Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


 2. “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha materialshunoslik



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

21. 2. “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha materialshunoslik 
bo‘limini o‘qitish metodikasi 
Texnologiya va dizayn yo‘nalishida: 
O‘quvchilar turli materiallar 
(yog‘och, metall, qog‘oz, shisha, plastmassa va boshqalar)ning xususiyatlari 


207 
to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladilar. Metal va yog‘ochlarning 
turmushda va xalq ho‘jaligida ishlatilishi. 
1. Yog‘ochning xususiyatlari , nuqsoni va fanerlardan foydalanish. 
2. Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari va kichik hajmdagi stol yasashning 
texnologik xaritasi. 
Yo‘g‘och xodalar piloramalar, lenta arrali, disk arrali stanoklar yordamida 
tilinib, ulardan har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning 
qalinligi: 7, 10, 13, 16, 19, 22, 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 
250 mm gacha (10 mm dan oralatib) tayyorlanadi. Sanoat miqyosida 
tayyorlanadigan taxta materiallarining qalinligi odatda, uch son bilan yoziladi. 
Masalan: 6,5x18X40 bo‘lib, bundagi 6,5-taxtaning uzunligi metrda, 18-eni sm 
hisobida, qalinligi-40 mm hisobida ifoda etiladi. 
Faner g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa 
yog‘och-taxta material. Tayyorlash usuliga qarab tilingan, randalangan, yo‘nilgan, 
yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab olinadigan fanerlar eman, shumtol, 
yong‘oq, qayrag‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaho yog‘ochlardan 
tayyorlanadi. Fanerlar har xil duradgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama 
material sifatida ishlatiladi. Randalangan fanerlar faner randalovchi maxsus 
stanoklarda yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning 
qalinligi 0,8-1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq uzunligi 100 mm va undan ortiq 
bo‘ladi. 
Tilingan fanerlar burang yoki yashma bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib 
qoladigan ba‘zi yog‘och gulalarini tilish yuli bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on 
g‘o‘lalarni radial yunalish buyicha tilish yuli bilan olinadigan fanerlar boshqa 
yo‘nalish bo‘yicha tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi. Chunki 
radial yo‘nalish buyicha tilingan fanerlarda o‘zak nurlari juda chiroyli tekstura 
hosil qiladi. Bu holda, fanerlar qimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash 
maqsadida ishlatiladi. Tilingan fanerlarning qalinligi 0,8-2 mm gacha bo‘ladi. 
Fanerning namlik darajasi 10 % bulishiga ruxsat etiladi.Yo‘nilgan fanerlar (shpon) 
lar esa yo‘nuvchi stanoklarda tayyorlanadi. Yo‘nilgan fanerning qalinligi 0,3:3,5 


208 
mm gacha, eni esa g‘o‘laniig tegishli uzunligiga teng buladi.Butun g‘o‘lani yo‘nish 
vaqtida spiralsimon shpon chiqariladi. Shu yo’l (usul) bilan zarang, Kareliya 
qayinidan “qush ko‘zi” deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi.Fanerlar kazeinli, 
albuminli yelimlar bilan va sintetik smolalar bilai yelimlanadi. 
Yelimlangan fanerlar taxta materiallarga qaraganda bir qator afzalliklarga 
ega: 
1. Hamma yo‘nalishi buyicha puxtaligi bir xil. 
2.Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ro‘y bergan tob tashlash 
yelimlash yo‘li bilan oson bartaraf etiladi. 
3. Kam yoriladi. Yoriqlarning bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tishi 
mutlaqo ro‘y bermaydi. 
4. Faner taxtalarining o‘lchami katta bo‘lganligi uchun taxta materiallarni 
yig‘ib, yirma tayyorlash ishidan xoli qiladi, ishni qisqartirishga, soddalashtirishga 
yordam beradi. 
5. Oson egiladi (xususan, buklangandan so‘ng). 
6. Teshish uchun qulay va xokazo. 
Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki gullarning 
uchidan 0,5 sm qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan 10-15 mm qalinlikda 
butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab olinadi. Uni tozalab, texnik tarozida 
20 mg aniqlik bilan tortiladi. So‘ng quritish pechida +100+105
0
C haroratda 
quritiladi. Namuna birinchi marta olti soatdan so‘ng tortiladi, undan keyingi 
o‘lchashlar har 2 soatda takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay 
qolguncha davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutlaqo 
quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan aniqlanib, foizlarda 
ifodalanadigan kattalikdir. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish