Diagonostik operatsiyalar
– turli kasalliklarni aniqlash yoki
tashxis (diagnoz) qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday operatsi-
ya ko‘pincha oyoq kasalliklarini aniqlashda ko‘p ishlatiladi.
7.
Bir va ikki fursatli katta va kichik operatsiyalar.
Kichik
operatsiyalar qatoriga teshish, sanchish, shuningdek, yuza joylash-
gan abssesslarni yorib ochish va boshqa operatsiyalar, kattasiga esa
anatomik bo‘shliqlar va chuqur joylashgan to‘qimalarda operatsiya
o‘tkazish kiradi. Bir fursatli operatsiyalarda harakat aralashuvi bir
harakat bilan oxiriga etadi, ikki fursatli operatsiya jarayoni ikki va
undan ortiq marotaba qaytariladi, lekin ma’lum vaqtdan keyin u
yana takrorlanishi (masalan: yiringli bursalarda to‘plangan
suyuqlikni teshib chiqarib tashlangandan, keyin 5–7 kun o‘tgach,
patologik bursa kapsulasi olib tashlanishi) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |