish faoliyatining tajribasi) asosida qabul qilingan muammoli 


119 
vaziyatni ifodalaydi. Shuning uchun ham, har qanday muammoda muammoli 
vaziyat mavjud bo‘ladi, ammo har qanday muammoli vaziyat muammo 
hisoblanmaydi. 
Bilish vazifasi o‘zida mavjud sharoit yoki parametrlarda hal qilinadigan 
muammolarni ifodalaydi. Bunday vazifaning mazmuni, ya’ni paydo bo‘lishining 
asosida ma’lum bilan noma’lum o‘rtasidagi ziddiyat yotsagina, bu muammo 
sanaladi. 
Muammoli vaziyatlar talabalarning bolg‘usi kasbiy-pedagogik faoliyati bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan hayotiy, amaliy dalillar, jarayonlar asosida yaratiladi. 
Talabalar tomonidan muammolarning yechimini topishda quyidagi ketma-ketlikka 
rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1.
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish. 
2.
Guruhni kichik guruhlarga bo‘lish. 
3.
Guruh talabalari tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini 
aniqlash. 
4.
Muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar to‘g‘risida fikr-
mulohazalarni ilgari surish. 
5.
Muammoli vaziyatning maqbul yechimini ishlab chiqish. 
6.
Muammoli vaziyatning yechimini to‘g‘ri va aniq topilganligini isbotlash.
Yozma topshiriqning ushbu turida talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: 
mazkur mavzu bo‘yicha ular nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va 
ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so‘raladi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish