3.3. Domen nomining tegishliligini aniqlash
Domen
- noyob nom bilan belgilanadigan Internet iyerarxik
maydonidagi
hudud
(shox).
Ba‘zi
yuristlar
domen
nomini
73
shaxsiylashtirish vositalari bilan bog‗lashadi. Boshqalar uni bunday deb
о‗ylamaydi va domen nomining huquqiy tabiati hali aniq aniqlanmagan
deb aytishadi. Hatto noodatiy qarash ham mavjud – bu elektroaloqani
raqamlash resursidir.
Qonuniylikdan farqli о‗laroq, domen nomlarining texnik tabiati
yaxshi ma‘lum va aniq texnik standartlarda belgilangan.
Domen nomi maydonini adolatli taqsimlash va ularning global
yagonaligini ta‘minlash uchun domen nomlarini rо‗yxatga olish tizimi
mavjud. Barcha birinchi darajali domen nomlari (masalan, org, info, ru,
ua), barcha ikkinchi darajali domen nomlari (masalan, gprf.info, fnn.ru)
va ayrim uchinchi darajali taniqli domen nomlari (masalan,
provider.net.ru, london.co.uk) rо‗yxatdan о‗tishi lozim. Boshqa domen
nomlari rо‗yxatdan о‗tkazilishi shart emas va yuqori domen egasining
ixtiyoriga kо‗ra taqsimlanadi (misol uchun, www.fnn.ru va mail.fnn.ru
domenlari fnn.ru ikkinchi darajali domen egasi ruxsati bilan yaratiladi va
foydalaniladi).
Majburiy rо‗yxatga olingan har bir domen uchun registrator yoki
bir
nechta
registratorlar
tayinlanadi.
Sо‗nggi
holatda barcha
registratorlar rо‗yxatga olingan domen nomlarining yagonaligini
ta‘minlash uchun yagona ma‘lumotlar bazasidan foydalanishga
majburdirlar. Barcha registratorlarning ma‘lumotlar bazalari IP
manzillari registratorlariga о‗xshagan whois protokoli orqali ommaga
ochiqdir. Rо‗yxatdan о‗tgan domen foydalanuvchilardan birini topish
uchun, u qarashli bо‗lgan registrator ma‘lumotlar bazasiga murojaat
etish kerak. Rо‗yxatga olinmagan domen nomlari uchun yuqoriroq
darajadagi tegishli domen egasiga murojaat qilish lozim.
Masalan, biz "www.internet-law.ru" 3-darajali domen egasini
aniqlashimiz zarur. Shubhasiz, bu 3-darajali domen rо‗yxatdan о‗tgan
domen emas. Bu mulk egasining tasarrufida bо‗ladi 2-darajali domen,
ya‘ni allaqachon rо‗yxatdan о‗tgan ―internet-law.ru‖ domenidir. Bu
yerda taxmin qilish kerak, ya‘ni standart nomga (www) ega 3-darajali
domenning egasi 2-darajali domenga ham egalik qiladi, "internet-law.ru"
domen nomini bilib olish uchun biz rus registratorlari bazasiga murojaat
qilamiz. Buning uchun har qanday operatsion tizimda (Windows
tashqari) mavjud bо‗lgan "whois" buyrug‗idan foydalaniladi. Argument
sifatida xohlagan domen nomi belgilanadi va parametr qaysi registr
sо‗ralayotganini belgilab qо‗yadi. Registratorning ma‘lumotlar bazasiga
domen egasi ma‘lumotlarini kiritishi esda tutilishi kerak. RU domenida
va boshqa domenlarda registrlarni rо‗yxatga olish va о‗zgartirish tartibi
74
о‗rnatiladi. Albatta, ma‘lumotlarning dolzarbligi va ishonchliligi uchun
talablar mavjud. Biroq registratorlar har doim о‗zlariga taqdim qilingan
ma‘lumotlarni tekshirish imkoniga ega emaslar. Va eskirgan narsalarni
yangilash doimo о‗z vaqtida amalga oshirilmaydi.
Domen egasi tо‗g‗risida qanday ma‘lumotlar ishonchli deb
hisoblanishi mumkin? Domen nomini nazorat qilish huquqi bilan bog‗liq
kо‗pchilik registratorlarning odatiy shartnomasi shartlariga kо‗ra, domen
nomining egasi tо‗g‗risida notо‗g‗ri ma‘lumotlar kо‗rsatilgan holda,
rо‗yxatdan о‗tkazish bekor qilinadi. Kо‗rsatilgan aloqa ma‘lumotlariga
murojaat qilmaslik domen nomlari huquqlarining yо‗qolishiga olib
kelishi mumkin. Kо‗pgina registratorlar avvalgi egasiga tegishli
hujjatlarni taqdim etguniga qadar domen nomlarini boshqa shaxsga
о‗tkazishga ruxsat bermaydi. Shuning uchun notо‗g‗ri aloqa
ma‘lumotlari (telefon, pochta manzili, e-mail manzili) katta ehtimollik
bilan kо‗rsatilganligi domen nomining yо‗qolishiga olib keladi.
Egasining notо‗g‗ri ismini belgilash domenni boshqa egasiga (sotishga)
о‗tkazish mumkin emasligiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib foydalanuvchi tо‗g‗risidagi qaysi
ma‘lumot haqqoniy, qaysinisi esa ishonchsizligi tо‗g‗risida xulosa qilish
mumkin. Domenga egalik huquqini hujjatlashtirish bilan shug‗ullanish
biroz murakkabliklar keltirib chiqaradi. Jinoyatchi va fuqarolik jarayoni
uchun bunday domen nomining ma‘lum shaxsga tegishli ekanligini
kо‗rsatish muhim sanaladi. Amaliyotda quyidagi usullar qо‗llaniladi:
1.
Ma‘sul shaxsdan bildirgi orqali whois serveridan yordam olish
uchun hujjat tayyorlash. Bu mukammal usul emas. Faqat
ayblanuvchi (sudlanuvchi) domen egalik huquqini inkor etish
niyatida bо‗lmasa qо‗llanilishga maqbul.
2.
Notariusda whois komandasining veb-interfeysi bо‗lgan veb-
sahifaning mazmunini tasdiqlatish. Fuqarolik ishlari uchun
foydalaniladi. Notarial idoralar veb-sahifalar mazmunini
tasdiqlashni qabul qilmaydi. Biroq agar bunday notarius topilsa,
notarius guvohiligi sudda ijobiy taassurot qoldiradi. Lekin
mutaxassis uchun bu usul notо‗g‗ridir, chunki notarius qanday
ma‘lumotlar bazasi veb-interfeysga bog‗langanligini kо‗rmaydi.
Natijada, uning ishonchi, allaqanday maqsadda noma‘lum
kimsaning chetiga yozilgan yozuvning kafolatidan ortiq emas.
3.
Ushbu domen nomini saqlab qolish bilan bog‗liq xizmat
kо‗rsatuvchi aloqa operatori (provayder) rasmiy javobini olish,
masalan, u uchun DNS-server yoki veb-saytni qо‗llab-
75
quvvatlaganligi. Provayderdan xat о‗rniga ushbu provayderning
tegishli texnik xodimidan guvohlik olish mumkin.
4.
Guvohlardan kо‗rsatuv olish. Misol uchun, manfaatdor shaxs
domen nomi bilan faqat uning egasiga tegishli bо‗lgan muayyan
xatti-harakatlarni amalga oshirganligi tо‗g‗risida.
5.
Tegishli shaxs rо‗yxatga olish yoki domenni yangilash
xizmatlarini tо‗laganligini tasdiqlash. Birovning domenlariga
pul о‗tkazish mumkin bо‗lsada, ammo baribir bu juda yaxshi
bilvosita dalil.
6.
Mutaxassis whois serveriga sо‗rov yuborib, natijalar haqida о‗z
xulosasida bayon qiluvchi ekspertiza о‗tkazish. Uslub oddiy,
ammo mukammal emas. О‗rganiluvchi obyekt (registrator
ma‘lumotlar bazasi, whois serveri) dunyoning narigi burchagida,
hech kim aniq bilmaydigan yerda va mutaxassisdan yiroqda
bо‗lishi hisobga olinsa, ekspertiza о‗tkazish fikri ikkilanarlidir.
7.
Tegishli shaxsning kompyuterida eskpertiza davomida domen
registratori interfeysiga muvaffaqiyatli avtorizatsiyalash izlarini
topish. Bu domen registrator interfeysida ulanish va
muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan dalolat beradi. Deyarli barcha
registratorlar domen nomlari egalarini о‗z veb-interfeysi orqali
о‗zlarining domenlarini masofadan boshqarish qobiliyatiga ega
bо‗lishadi.
8.
Domen nomini rо‗yxatdan о‗tkazish tо‗g‗risidagi sertifikatni
tegishli rо‗yxatdan о‗tkazuvchi yoki texnik markazdan olish.
Chet ellik registratorga bunday sertifikatni olish qiyin. Bunda
Interpol xizmatlaridan foydalanishga tо‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |