1-mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
(Seminar mashg„uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja
1.Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.
2.Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
3.Pedagogikaning ilmiy-tadiqot metodlari.
1-topshiriq. “Pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika
fanining ob‟ekti, predmeti, maqsad va vazifalariga doir blis-so„rov savollari
1. “Pedagogika” so„zi qanday ma‟noni bildiradi?
2. Pedagogika fani qay tarzda paydobo„ldi?
3. Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi?
4. Pedagogika fani nimani o„rganadi?
5. Pedagogika fanining ob‟ekti nima?
6. Pedagogika fanining ob‟ektini belgilashda xilma-xil yondashuvlar ko„zga
tashlanadi.bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday?
7. Pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi?
8. Pedagogikning tahliliy funksiyasi qanday va zifalarni bajaradi?
9. Pedagogikaning prognostik fuksiyalariga nimalar kiradi?
10. Pedagogikaning tashkiliy fuknsiyasi o„z ichiga nimalarni qamrab oladi?
11. Pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
2-topshiriq. Kichik guruhlarga mo„ljallangan topshiriqlar
1-guruh. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik
ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang va izohlab bering.
1. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta‟lim-
tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi.
2. O„quv mashg„ulotlarining jadvali, o„quv dasturi,guruh (yoki sinf)
jurnallari, o„quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig„ilishi
bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar
rejasi, o„quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod
uchun manba bo„lib xizmat qiladi.
3.Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo„lingan ma‟lumotlarni
boyitish, mavjud holatga to„g„ri baho berish, muammoning yechimini topishga
imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari
sub‟ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo„shimcha
ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
4. Maqsadiga ko„ra asoslovchi va ta‟kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib,
uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat‟iy rejim asosida pedagogik
kuzatuv olib boriladi. Ta‟lim-ta‟lim tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod,
usul,vosita va texnologiyalar sinovdan o„tkaziladi.
5. Sosiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo„llanilib, oshkora muhokamaga
asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi.
6.Biror ob‟ekt haqida yangi ma‟lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy
qismlari abstrakt holatga ko„chirish asosida o„rganiladi va yaxlit andozasi
yaratiladi.
2-guruh. Quyida keltirilgan misollarbilan tanishing va ularning qaysi ilmiy-
tadqiqot metodiga tegishli ekanligini aniqlang va asoslab bering.
1. Siz mazkur ta‟lim muassasasini tanlaganingizdan xursandmisiz? 1) ha,
xursandman; 2) juda xursand emasman; 3) yo„q. 4) javob berishga qiynalaman.
2. 2.1. O„rganilayotgan fanlarni o„zlashtirishga sizning ta‟limning avvalgi
bosqichidagi tayyorligingiz yetarlimi? 2.2. Sizning-cha, oliy ta‟limda o„qishning
maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejidan farqi nimada?
3.
3.1.
Innovasiya
deganda
nimani
tushunasiz?_________________________________________________________
___________________________________________
Innovasiya va yangilik tushunchalari o„rtasida tafovut mavjudmi? O„z
fikringizni asoslang_________________________________________________
__________________________________________________________________
4. 4.1. Kerakli so„zni topib qo„ying.
O„zbekiston – ... davlat.
Savolga javobbering.
Amir Temur qanday davlat tuzgan?
gapni davom ettiring.
1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng
nishonlandi. Uning tavallud sanasi munosabati bilan …
4-topshiriq. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini “modellashtirish” metodi
asosida yoritib bering.
Mashg‘ulotda metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Talabalar mavzu mohiyatini to„laqonli ifoda etadigan kategoriyalarni
ajratadi.
Asosiy kategoriyalar yordamida model yaratiladi.
Har bir talaba model yordamida pedagogikaning asosiy kategoriyalari
to„g„risida ma‟lumot beradi.
Har bir talaba tomonidan taklif etilgan modelning maqsadga muvofiq
yaratilganligi, masala mohiyatining ochib berilishi muhokama qilinadi.
Mustaqil ta‟lim uchun topshiriqlar:
Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
1.“Pedagogika” darsligining mavzuga bag„ishlangan bo„limini o„qib chiqib,
akademik litsey va kasb-hunar kolleji o„quvchilari yosh davri xusussiyatlariga
tavsif yozish.
2. O„quvchilarni pedagogik va psixologik jihatdan o„rganib tavsifnoma tayyorlash.
Adabiyotlar: Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-
standart” nashriyoti, 2017.
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
1. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va
texnologiya. 2010.
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O„zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart”
nashriyoti, 2017.
5.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug„ati. –Toshkent, Fan, 2008.
6.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O„quv qo„llanma. O„.Asqarova. –
Toshkent, Istiqlol, 2005.
7.Xalq pedagogikasi / O„quv qo„llanma. M.Mutalipova. –Toshkent, 2015
8.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O„zbekiston milliy entsiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
9.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex
Moore 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |