Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

yakuniy suhbat. 
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun 
o’qituvchi o’quvchilarga barcha ish qurollarini to’plashni, ularni tozalab, ko’rsatilgan 
joyga qo’yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o’quvchilarning o’zlarini tartibga 
keltirib olishlari: ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo’llarini sovun bilan 
yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi. 
Darsni muvaffaqiyatli o’tishi va qafiy intizomga erishish uchun o’qituvchi 
yana ish boshlangungacha har bir o’quvchiga mehnat qiladigan maydonchani 
ko’rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. 
Har bir o’quvchi ish bilan band bo’lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi 
va baholanishi kerak. 
Maktab geografiya maydonchasida o 'tkaziladigan dars. 
Joydagi amaliy ish va 
kuzatishlarning ko’p qismini maktaboldi yer maydonida jihozlangan geografiya 
maydonchasida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntiriishi va 
o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’iganiladi. Geografiya maydonchasida 
ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo’ladi. Geografiya maydonchasidagi 
darsga “Tabiatda suv” mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun 
maydonchaga suv (vodoprovod krani) keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. 
Agar suv oqimi yo’liga har xil to’siqlar qo’yilsa, qiiB'oqlarning yuvilish, orollarning 
hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog’i va quyilishi manzarasini vujudga keltirish 
mumkin. Geografiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi 
ko’ringani uchun, yotiq va tik yonbag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda 
tepalik modelini tayyoriaydilar. 
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, 
quyilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin. 
Bunda o’quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun 
kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini 
erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. 
Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o’quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq 
tomonlarini aniqlash, kompas bo’yteha aniqlash, quruqlik yuzasining shakllari, 
tog’lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni 
qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir. 
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi dars 
odatda mavzu o’rganilgandan keyin 
o’tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgari o’tilgan qator darslar mazmunini bir-


biriga bog’lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va, umuman, mavzu 
bo’yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir. 
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: 
yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko’igazmali qurollar, diafilmlar, 
diapozitivlar kiritilishi lozim. 
O’qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi 
(o’rganilgan mavzu bo’yicha savollar ro’yxatini tuzish, umumlashtiravchi jadval 
o’ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarning 
o’zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan, 
shuningdek, o’quvchilar tomonidan avval tayyorlangan albomdan foydalanish 
mumkin. 
O’quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida 
ahamiyatga ega, chunki ularda o’yin elementlari bor. Misol sifatida “To’rtinchisi 
ortiqcha” jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to’rtta umumiy 
bo’lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo’lgan belgi bo’yicha alohida 
guruhga birlashtirilishi mumkin. “To’rtinchisi ortiqcha” nomli o’yin jadvali 
Chittak 
Olmaxon 
Chumchuq 
Zag’cha 
Yo’lbars 
Bo'ri 
Tovushqon 
Mushuk 
It 
Sigir 
Cho’chqa 
Qo’y 
Pashsha 
Chivin 
Karam kapalagi 
Asalari 
Tovuq 
o’rdak 
g’oz 
Kakku 
Qarg’a 
Jiblajibon 
Qaldirg’och 
Popishak 
Jadvalga har xil qushlar oyoq va boshlarining rasmlari ilova qilinadi. Bolalar 
ularning oyoqlari nima bilan farq qilishini, suvda suzuvchi yirtqich qushlar hayotida 
qanday rol o’ynashini, shuningdek, tumshuqlari ovqatlanishida qanday yordam 
berishini tushuntirishlari kerak. 
Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarning tuzilishi quyi-dagicha bo’lishi 
mumkin: 1) o’qituvchining kirish so’zi, bunda o’rganilgan mavzuning ahamiyatini 
tushuntiradi, dars maqsadi va rejasini bildiradi; 2) o’quvchilarning individual, 
birgalikda og’zaki yoki yozma umumlashtirilgan tipdagi topshiriqlarni baja-rishlari; 
3) ishning bajarilishini tekshirish va yetishmovchilikni bartaraf etish; 4) diafilmlar 
namoyish qilish; 5) yakun chiqarish. 
Izohli o’qish darsi, kino va teledars, shuningdek, ekskursiya darsi ham 
didaktik xususiyatga ega darslar tipigakirib, katta ahamiyatga ega. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish