orqa peshov va to'g 'ri ichakda ham yaralar paydo bo'ladi. Limfa
tugunlari kattalashgan. Ba'zan meningeal alomatlar va epileptik
xurujga o'xshash belgilar kuzatiladi.
Keyin infeksiyaning alomatlarsiz latent bosqichi yoki virus
tashuvchanlik bosqichi yuzaga chiqadi.
Kasallikning bu davri
10 yil va hatto undan ortiq vaqt davom etishi ham mumkin. Bu
davrda bemorni hech narsa bezovta qilmavdi. hech qanday kasallik
alomatlari yo'q. faqatgina qonni maxsus usullar bilan tekshirilgan-
da, OIV infeksiyasiga chalinganligi aniqlanadi.
Undan keyingi bosqich
motivatsiyasiz prolongatsiyali genera
lizatsiyalangan limfaclenopatiya bosqichi
deb ataladi, bu bosqich
OIV infeksiyasida qonuniv ravishda kelib chiqadi. eng kamida
90 % bemorlarda kuzatiladi.. Bu bosqichda chov sohasidan boshqa
2 ta va undan ortiq sohalardagi limfa tugunlari eng kamida 3 oy va
undan ortiq muddatga kattalashadi. Kattalashgan
limfa tugunlari-
ning diametri 0.5 sm dan 2 sm gacha. ba'zan esa 4-5 sm gacha ye-
tadi, ularning konsistensiyasi zich-elastik. bir-birlari bilan qo'shil-
magan (har biri alohida joylashgan). harakatchan (ya'ni palpatsiya
qilinganida ular barmoq ostidan sirg'anib chiqib ketadi). og'riqsiz.
tugunlar ustidagi teri o'zgarmagan. Agar limfa tugunlari mikobak-
teriyalar bilan zararlansa yoki yomon sifatli o'smalar (Kaposhi Sar
komasi) rivojlansa. unda og'riq paydo bo'ladi
va limfa tugunlari
bir-birlari bilan qo'shilib ketadi (yopishadi).
Limfadenopatiya bosqichi boshlangandan 1.5-3 yil o'tgach.
kasallikning navbatdagi bosqichi - ikkilamchi kasalliklar davri
boshlanadi. Bu bosqichni OITS assotsiatsiyalangan kompleks deb
ham ataydilar. Bu davr ikkilamchi kasalliklar qo'shilishi va har xil
a ’zolarning zararlanishi oqibatida kelib chiqadi. Bu davrda OIV/
OITSning klinik belgilarining asosini
opportunistik infeksiyalar
va yomon sifatli o'smalar tashkil qiladi. Opportunistik infeksiya
(01) deb. normal sharoitlarda odamda kasallik chaqira olmaydigan.
ammo immunitet pasayib ketganda (va'ni immunosupressiyada)
patogenga aylanib. har xil kasalliklar chaqiruvchi shartli patogen
60
www.ziyouz.com kutubxonasi
infeksiyalarga aytiladi. Bu infeksiyalar tomonidan chaqirilgan ka-
salliklarni OITS indikatorli kasalliklar deb ham ataladi. Barcha 01
larni 4 guruhga ajratish mumkin:
1. Zamburug'li infeksiyalar.
2. Virusli infeksiyalar.
3. Bakterial infeksiyalar.
4. Protozoyli infeksiyalar.
Yuqorida ko'rsatilgan Ollardan tashqari.
OIV infeksiyasida
yana odatdagi patogen infeksion agentlar hamda shu region uchun
xos b o ig a n endemik infeksiyalar ham kasallik chaqiradi. Kasal
likning bu davri bosh og'rishi, kamquvvatlik. o'zni noxush sezish.
tezda charchash. ko'p terlash. haroratning ko'tarilishi, y o ‘tal, mial-
giya. artralgiya. ishtahaning pasayishi,
ich ketishi, tana vaznining
kamayishi. qon tomirlarida o'zgarishlar, ikkilamchi infeksiyalar,
o'smalar va boshqa qator kasalliklar bilan boshlanadi. Vaqt o ‘ti-
shi bilan xastalikning klinik beIgilari kuchayib boradi va kechishi
og'irlashadi. Bu davrda teri va shilliq
qavatlarning zararlanishi
alohida ahamivatga ega. chunki kasallikning erta bosqichlaridanoq
terida eng kamida 2,5 ta kasallik belgisi (simptomi) kuzatilsa. ke-
yinchalik bu belgilar ortib borib. 4 tagacha yetadi. Eng k o ‘p ahami-
vatga moliklari zamburug'li kasalliklar (ayniqsa. kandidoz), virusli
kasalliklar. piodermitlar, seboreyali dermatit kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: