mafkuraviy immunitet,
huquqiy madaniyat, hatarlar.
Аннотация
: Человечество сегодня живет во времена великой
неразберихи и конфликтов. Более того, все больше и больше людей пытается
фальсифицировать хорошие идеи во имя корыстных интересов. В результате
первоначальные цели замаскированы, а смысл древних воззрений намеренно
запутан. В статье рассматриваются правовые аспекты формирования
идеологического иммунитета в условиях глобализации.
Ключевые
слова:
глобализация,
человечество,
конфликт,
идеологический иммунитет, правовая культура, опасности.
Abstract
: Humanity today lives in a time of great confusion and conflict.
Moreover, more and more people are trying to falsify good ideas in the name of
selfish interests. As a result, the original goals are masked, and the meaning of
ancient beliefs is deliberately confused. The article examines the legal aspects of the
formation of ideological immunity in the context of globalization.
Key words
: globalization, humanity, conflict, ideological immunity, legal
culture, danger
.
“Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi
yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot
olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini
hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”– degan edilar
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov. Mustaqil O‘zbekistonimizning
“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
377
w
www.oriens.uz
2021
January
qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi galda
yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon
bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy
nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi
qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan
mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari ekanligini nazarda tutmoq kerak.
Ilmiy tahlillar, ko‘pchilik hurmatiga va e’tiboriga sazovor bo‘lgan manbalarga
asosan g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlarning xususiyatlari quyidagilarda namoyon
bo‘lmoqda: avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram
qilishni ko‘zlaydi; ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga
yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy
tomirlariga bolta uradi; beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyoqarashni, avvalo,
beg‘ubor yoshlarning qalbi va ongiga singdirishga qaratiladi; oltinchidan, mamlakat
xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi; va
nihoyat, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sanaladi.
Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan
qat’iy nazar, butun insoniyatga birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni e’lon qilgach, jahon hamjamiyatiga
jadallik bilan integratsiyalasha boshladi. Natijada hamkorlik aloqalari kuchayib,
barcha sohada, shu jumladan madaniyat va ma’naviyat sohasida ham harakat erkinligi
yuzaga keldi. Bu esa ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida o‘ziga xos muammolar
paydo bo‘lishiga olib keldi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti
Islom Karimov qayd etganlaridek: “Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar
ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura
va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng, jamiyatda paydo bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |