Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi



Download 69,09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi69,09 Kb.
#456650
Bog'liq
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi - Vikipediya



Oʻzbekiston tarixi
davlat muzeyi
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi — 
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining
yirik ilmiy tekshirish
va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.
1883-yil 
Turkiston
ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnigrafiya, arxeologiya,
numizmatika, harbiytarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-
yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan 
Oʻrta Osiyo
Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-
yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi
Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida
hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi


Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va
oʻrganish boʻiicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning
zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar
saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16
mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan
qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uyroʻzgʻor
buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.
Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uyroʻzgʻor
buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar
saqlanadi.
Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush,
mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan.
Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning
uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid
ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan
ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi
Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.
Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan
hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy
davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan.
YunonBaqtriya, Kushon, Koʻhna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar
alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa
qabila belgilari yoki tamgʻalari zarb qilingan. Muzey ekspozitsiyasida Oʻrta Osiyoda hukmronlik
qilgan, somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklariga mansub tangalar
namoyish etilgan.
Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar,
ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli koʻrsatkichlar hamda maktab oʻquvchilari va
talabalar tarbiyasi uchun ilmiymetodik qoʻllanmalar nashr etib kelmoqda. Ular orasida keyingi
yillarda nashr etilgan "Temuriylar sulolasining tangalari" (1996); "Katalog metallicheskix i
keramicheskix izdeliy Uzbekistana XSHX1X vv" (2000); "Oʻzbek milliy kiyimlari" (2002);
"Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari" (2003); "Toshkentning yangi shahar qismi tarixi"
(2004) kabi nashrlar bor.
Muzeyda 4 ta fan d-ri va 4 ta fan nomzodi ishlaydi. 2003-yil aprelda muzey qoshida
ilmiymetodik kengash tashkil qilingan.


 
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Muzey 1964-yildan 1887-yil qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat
yurgizgan. 1992-yil aprel dan sobiq Lenin muzeyi binosiga koʻchib oʻtdi. Mazkur bino 1970,
meʼmori Ye.Rozanov, V.Shestopalov va boshqalar) shahrining markazida Sharof Rashidov
shohkoʻchasida joylashgan. Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2
ming kv.m), maʼruzalar (500 kv.m) hamda konferensiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish
xonalaridan iborat. Anʼanaviy panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi toʻsiqlar oddiy
geometrik shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yoʻlka (pandus) bino oldi maydoniga
olib borib, 2qavat vestibyuli bilan bogʻlanadi. Bino 1999—2003 yillarda qayta taʼmirlandi (meʼmor
R.Iskandarov va boshqalar), ichki tuzilishi oʻzgartirildi, yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan
jihozlandi. Ustaxonalar, fond hamda xodimlarning ish xonalari 1qavatda joylashgan. Bino interyeri
milliy anʼanalarda (ganchkorlik — M.Usmonov va boshqalar; yogʻoch oʻymakorligi — K,.Haydarov
va boshqalar) ziynatlangan, taʼmirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov,
A.Aliqulov) bilan bezatilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O
ʻ
zbekiston_tarixi_davlat_m
uzeyi&oldid=2074361
" dan olindi
Manbalar


Download 69,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish