Reja:
1.
Avtomatika sistemalarining loyihalash ob`ektlarini parametrlari.
2.
Loyihalash ob`ektining ish bajarish funktsiyasiga parametrlarining ta`siri.
3.
Loyihalash ob`ektlarining tasnifi.
12.1 Avtomatika sistemalarining loyihalash ob`ektlarini parametrlari
.
Parametr – ob`ektning ish rejimi yoki xossasini xarakterlovchi kattalik.
Loyihalash ob`ektlari parametrlari orasidan, ularning mo`ljallangan
maqsadiga mos
darajadagi mikdoriy baho hisoblanuvchi foydalilik ko`rsatkichlari aloxida keltiriladi.
Foydalilik ko`rsatkichlari quyidagi ko`rsatkichlarga bo`linadi:
a) unumdorlik;
b) ishonchlilik;
v) qiymati;
g) massasi;
e) aniqligi.
Sistemaning tipii va konkret sharoitdan kelib chiqib, u yoki bu ko`rsatkich
bosh rolni bajaradi. SHundan kelib chiqib, radiosistemalar
uchun asosiy foydalilik
ko`rsatkichlari ma`lum vaqt ichida qancha ish bajara olish qobiliyati (unumdorlik
ko`rsatkichi) va aniqlik hisoblanadi. «Foydalilik ko`rsatkichi» atamasi murakkab
sistemalarga mos keluvchi yuqori ierarxik darajada loyihalashlarning barchasida
ishlatiladi.
CHiqish parametrlari – sistemaning to`g‘ri
ishlayotganligi haqida xukm
chiqarish mumkin bo`lgan sifat ko`rsatkichlari, ya`ni bu tushuncha anologik jixatdan,
«foydalilik ko`rsatkichi» ga mos keladi, lekin u ixtiyoriy ierarxik darajadagi
sistemalarda qo`llaniladi.
CHiqish parametrlari elementlarining xossalariga bog‘liq bo`lgani kabi,
sistemalarning aniqlangan strukturalari (konfiguratsiyalari)dagi
elementlarning bir-
biri bilan bog‘lanishlarining o`ziga xosliklariga bog‘liq.
Har bir yangi bog‘lanish uslubi yangi strukturani beradi va sistemalar ishida sifat
o`zgarishiga olib keladi. Bunday o`zgarishlar agar yangi tipdagi elementlar
oldingisiga qaraganda sifatli bo`lsa, qaysidir elementning tipini o`zgartirishga olib
keladi. SHuning uchun ham elementlarning tiplari sistemalar
strukturalarining
xususiyatlariga muvofiq bo`ladi. SHunga ko`ra, sistemalar strukturalarining vazifalari
elementlar tiplarining vazifalari va ularning bir-biri bilan bog‘lanish usullarini
bildiradi.
Hamma strukturalar variantlari to`plamlarining ko`pchiligi – hisoblash
to`plamlari; bir variantdan boshqasiga o`tish yo chiqish parametrlari qiymatini diskret
o`zgartirish yo sistemalar xossalarini sifatli o`zgartirishga o`tkazish bo`lsin, umuman
chiqish parametrlari to`plamini o`zgarishi haqida gapirish.
Agar sistemalar strukturasi aniq bo`lsa, unda uning
chiqish parametrlari faqat
elementlar parametrlari va tashqi sharoit parametrlariga bog‘liq bo`ladi.
Ichki parametrlar – bu elementlarning parametrlari.
Tashqi parametrlar – bu ob`ektga ta`sir qilib, uning ishiga uz ta`sirini
kursatuvchi tashqi muhitlarning parametrlari.
Boshqa so`z bilan aytganda, har bir ierarxik darajadagi chiqish parametrlari
sistemalar xossasini harakterlaydi, ichki parametrlar esa, elementlar xossasini. SHuni
ta`kidlash kerakki, yangi sathga o`tishda qaralayotgan
ichki parametrlar chiqish
parametrlari bo`lib kolishi mumkin va aksincha.
Masalan, rezistorning karshiligi – radio elektron qurilmaning printsipial
sxemasini loyihalashda ichki parametr, lekin bu karshilik shu rezistorning o`zini
ishlashida chiqish parametri bo`ladi.
Tashqi parametrlari, namlik va o`rab turgan
muhit haroratsi,
radiatsiya darajasi, shovkin mikdori vash u kabilar xizmat qilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: