X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Shimoliy And. 
Bu tog‘li geografik o‘lka And tog‘ tizimining shimoliy 
qismini, Karib dengizi sohilini, Tinch okean sohilining 4
0
j.k. gacha bo‘lgan qismini 
o‘z ichiga oladi. Shimoliy Andning boshqa tog‘li tabiiy geografik o‘lkalardan farqi 
uning ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashganligidadir. 
Shimoliy And tog‘lari materikning shimoliy qismida kenglik bo‘ylab 
cho‘zilgan, unchalik baland ko‘tarilmagan tog‘ tizmasi bilan boshlanadi. Bu tizma 
dengiz qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilib 
Karib Andi 
deb ataladi. Karib Andi bir-biriga 
parallel joylashgan ikkita tor tizmadan tarkib topgan. Uning birinchi tizmasi Qirg‘oq 
Serrasi (Nayguata tog‘i, 2765m) va Ichki Serra (2600 m) deb ataladi. Bu 
tizmalarning yonbag‘irlari ko‘ndalang vodiylar bilan kuchli kesilgan. G‘arbda 
tizmalar ancha baland ko‘tarilgan va submeridional yo‘nalishda cho‘zilgan 
Kordil’era-de-Merida
tog‘i bilan tutashgan. Uning okean sathidan 5007 m baland 
ko‘tarilgan 
Bolivar
cho‘qqisi muzliklar bilan qoplangan. 
Janubi-g‘arbda Kordil’era-de-Merida tog‘i meridianal ravishda yo‘nalgan 
And tog‘lari bilan tutashadi. Bu yerda And tog‘lari parallel joylashgan to‘rtta 
tizmadan: Sharqiy, Markaziy, G‘arbiy va Qirg‘oq Kordil’erasidan tarkib topgan. 
Bular orasida eng balandi Markaziy Kordil’era tizmasi bo‘lib, uning kristalli
poydevoridan cho‘qqilari okean sathidan 
Uila tog‘i 5750 m
va 
Ruis vulkani 5400 m
qad ko‘tarilgan. Markaziy Kordil’eradan sharqda, Magdalena vodiysidan o‘ng 
tomonda Sharqiy Kordil’era tizmasi joylashgan. Bu tizma kuchli burmalangan 
cho‘kindi jinslardan tarkib topgan va markaziy qismi keng havzasimon botiqlarga 
bo‘lingan. Ana shunday botiqlardan birida 2600 m balandlikda Kolumbiyaning 
poytaxti 
Bogota shahri
joylashgan. Tizmaning eng baland nuqtasi Ritakuva (5493
m) tog‘idir. G‘arbiy Kordil’era nisbatan past tizma bo‘lib, uning balandligi 4000 m 
ga yetmaydi (Paramilo tog‘i, 3960 m). Tizmalar bir-biridan bo‘ylama tektonik 
vodiylar bilan ajralgan. Tektonik vodiylar botqoqlangan keng pastekisliklarni hosil
qiladi. Shulardan biri Venesuela hududidagi markaziy qismi Marakaybo laguna 
ko‘li bilan band bo‘lgan Marakaybo pastekisligi va ikkinchisi Kolumbiya 
hududidagi Magdalena va Kauka daryolari vodiylaridagi tekislikdir. Eng shimolda, 


130 
Karib dengizi sohili balandligi 5775 m ga yetadigan 
Kristobal-Kolon
tog‘i orol 
shaklida ko‘tarilgan. 
Janubiy Kolumbiya va Ekvadorga yaqinlashgan sari And torayib ikkita 
tizmani tashkil etadi. Qirg‘oq Kordil’erasi qirg‘oqbo‘yi tepalik tekislikka aylanadi. 
Markaziy va Sharqiy Kordil’eralar bitta tizmaga birlashadi. Ekvadorda ikki qator 
tog‘ tizmasi oralig‘idagi botiqlarni tektonik yoriqlar bo‘ylab joylashgan so‘ngan va 
harakatdagi vulkanlar o‘rab olgan. Bulardan eng balandlari 
Kotopaxi
harakatdagi 
vulkani (5896 m) va 
Chimboraso 
so‘ngan vulkanidir (6272 m). Janubiy Kolumbiya 
va Ekvadorning Sharqiy Kordil’era tog‘ massivi ustidan bir qator to‘g‘ri 
konussimon harakatdagi vulkanlar qad ko‘tarilgan. Bular 
Kayambe (5769 m), 
Sangay (5410 m), Tunguragua (5033 m), Asuay (4650 m)
va boshqa vulkanlardir. 
Shimoliy And tog‘li o‘lkasida landshaft majmualar murakkab vertikal 
zonalar hosil qilib joylashgan. Tog‘ tizmalarining quyi qirg‘oqbo‘yi pastekisliklari 
va tektonik vodiylar uchun nam va issiq ekvatorial hamda subekvatorial iqlim tiplari 
xarakterli. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat eng yuqori bo‘lib +28°C ni tashkil etadi. 
Marakaybo pastekisligida avgustning o‘rtacha harorati +29°C ga va yanvarning 
o‘rtacha harorati +27°C ga teng. Bundan ko‘rinib turibdiki, yil davomidagi 
haroratning borishida fasliy tafovutlar umuman sezilmaydi. Havo tarkibida namlik 
juda ko‘p. Yog‘inlar deyarli yil davomida yog‘ib turadi, o‘rtacha yillik yog‘in 
miqdori 2500-3000 mm ni tashkil etadi. Tinch okean sohillarida yog‘in miqdori 
5000-7000 mm gacha boradi. Faqat Karib dengizi sohillarida, Karib Andining 
shimoliy yonbag‘irlarida va daryo vodiylarida yog‘in 1000 mm gacha kamayib, 
shimoliy-sharqiy passatlar ta’sirida namlik fasllar vujudga keladi. Ayniqsa 
Venesuella qo‘ltig‘ini o‘rab turgan Guaxira va Paraguana yarim orollarida quruq 
davr uzoq davom etadi. 
Quyi mintaqani mahalliy aholi 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish