7
raqamli texnika dalillarni saqlab qoluvchi jinoyat;
raqamli texnika yordamida amalga oshiriluvchi jinoyat.
Forenzikaning qо‘llanilish sohasi:
kompyuter axboroti tajovuz
obyekti, kompyuter esa jinoyatni sodir etish quroli,
hamda qandaydir
raqamli dalillar kabi shakllanuvchi hodisalarni tadqiq qilish. Avvaliga
kompyuter jinoyatlari uch yо‗nalishi ajratilgan:
kompyuterni, hisoblash tizimini yoki kompyuter tarmog‗ini
pul, mulk yoki xizmatlarni olish maqsadida foydalanish yoki
foydalanishga urinish;
kompyuter, hisoblash texnikasi,
kompyuter tarmoqlari yoki
ulardagi matematik ta‘minot, dasturlar yoki axborotni о‗zgartirish, zarar
yetkazish, yо‗q qilish yoki о‗g‗irlash maqsadida qasddan qilingan
ruxsatsiz harakat;
kompyuterlar, hisoblash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari
orasidagi aloqalarni qasddan ruxsatsiz buzish.
Sо‗nggi yillarda insidentlar soni geometrik progressiya bо‗yicha
oshmoqda, quyidagi terminlar almashdi: «axborot jinoyati», «axborot
texnologiyalaridan
foydalangan
holda
sodir
etilgan
jinoyat»,
«kiberjinoyat» va hozirda kompyuter jinoyatlarini uch yо‗nalishga
ajratiladi:
axborot xavfsizligiga qarshi jinoyat;
elektron axborot boshqa jinoyatni sodir etish vositasi sifatida
hisoblanuvchi jinoyat;
kompyuter va boshqa elektron texnikadan
foydalangan holda
sodir etiladigan jinoyat.
Kompyuter jinoyati milliy va iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy tahdid
soladi va 70-yillardan boshlab ilg‗or davlatlarda kompyuter jinoyatlari
bilan kurashish bо‗yicha maxsus bо‗limlar yaratilmoqda, oliy ta‘lim
muassasalarida axborot jinoyatlarini tadqiq qilish usuli bо‗yicha
kurslar
о‗qilmoqda.
Bu kurslar kompyuter jinoyatchiligi bilan kurashishning quyidagi
asosiy yо‗nalishlarini qamrab oladi:
1. Insidentlarga reaksiya qilish (Incident response)
2. Insidentlarni tergov qilish (eDiscovery)
3. Raqamli kriminalistika (Digital Forensic)
4. Insidentlar monitoringi (Monitoring Incidents).
Raqamli kriminalistika kompyuter jinoyatlarini tergov qilishning
asosiy yо‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassis-kriminalistlar о‗z
8
ishlari davomida ularga insident sababini va xronologiyasini о‗rnatish,
hujumni amalga oshirish maqsadlari va usullarini aniqlashtirish hamda
aloqador
shaxslarni
kо‗rsatish
imkonini
beruvchi
maksimal
ma‘lumotlarni tahlil qiladi.
Raqamli axborotni tashuvchilarni tahlillash
vaqtida mutaxassislar
hodisalar xronologiyasini qayta tiklashadi; fayl tizimlari, operatsion
tizimlar, ilovalar
jurnallarini tahlillaydi; operatsion tizim reyestri
kalitlarini о‗rganishadi; zararkunanda dasturiy ta‘minot yо‗qligiga
tashuvchini tadqiq qilishadi. Yana kompyuter kriminalistika doirasida
maxsus yо‗nalishni - funksional, zararkunanda
dasturlar ishining
algoritmi va tarmoq aloqalarini о‗rganishga yо‗naltirilgan virusli
analitikani ham ta‘kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: