5
Yunonistoning iqlimi yumshoq, subtropik quruq iqlimdir. Dengiz yaqin bo‘lganligi
uchun
yozda u yerda unchalik issiq bo‘lmaydi. Qishi mayin iliq, seryomg‘ir bo‘lib, ikki-uch oy davom
etadi. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Yunonistoning tabiiy sharoiti garchi insoning
ho‘jalik faoliyati uchun to‘la muvofiq bo‘lmasada, lekin har holda biror hildagi qishloq ho‘jalik
ishlari va boshqa kasib-kor bilan shug‘ullanish uchun ma‘lum darajada imkoniyat beradi. Qalin
o‗rmonlar ko‗p b‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‗lgan. Faqat ozgina yer unumdor bolgan.
Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‗doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni
siqib chiqargan. Bog‘dorchilik va uzumchilik birinchi darajada zarur bo‘lgan maxsulotlari-o‘simlik
moyi va vino berardi. Vinoga suv qo‘shilib ichilardi va bu yunonlarning asosiy ichimligi sanalgan.
Yunoniston qazilma rudalarga boy edi. Asl Yunonistonning shimol tomonida-Frakiyada boy
oltin konlari bo‘lgan. Attikada va O‘rta Yunonistonda mashhur kumush-qo‘rg‘oshin konlari mavjud
edi. . Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu
konlardan olingan daromad
mil.avv. V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar -davlat- ga
aylanishi hamda boshqa yunon shahar-davlatlariga boshchilik qilishiga shart-sharoit yaratgan.
Afinada tog‗-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi.
Mis Evbeya orolidan va Xalkidika yarmi orolidan qazib olinardi. Temir Lakoniya va
Peloponnes hududidan qazib olingan. Yunoniston binokorlik xomashyosi - tosh va marmarga
boydir. Xususan Paros orolidan yaxshi marmar qazib olinardi. Paros marmari o‘zining nihoyatda
oppoqligi bilan shuhrat qozongan edi. Attikada ham oq marmar qazib chiqarilardi. Lekin bu marmar
sifati Paros marmaridan past edi. Marmar dengizida va Egey dengizining orollarida turli rangdagi-
kul rang, qora zangori pushti va hakozo chiziqlari bo‘lgan marmar qazib chiqarilardi. Marmar
qadim zamondan yunon imoratlariga ishlatilardi. U qimmat emas edi. Shuning uchun uni haykallar
va bezaklar
yasash uchungina ishlatmasdan, binolar qurish uchun ham ishlatilardi. Yunon ibodat
xonalari va boshqa jamoat binolari ohaktosh va marmardan qurishar yoki mazkur binolarning
devorlari shular bilan qoplanardi.
Yunoniston geografik jihatdan uch qismga bo‗linadi: 1. Fessaliya va Epir, shimolda
Moli va Pagasey ko‗rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Salonika bilan cheklangan markaziy qism.
3. Peloponnes yarim orolidan iborat janub.
Shimoliy Yunonistonda ikki hudud: g‘arbda yirik tog‘dan iborat Epir hududi va uning
sharqida katta hosildor vodiyga ega Fessaliya hududi bor edi. O‘rta Yunoniston Shimoliy
Yunonistondan baland tizma tog‘ bilan ajralgan bo‘lib, bu tog‘dan
Egey dengizining sohil
nishabidagi Fermopil darasi orqali o‘tulgan.
O‘rta Yunoniston: Akarnaniya, Etoliya, Fokida, Dorida, Opunt Lokridasi, Ozol Lokridasi,
Beotiya, Attika va Evbeya oroli hududlariga bo‘lingan edi. Peloponnes O‘rta Yunoniston bilan
torgina Istm bo‘yni orqali bog‘lanardi. Janubiy Yunoniston oblastlari: Axaya, Arkadiya hududlari –
esa qishloq xo‘jalik rayonlari bo‘lib qolgan.
Bolqon yarim orolining janubidagi va unga tutashadigan oroldagi qadimgi aholisi haqida
hali hozirgacha yetarli aniq ma‘lumotlar yo‘q. Bu davrda Bolqon yarim orolida va unga yaqin
orollarda
kariylar, leleg va pelasglar yashaganlar. Gomer dostonlarida va Yunon tarixchilarning
asarlaridan saqlanib qolgan rivoyatlarga ko‘ra, eng qadimgi aholi orasida eng salmoqli qabilalar
pelasglar bo‘lgan. Lekin kelib chiqishi jihatidan ularning kimligi ravshan emas. Kritliklarni eng
qadimgi orol qabilalaridan deb hisoblash mumkin, ammo ularning ham qaysi etnik guruhga
mansubligi hozircha noma‘lum. Ularni egeyliklar deb nomlashadi.
Yunoniston qabilalari miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri II ming yillikni boshida
Dunay ortidan Bolqon oroliga ko‘chishadi. Bu axey qabilasi edi. Ular bu yerda joylashib, mahalliy
aholini bo‘ysundirib, o‘ziga qamrab oladi. M.a. XII asrda yunon doriy qabilalarining Bolqon yarim
orolining janubiga ko‘chishi boshlangan. Bu qabilalar ilk axey davlatlarini
tor-mor qilganlar va
natijada qabilalarning yangidan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi boshlangan. Ular urug‘-
qabilaviy tuzum darajasida edi.
M.a. I ming yillikka kelib, qadimgi yunon qabilalari quyidagicha tarkib topib, joylashgan.
Yunonistonning shimolida – Fessaliyada, O‘rta Yunonistondagi Beotiyada, Etolidada eoliyaliklar
6
istiqomat qilganlar, huddi shu qabilalar Egey dengizining shimoliy qismidagi orollarni, shu
jumladan Lesbos orolini hamda Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy sohilini ishg‘ol qilganlar. O‘rta
Yunonistonning sharqiy qismidagi Attikani, Evbeya orolini, Egey dengizining markaziy
qismidagi
orollarni va Kichik Osiyodagi Ioniya viloyatini ioniylar ishg‘ol qilganlar.
Axeylar Peloponnesning shimolida va markazida - Axayyada va tog‘li Arkadiyada, Kichik
Osiyoning ba‘zi hududlarida saqlanib qolganlar. Peloponnesning qolgan qismida - Lakoniya,
Messeniya, Argolida, Korinf oblasti va Elidada doriylar yashaganlar. Yana doriylar Egey dengizni
janubiy orollarda - Rodos, Krit, Kichik Osiyo sohilining janubiy qismida joylashib olganlar.
Yunonistonda uzoq vaqtgacha umumiy bir til bo‘lmagan. Qabilalar eoliy, doriy, ioniy
shevalarda so‘zlashgan bo‘lib, hamma shevalar adabiy til darajasiga yetgan emas. Umumiy yunon
tili - koyne ellinizm davrida, miloddan avvalgi III asrda tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: