Conference Paper


SUN’IY OPALNING XUSUSIY LYUMINESSENSIYASIGA Ag



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/342
Sana19.02.2022
Hajmi12,16 Mb.
#458955
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   342
Bog'liq
Kitob

SUN’IY OPALNING XUSUSIY LYUMINESSENSIYASIGA Ag 
NANOZARRALARINING TA’SIRI
1,2
Shaymardanov Z. Sh., 
2
Qarshieva Z.A., 
2
Bekova M.A.,
3
Xo‘jamberdiyeva J.N., 
3
Turdiyev U.I. 
1
O‘z RFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, 
 
2
O‘zbekiston Milliy Universiteti,
3
Qarshi davlat universiteti 
Hozirgi vaqtda nanostrukturali materiallar, shular jumlasidan dielektrik kremniy 
dioksidi (SiO
2
) matritsasi asosidagi metall tarkibli nanokompozitlar noyob optik va magnit 
xossalariga ega bo’lishi aniqlangan va bu soha jadal ravishda tadqiq etilmoqda[1]. Masalan: 
uch qatlamli plazmonli issiqlik manbayi xususiyatiga ega bo’lgan Ag/SiO
2
/Ag nanokompoziti 
olingan va analiz qilingan[2]. SiO
2
nanozarralarining sirtini kumushning turli qalinlikdagi 
qatlamlari 
bilan 
qoplash 
orqali 
fluoroforlarning 
fluoretsensiyasini 
zondlashda 
foydalanilgan[3]. Suniy opallar matritsasi tuzilishiga ko’ra hozirgi kunda qattiq jismli 
nanokompozitlarni olishda eng ko’p foydalanilayotgan material hisoblanadi. Ular zich 
joylashgan monodispersli amorf SiO
2
sharlaridan tashkil topgan bo’lib sharlar orasida 
nanoo’lchamli g’ovaklar va yo’llar mavjud va aynan mana shu g’ovaklar nanokompozitlarni 
olishda qulalik yaratadi. Bundan tashqari sun’iy opallar ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik uchun 
uch o’lchamli foton kristalli hisoblanadi. Foton kristallari bugungi kunning dolzarb 
savollaridan biri bo’lib qolayotgan optik integral sxemalarda bazaviy material sifatida optik 
kompyuterlarni yaratish yo’lida keng foydalanilishi kutilmoqda[4,5].
Mazkur ishda kremniy dioksidi nanozarralaridan tashkil topgan sun’iy opallarning 
g’ovaklariga kumush nanozarralarini kiritish yo‘li bilan olingan Opal:Ag nanokompozitining 
lyuminisentsiya xossasi tadqiq etilgan.
Nanokompozit Opal:Ag tayyorlashda Texas universitetining «Nanotexnologiya» ilmiy 
markazida Shtober Fink-Bon jarayoni asosida TEOS etanolda gidroliz qilish yo’li bilan
olingan sharlarining diametri ~195 nm bo‘lgan sun’iy opal va lazerli ablyasiya usuli bilan 
etanol spirtida olingan o‘lchamlari 5-50 nm gacha bo‘lgan Ag nanozarralaridan foydalanildi. 
Sun’iy opal va kumush nanozarralarining morfologik tuzilishi skanlovchi elektron mikroskopi 
(SEM, XL – 30 PHILIPS) va LEO 912AB markali o‘tuvchi elektron mikroskoplarida tadqiq 
etildi. 1-rasmda sun’iy opalning (a) skanlovchi elektron mikroskopida va kumush 
nanozarralarining (b,c) o’tuvchi elektron mikroskopda turli xil kattalashtirishdagi olingan 
mikrorasmlari keltirilgan. Rasmdan tadqiq etilayotgan suniy opal bir xil o’lchamdagi SiO
2
sharlaridan tashkil topganligi sharlar orasida esa 30-70 nm o’lchamli g’ovaklar mavjudligi 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
208 
ko‘rinib turibdi. Kumush nanozarralarining (b,c) sharsimon shaklga egaligi va ularning 
o‘lchamlari ~5-50 nm oralig’ida ekanligini ko‘rish mumkin.
Kumush nanozarralarining o‘lchamlari uning sirt plazmon yutilish polosasiga ta’sir 
qiladi. Kumush nanozarralarining o‘lchamlari qanchalik bir jinsli va kichik bo‘lsa uning sirt 
plazmon yutilish polosasi qisqa to‘lqinuzunligi sohasi tomonga siljib spektrning yarim 
kengligi kamayib boradi [1]. Kumush nanozarralarining spirtdagi eritmasining sirt plazmon 
yutilish spektri tadqiq qilindi. 2-rasmda kumush nanozarralarining spirtdagi eritmasining sirt 
plazmon yutilish spektri keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki sirt plazmon yutilish spektri 
300 nm dan boshlanib maksimumi 450 nm to‘lqin uzunligida joylashgan keng polosadan 
iborat. Bu olingan natija adabiyotlarda keltirilgan sharlar o‘lchami ~5 dan 50 nm 
o‘lchamdagi kumush nanozarralarining sirt plazmon yutilish spektrlari bilan juda yaxshi mos 
keladi [1].
Olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
shuni 
ko’rsatadiki 
sun’iy 
opallar
va SiO
2
:Ag 
nanokompozitilarida 
N
2
-lazeri (

= 337 nm, 


9 ns, 
P
 

10 kWt) 
nurlanishi 
ta’sirida 
lyuminesentsiya 
kuzatiladi 
va 
uyg’otish tolqin uzunligidan 700 nm gacha davom etadi. Kumush nanozarralari opal 
g’ovaklariga kiritilganda unining xususiy lyuminessensiyasiga kuchli ta’sir qilishini ko‘rsatar 
ekan. 3-rasmda Opal:Ag (1) nanokompoziti va toza opal (2) lyuminessensiya spektrlari 
keltirilgan. Rasmdan toza opalning lyuminessensiya spektri 400 va 500 nm to‘lqin 
uzunliklarida joylashgan ikkita poloasdan tashkil topganligi ko‘rinib turibdi. Bizning avvalgi 
ishlarimizda toza opalning lyuminessensiya spektrlari 400 nm va 500 nm to‘lqin uzunligi 
sohalarida joylashgan ikkita polosalardan tashkil topganligi va bu polosalar kremniy 
dioksidining hajmdagi (400 nm) va sirtdagi (500 nm) nurlanish markazlariga tegishli ekanligi 
qayd qilingan edi [6]. SiO
2
:Ag nanokompozitining lyuminessensiya spektrida 400 nm to‘lqin 
uzunligi sohasida joylashgan polosaga nisbatan 500 nm to‘lqin uzunligi sohasida joylashgan 
polosaning nisbatan ko’proq so‘nganligini ko‘rish mumkin. 2-rasmdan ko‘rinib turibdiki 
kumush nanozarralarining sirt plazmon yutilish spektri sun’iy opal lyuminessensiya 
spektrining butun hamma sohasini 360-650 nm o‘z ichiga oladi.
Demak, Opal:Ag nanokompozitlarining lyuminessensiya spektridan kumush 
nanozarralari asosan suniy opalni tashkil qilgan kremniy dioksidi nanozarralarining sirti bilar 
ta’sirlashadi. Ultrabinafsha lazer nuri ta’sirida sirt nurlanish markazlaridan chiqayotgan 
nurlanish energiyasi kumush nanozarralarining sirt plazmon yutilishi tufayli qayta energiya 
yutilishi hisobiga suniy opalning xususiy lyuminessensiyasining so‘nishiniga olib keladi deb 
xulosa qilish mumkin.
Mazkir ish O’zbekiston Respublikasining fundamental tadqiqotlarni qo’llab-
quvvatlash Davlat dasturining ОТ-Ф2-52 loyihasi doirasida bajarilgan. 

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish