148
savdo-hunarmandchilikning ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz
gavanlari dengizchilikning rivojlanishiga sabab bo`ldi.
Dastlab Attika aholisi
kichik qishloqlarda yashagan. Keyinbchalik esa, ular qoyatosh bag`rida
joylashgan Afina akropoli markazi bo`lgan shahar atrofida birlashdila
r.
Jahon tarixida Xalq boshqaruvini ya’ni demokratiyani joriy etishga ilk urinish
aynan Afinada boshlangan. Demokratiya so‘zi yunonchadan tarjimasi “xalq
xokimyati” ma’nosini anglatadi
56
.
Attikaning qadimgi aholisi ioniylar va pelasglarga doriylarning ko`chishi ta’sir
qilmadi. Attik doriylar hujumini qaytardi. Doriylar Peloponnesdan haydab
yuborgan axeylarning bir qismini qabul qildi. Bu
yerda yunon tilining ioniy
shevasida so`zlashadigan qabilalar guruhi to`rt urug` yoki qabila (fil)ga bo`lingan
edi. Har bir fil bir necha o`nlab urug`lardan iborat bo`lgan uch fratriyaga
bo`lingan.
Gomer davrida Attika aholisini urug` zodagonlaridan chiqqan yo`lboshchi
basileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin va harbiy boshliq
vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon polislariga bo`lganidek, basileylar huzurida
Afinada oqsoqollar kengashi-areopag bor edi. Afsonalarga ko`ra, Afina aholisini
birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo`ladi: yer egalari-
yevpatridlar, dehqonlar-geomorlar va hunarmandlar-demiurglar.
Attika viloyati 12 alohida hudud-qabila okruglariga bo`lingan. Ularning
markazlari Afina, Torika, Marafon, Afidna bo`lgan. Er. avv. VIII asr davomida
xo`jalik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi
natijasida yevpatridlar
basileylarning huquqini asta-sekin cheklay boshladilar. Ular o`zlarining ichidan
arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar. Basileylarning boshqaruv
vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o`ta boshladi. Natijada basileylarga
faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afinada
hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9
arxont boshqara
boshladi. Ularning o`rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.
Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o`z o`rinlarini yangi
saylanganlarga bo`shatib berib, o`zlari areopagning umrbod a’zolari bo`lib qolar
edilar. Areopag er. avv. VIII-VII asrlarda eng obro`li hokimiyat organi bo`lgan.
Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosiga faol qatnashdilar. Tovar
ishlab chiqarish, savdo-hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni
qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi
holga aylanib qoldi. Er. avv. VII asrning
ikkinchi yarmida Attikada
ijtimoiysiyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. avv. VII asrning 30-yillarida
zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga urunib ko`rdi. Arxont Drakont
tomonidan 622yilda og`zaki qonunchilikning yozma to`plamga keltirilishi urug`
zodagonlarining
hokimiyatini
zaiflashtirdi.
Drakont
qonunlari
bilan
urug`chilikning qoldig`i bo`lgan xun olish ta`qiqlandi. Jazolash funksiyasi
areopagga berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo`lib, o`g`rilikjinoyati uchun
o`lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi.
56
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.193.