IV. Turkiy tillar oilasi
ba’zan oltoy tillari oilasining bir guruhi deb ataladi va
unga mo’g’ul hamda tungus-manchjur tillari guruhlari ham kiritiladi. Bu til
oilasi hind-ovrupo tillari oilasidan keyingi eng katta 100 mln.ga yaqin tillar
oilasi hisoblanadi. Ba’zan bu guruhlarning har biri alohida til oilasi deb hisobla-
nadi. Turkiy tillar oilasi asosiy, sharqiy va g’arbiy til guruhlariga bo’linadi.
Ularning kelib chiqishi eng qadimiy asrlarga borib yetadi. Ba’zi turkiy tillar
- 134 -
hozir yoq: bulg’or, hazari, xorazmiy tillari ana shunday tillardir. Hazar tilining
mahsuli deb hisoblanuvchi chuvash tili (1,7 mln) o’zining turkiy tillarga hos
xususiyatlarini yoqotgani sababli ba’zan bu oilaga kiritilishi ham taxmin qi-
linadi. Shimoliy-sharqiy turkiy tillarga hozirgi tuva (180 ming), tofalar (1 ming,
Rossiyaning Irkutsk oblasti janubiy-g’arbiy tomoni), xaladj (20 ming, Eron,
Tehronning janubiy-sharqiy xududi), xakas (70 ming, Rossiyaning Kransno-
yarsk o’lkasida) sharqiy shor (yoki mras tili-6 ming), sariq-uyg’ur (4 ming,
g’arbiy Xitoyda) tillari kiradi. Etnik jihatdan qarindosh bo’lgan turklarni o’g’iz,
qarliq va qipchoq guruhlariga ajratiladi. O’g’iz va qarliq guruhida turk (45
mln.dan ortiq, Turkiyada, 1,5 mln Germaniyada, 115 ming Kiprda, 940 ming
Bolqon mamlakatlarida, 243 ming arab mamlakatlarida va x.k.), ozori (6 mln
Kafkazda, Azarbayjonda, 7 mlndan ortiqroq sharqiy-g’arbiy Eronda va Iroqda,
ja’mi 15 mln) kiradi. Bu guruhga janubiy o’g’iz-kashkay tili 5 mln, g’arbiy
Erondagi ko’chmanchi qabilalar tili, turkman (taxminan 2,1 mln O’rta Osiyoda,
1 mlndan ko’proq Eronda va Afg’onistonda, mingdan ortiqroq Turkiya va Iro-
qda, ja’mi 4 mln), salar tili (taxminan 30 ming g’arbiy Xitoyda) kiradi.
Qipchoq tillari guruhi karaim (6 ming), qumiq (3,26 ming), qorachay-bolqor
(129 ming), tatar (5,7 mln), boshqirt (1,5 mln) turkiy tillaridan qozoq (6 mln),
qirg’iz (3 mln), qoraqalpoq (311 ming), no’g’oy (55 ming), tillarini o’z ichiga
oladi.
Janubiy-sharqiy turkiy tillari guruhiga O’zbek (16 mln O’zbekistonda, tahminan
2 mln Afg’onistonda va 7 ming Xitoyda va x.k.), uyg’ur (tahminan 6 mln
Xitoyda, 40 ming salar va sariq uyg’ur tillari) kiradi. O’zbek tili so’zlovchilar
soniga ko’ra turkiy tillar ichiga Turkiya turkchasidan keyin ikkinchi o’rinni
egallaydi.
Turkiy tillari morfologik belgilariga ko’ra agglutinativ tillar guruhiga kiradi.
Unda so’z o’zagiga oltitagacha qo’shimchalarni qo’shish mumkin. Fonologik
jihatdan ko’proq turkiy tillari vokalizmi sakkizta unli fonema to’rtburchak
shaklida bo’lib, unlilarning tilning va labning holatiga ko’ra uyg’unlashuvi
- 135 -
(singarmonizm) borligi bilan izohlanadi. Ba’zi turkiy tillari (o’zbek tili) bundan
mustasnodir.Turkiy tillarini ilmiy tadqiq qilishda nom qozongan olimlar: Poli-
vanov (1891-1938),Andrey Nikolaevich Kononov (1906-1986), Nikolay Ale-
ksandrovich Baskakov (1905-1996), Vasiliy Vasilyevich Radlov (1837-1918),
Aleksandr Nikolaevich Samoylovich (1880-1938), Ayub G’ulomov (1914-1986)
, Aleksandr Konstantinovich Borovkov (1904-1962), Vladimir Dmitrievich
Arakin (1904-1983) va boshqalardir.
Mo’g’ul tillari guruhuga (6.1 mln) quyidagi tillar kiradi: Halha mo’g’ul tili
(5mln) shundan 1,3 mln Mo’g’ulistonda, 1 ming Afg’onistonda, oyrat tili (150
ming), kalmiq (200 ming), buryat tili (320 ming). Xitoyda yana bir qancha yo-
zuvsiz tillar bor: dagur, mongor, basan, dunsyan (taxminan 550 ming).
Tungus – Manchjur guruhiga (100 ming) manchjur (4 mln), nanay (6 mln), ulch
(1 ming), orok (400 ming), oroch (480 ming), iudegey (500 ming), negidal (200
ming), evenkiy (19 ming), even (7 ming), koreys (64 mln) tillari kiradi.
Ko’pincha koreys tilini alohida til oilasi va guruhiga kiritiladi.
Chukot-Kamchatka tillari oilasiga uchtadan sakkiztagacha tillar kiradi. Ular qa-
torida chukot (11 ming), alyutor (2 ming), koryak (4 ming), itelmen (300 ming)
tillari kiradi.
Yenisey tillari oilasi birgina ket tilidan (700 ming) iborat.
Sibir va Uzoq sharqdagi alohida tillar oilasiga yukagir (300 ming), nivx (1,3
ming), aiyn (10 ming), yapon (120 mln) tillari kiradi.
Janubiy va janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya tillari
Xitoy-tibet oilasi uch guruhga bo’linadi: 1) xitoy tili; 2)tibet-birma tillari va 3)
karen tili.
Xitoy tili (tahminan bir milliyard) Xitoy, Gonkong, Makao,Singapur (1,3 mln),
Tailand (6 mln), Malayziya (4,5 mln), Indoneziya (5 mln) mamlakatlarida tar-
qalgan. Bu guruhga O’rta Osiyoda gungan tili (50 ming) ham kiradi.
- 136 -
Tibet-birma guruhi (62 mln) tibet (4,5 mln), nevari (60 mingdan ortiq), tripuri
(500 ming), manipuri (1 mln), mizo (350 ming), naga (800 ming), kechin (700
ming), birma (29 mln) tillaridan iborat.
Karen guruhi (3 mln) karen tilidan iborat bo’lib, unda Myanma va Tailand che-
garasidagi aholi so’zlashadi.
Myao-yao (8 mln) oilasi myao (6 mln), yao (1,5 mln) tillarini o’z ichiga oladi va
ularda Tailandning janubida yashaydigan aholi so’zlashadi. Bu oilaga she (350
ming) tili (Xitoyda) ham kiradi.
Tai-chjuan oilasiga (67 mln) chjuan (14 mln), shan (3 mln), tay (27 mln) tillari
kiradi va ularda Laos va Tailand aholisi so’zlashadi.
Dravid tillari oilasi (190 mln)
tamil (55 mlnga yaqin), Malayalam (30 mln), kannada (30 mln), tulu (1,6 mln),
telugu (63 mln) tillari kiradi va ular Hindiston, Shri Lankada tarqalgan. Bu oil-
aga gondi (2,8 mln), kurukx (1,5 mln), braui (800 mln) tillari ham kiradi.
Avstraosiyo tillari oilasi
Bu oila bir necha guruhlarga bo’linadi: Munda (tahminan 9 mln) guruhidagi eng
ko’p tarqalgan santali (5 mln) tili Hindistonning Bihar va G’arbiy Bengaliya
shtatlarida qo’llanadi.
Mon-kxmer guruhi (10 mln) khasi (650 ming), mon (700 ming), nikeobar (20
ming)kxmer (8 mln, Kombodjada) tillarini o’z ichiga oladi. Bu guruhga kirgan
kichik tillar Hindi-Xitoy mamlakatlarining tog’lik va o’rmonlik xududlarida tar-
qalgan.
Malak guruhi (40 ming) tillarida Malayadagi ovchilar va hunarmandlar
so’zlashadi.
Viet-miong guruhiga (53 mln) Vietnam (53 mln), miong (700 ming) va
tog’lardagi aholi so’zlashuvchi ko’pgina shevalar kiradi.
Avstraneziya tillari oilasi
Hind va Tinch okeanlari sohilidagi aholining yarmi bu oila tillariga kiradi. Bu
oila to’rt guruhga bo’linadi:
- 137 -
Indonez guruhi (220 mlndan ortiqroq) Yava, Malaya, Indoneziya va Madura,
Bali, Lombon orollari, Fillipindagi ba’zi aholisi o’rtasida tarqalgan. Bu tillar
guruhiga kiruvchi tillar: ache (2,3 mln), bataq (3,5 mln), minangkabau (6 mln),
sundan (20 mln), yavan (75 mln), madur (9 mln), baliy (2,8 mln), bugiy (4 mln),
dayak (2,6 mln), visaya (20 mln), va loko (5,5 mln, Fillipinda) tillarini o’z ichiga
oladi. Bu guruhga Indoneziya va Malaziyada ko’p tarqalgan 18 mln aholi
so’zlashivchi malaya tili kiradi. Indoneziyada malaya tilini indonez tili deb ata-
ladi. Shuningdek Fillipinda tagal yoki tagalog tili (tahminan 11 mln) rasmiy rav-
ishda Fillipino tili deb ataladi.
Bu guruhga malgash (10 mln, Madagaskarda), cham (550 ming, Vietnam janu-
bida) tillari ham kiradi.
Mikroneziy guruhi (180 ming) tillarida Marshal va Karolin orollari hamda
Mariyan va Gilbert orollarining sharqiy qismida joylashgan aholi so’zlashadi.
Polineziy guruhi (900 ming) tillariga maori (250 ming, Yangi Zelandiyaning
shimolidagi aholi tili), samoan (200 ming, Samoa orollarida), tongan (100 ming,
Tonga orollarida), taityan (70 ming, Taiti orolida), gavay (20 ming, gavay orol-
larida) tillari kiradi.
Melanaziy guruhi (3 mln) tillari Yangi Gvineya, Solomon orollari, Yangi Gibrid
va Fidji orollari va Yangi Kaledoniyada tarqalgan. Bu guruhga Yangi Gvine-
yadagi yuzlab tillar kiradi, biroq bu tillar yahshi ilmiy, o’rganilmagan. Avstrali-
yadagi aborigenlar tillari (100 ming) ham chuqur ilmiy tadqiq etilmagan.
Andaman orollarida 5 kishi so’zlashuvchi andaman tili 1961 yilda kashf etilgan,
biroq bu tilning qaysi til oilasi yoki guruhiga kirishi hali aniq emas.
Afrika tillari
Afrika tillari hali yahshi o’rganilmagan. Afrika tillari Mande (14 mln), kva (67
mln), Atlantik oilasi (26 mln), gur (15 mln), benue-kongo (170 mln), adamave-
ubangi (7 mln), shri-nil (27 mln), sahara (5 mln) oilalariga bo’linadi. Bu oila-
- 138 -
larning har biri yana o’nlab guruhlarga bo’linadi va ular yuzlab tillarni o’z
ichiga oladi.
Amerika tillari
Amerika tillarida 27 mln aholi so’zlashadi, ulardan 900 mingi Sharqiy Ameri-
kada, qolgan qismi Lotin Amerikasidadir. Amerika tillari quyidagi oilalarga
bo’linadi va o’z navbatida ular ko’p til oilalariga ajratiladi: eskimos-aleut (70
ming), atapask (180 ming), algonkin (120 ming), irokez (40 ming), maskodji (20
ming), sin (30 ming), yuto-atstek (1,1 mln), mayasoke (3 mlndan ortiq), oto-
mang (1,1 mln). Bu tillarni ko’pchiligida Amerikadagi hinduslar so’zlashadi.
Ulardan kechua tili (13 mln, shundan 7 mln Peruda, 4 mln Ekvadorda, 2 mln -
Boliviyada), guarani tili (2,3 mln, Amazonka daryosi sohilida) ko’proq aholi
so’zlashadi, qolgan ko’pchiligi juda kam aholi so’zlashuvchi tillar hisoblanadi.
Masalan, shoni, shahaptin, tlingit, krou, xidatsa tillarida bir mingtagacha odam
so’zlashadi. Chinuk tilida Vashington va Oregon shtatlarida bor-yo’g’i 300 kishi
so’zlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |