X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Amazonka
 
daryosi
– materikning va Yer yuzining ham eng sersuv, yirik daryo 
tizimi hisoblanadi. U sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda 
birinchi o‘rinda, uzunligi jihatidan Nil daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 
Amazonka havzasining maydoni 7180 ming km

bo‘lib, qariyb Avstraliya maydoni 
bilan teng. Uzunligi Maranon irmog‘i bilan birgalikda 6992 km. O‘rtacha suv sarfi 
quyi oqimida 120 ming m
3
/sek. ga teng, bu Kongo daryosining o‘rtacha suv sarfidan 
uch marta ko‘p. Maksimal suv sarfi 145 ming m
3
/sek. ni va minimal suv sarfi 63 
ming m
3
/sek. ni tashkil etadi. Amazonka yil davomida havzasidan 1 mlrd. tonna 
loyqa oqizib kelishiga qaramasdan uning dinamik ravishda rivojlanuvchi del’tasi 
yo‘q. 
Amazonka daryosi Ikitos shahri yaqinida Ukayali va Maranon irmoqlarining 
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Amazonkaning sersuv irmoqlari juda ko‘p. Unga 500 
dan ortiq irmoqlar kelib quyiladi, ularning ko‘pchiligi yirik daryolar hisoblanadi. Bu 
irmoqlardan 17 tasining uzunligi 1500 km dan 3500 km gacha etadi, yuzdan ortiq 
irmog‘ida kema bemalol qatnaydi. Amazonka daryosining o‘zani shimoldan Napo, 
Isa, Japura, Rio-Negru (2300 km) daryolarining va janubdan Ukayali, Jurua, Purus,
Madeyra (3230 km), Tapajos, Shingu daryolarining kelib qo‘shilishi natijasida 


103 
g‘arbdan sharqda tomon kengayib boradi. O‘zanining kengligi o‘rta oqimida 5 km 
ga, quyi oqimida 80 km ga, quyilish joyida 320 km ga yetadi. Daryoning bir 
qirg‘og‘ida turib narigi qirg‘og‘ini ko‘rish mumkin emas. Amazonkaning quyilish 
joyi suv qalqishi natijasida oqiziqlardan tozalanib turadi. Suv qalqishi daryoda uning
quyilish joyidan yuqori tomonda 1400 km masofagacha seziladi. Daryoning loyqa 
sarg‘imtir suvi okeanning 300 km ichki qismigacha kirib boradi. 
Amazonka daryosining xarakterli xususiyati shundaki, uning shimoliy va 
janubiy irmoqlarida to‘lin suv davri yilning barcha fasllariga to‘g‘ri keladi. Shuning 
uchun Amazonkaning suv sathi va suv sarfi fasllarga qarab ko‘p o‘zgarmaydi, 
natijada daryo yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadi. Uning barcha irmoqlari 80 % suvni 
atmosfera yog‘inlaridan oladi. Suv toshqini ko‘p oylar davom etadi, natijada keng 
maydonlarni, o‘rmonlarni suv bosadi. Oqibatda o‘tib bo‘lmaydigan botqoqliklar 
vujudga keladi. 
Amazonka daryosi organik hayotga nihoyatda boy. Daryo irmoqlarida yirik 
o‘simlik barglarining diametri 2 m gacha yetadigan, suv yuzida chiroyli bo‘lib 
gullaydigan nilufar (viktoriya-regiya) o‘sadi. Uning barglari juda baquvvat bo‘lib, 
50 kg gacha yukni ko‘tara oladi. Baliqlarning 2000 turi mavjud, ularning ko‘pchiligi 
ov qilinadigan baliqlardir, bular orasida uzunligi 4 m ga yetadigan piraruka balig‘i 
mavjud. Daryoda yirtqich baliqlardan piranya uchraydi, uzunligi 5 m keladigan 
timsohlar bor. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish