Тошкент давлат юридик университети ихтисослаштирилган филиали 2-курс талабалари учун


Умумий балл  2  1 – Variant



Download 335,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.02.2022
Hajmi335,67 Kb.
#456601
1   2   3   4
Bog'liq
ma\'muriy

 
Умумий балл 



1 – Variant
A Bo’lim 2 – savol 
 
Har qanday huquqbuzarlik singari, ma’muriy huquqbuzarlikning ham
huquqqa xilof aybli sodir etilgan qilmish hisoblanadi. Huquqbuzarning huquqqa 
xilof qilmishni sodir etishda aybi mavjud bo'lganida, uni javobgarlikka tortish 
mumkin bo'ladi. Ayib bu sodir etilgan qilmishga nisbatan shaxsning ruhiy 
munosabatidir. Ayb ikki shaklda qasd va ehtiyotsizlikda ifodalangan bo'lishi 
mumkin. Ayb ma’muriy huquqbuzarlik subyektiv tomonining majburiy xususiyati 
hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni bu huquqbuzarlik 
subyekti jismoniy shaxsning huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik hamda 
uning oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Ma’muriy 
huquqbuzarlik aybning ikki shaklida ham, yani qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir 
etilishi mumkin. 
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi 
kodeksining 11-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z 
harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo'lsa, uning zararli 
oqibatlariga ko'zi yetgan, yuz berishini istagan bo'lsa yoki bu oqibatlarning kelib 
chiqishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik 
qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. Masalan, O'zR MJtKning 61-moddasida 
mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini 
o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini sui’istemol qilish yoki 
firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish uchun maniuriy javobgarlik 
belgilangan. Ushbu qilmish qasddan sodir etiladi. huquqbuzar mol-mulkini 
o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiistemol qilish yoki 
firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi harakatlarning huquqqa 
xilof ekanligini biladi, uni sodir etish orqali korxonaga zarar yetkazilishiga ko'zi 
etadi va uning yuz berishini istaydi. 
Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish ikki ko'rinishda bo'lishi 
mumkin: a) to'g'ri qasd, yani ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z 
harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy ekanligini biladi, uning zararli 



oqibatlariga ko’ zi etadi va uning yuz berishini istaydi, b) egri qasd, yani ma’muriy 
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki harakatsizligi g'ayrihuquqiy 
ekanligini biladi, uning zararli oqibatlariga ko'zi yetadi va bu oqibatlaming kelib 
chiqishiga ongli ravishda yo'l qo’yadi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 12-
moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o'z harakati yoki 
harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko'ra bilgan 
bo'lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o'ylagan 
bo'lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko'rishi 
lozim va mumkin bo'lgani holda oldindan ko'ra bilmagan bo'lsa, bunday ma’muriy 
huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi. 
Ma'muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish quyidagi 
shakllarda namoyon bo'ladi: a) o'ziga ishonish shaxsning o'z harakati yoki 
harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko'ra bilgan 
bo’lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o'ylaydi; b) 
beparvolik shaxsning qonunda ko'rsatilgan oqibatlarning kelib chiqishi 
mumkinligini oldindan ko'ra bilishi lozim va mumkin bo'lgani holda ularni 
oldindan ko'ra bilmagani. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik natijasida sodir 
etishdan aybsiz zarar keltirishni farqlash lozim. Aybsiz zarar keltirish javobgarlikni 
keltirib chiqarmaydi. 
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 
aksariyat moddalarida ayb shakllari to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tilmagan hamda 
ma’muriy javobgarlik ayb shaklidan qati’nazar vujudga keladi. Masalan, 88-
moddaga binoan qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog'ida yonilg'i 
moddalar va binokorlik materiallarini to'plash, maxsus texnik qurilmalarsiz ochiq 
alanga oldirib ularni yoqish, bitum eritishda atmosfera havosini muhofaza qilish 
talablariga rioya qilmaslik qasddan sodir etilganmi yoki ehtiyotsizlik orqasida 
sodir etilganmi, ma’muriy javobgarlikka asos bo’ladi. 
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 
ayrim moddalarida qasd to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tilmagan bo'lsa ham, uning 



qasddan sodir etilganligi qilmishning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, 188-
moddaga binoan voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar istemol 
qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql- 
idrokiga, irodasiga tasir qiladigan moddalar yoki vositalarni istemol etishga jalb 
qilish faqat qasddan sodir etilishi mumkin. 
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 
ayrim moddalarida esa ayb shakllari aniq ko'rsatib o'tiladi. Masalan, 52-moddaning 
birinchi qismida ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish, ikkinchi 
qismida esa qasddan yengil tan jarohat yetkazish uchun ma’muriy javobgarlik 
nazarda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida 
ma’muriy huqubuzarlikning maqsad va motiv singari fakultativ belgilari ham 
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Masalan, 141-moddaga binoan haydovchilarning 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy 
boylik orttirish maqsadida foydalanishi, ma’muriy javobgarlikni vujudga keltiradi. 
Bunday maqsadning bo'lmaganligi esa, javobgarlikka olib kelmaydi. Va aksincha, 
masalan, 56-moddaga binoan giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni 
o'tkazish maqsadini ko’zlamay oz miqdorda g'ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, 
saqlash, tashish yoki jo'natish ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. 
Demak, shaxsning sodir etgan qilmishini ma’muriy huquqbuzarlik sifatida 
tasniflash uchun birinchidan, mamuriy huquqbuzarlikning yuridik xususiyatlari
huquqqa xiloflilik, aybning mavjudligi, jazoga sazovorligi va ikkinchidan, yuridik 
tarkibi ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va 
subyektiv tomoni mavjud bo'lishi kerak. 

Download 335,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish