229
Qizilishton barmoqlarining ikkitasi oldinga,
ikkitasi orqaga qaraganligi, dum pati
tayanch vazifasini o`tashi, tumshug`i uzun va o`tkir bo`lishi hamda kalla suyagiga
birikkanligi, tilining uzun va o`tkirligi daraxtda yashashga ixti soslashish oqibatidir
(49-rasm).
Gipergenez
ayrim organ yoki organizmlarning
hajmi kattalashishi bilan
bog`liq o`zgarishlardir. Adaptatsiogenezning bu xili ayniqsa o`tmishda mezozoy va
kaynozoy eralarida yashagan umurtqali hayvonlarga xosdir.
50-rasm.
Gipergenezga misollar (qazilma formalar);darranda tishli yo`lbars; 2 —
shimol bug`usi; 3 — stegozavr.
Hozirgi davrda o`simliklardan sekvoya, hayvonlardan kit, fil, nosorog,
jirafalarni gipergen formalarga misol qilib keltirish mumkin. Gipergenezlar ma’lum
sharoitda evolyutsiyaning perspektiv yo`nalishi hisoblanadi. Chunki organizm yoki
uning ayrim organlarining yirik bo`lishi yashash
uchun kurashda bir qancha
afzalliklarni (dushmanlardan o`zini himoya qilish va hokazolarni) keltirib chiqaradi.
Gipergenezda tanlash yo`nalishi o`zgaradi. U nasl qoldirishning kamayishi, organlar
o`rtasidagi korrelyativ bog`lanishlarning buzilishi bilan xarakterlanadi (50-rasm).
Katagenez
organizmlarning o`ta ixtisoslanishi bilan bog`liq holda tuzilishi-
niig murakkabdan oddiyga o`tishidir. U mazmunan
Seversovning umumiy
degeneratsiya tushunchasiga mos keladi. Katagenez hodisasi aktiv hayot kechirishdan
passiv hayot kechirishga, aktiv oziqlanishdan passiv oziqlanishga, ko`chmanchi hayot
kechirishdan o`troq hayot kechirishga o`tish bilan bog`liq.
Gipogenez
katagenezning xususiy formasi bo`lib, organizm voyaga yetmagan
xolda o`z ontogenezini o`tkazishi bilan izohlanadi. U mazmun jihatdan neoteniyaga
230
mos keladi. Ba’zan o`zgargan muhit sharoitida voyaga etgan organizmlarga
nisbatan uning lichinkalari ko`proq moslashadi. Masalan, oddiy aksolotda lichinka
metamorfozga uchramaydi, hayotini butunlay suvda o`tkazib, tashqi jabralari, dum
suzgich qanotlarini keyinchalik ham saqlaydi. Gipogenezda, odatda,
ontogenezning
keyingi bosqichlarida rivojlanishi lozim bo`lgan belgilar rivojlanmay qoladi.
Kolovratkalar, mshankalar, kanalar va pardalilar katagenez va gipogenez
yo`nalishi bilan kelib chiqqan. Katagenez va gipogenez
natijasida organizmlar
muhitga o`zini butunlay tobe qilib qo`yuvchi ixtisoslashgan belgilardan holi
bo`ladi, Bunday organizmlarda boshqa adaptiv belgilar bo`lgan taqdirda, ular
o`zgargan muhitga moslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: