O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
 
 
7-mavzu: Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda qadimgi Yunoniston madaniyati 
Reja: 
 


39 
1.
 
Qadimgi yunon madaniyati. 2. Falsafa. 3. Din. 4. Ta- rix matnlari. 5. Adabiyot va teatr. 
6. Notiqlik san‟ati. 
1.
 
Me‟morchilik. 8. Haykaltaroshlik. 9. Tibbiyot va aniq fanlar. 
1.
 
Qadimgi yunon madaniyati. 
Yunonistonning ko‗pchilik polislarida o‗rnatilgan 
demokratik tuzum fuqarolarning so‗z erkinligini ta‘minladi, shaxs huquqini kafolatladi va 
ijtimoiy-si- yosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi. Xalq yig‗ini- da ichki va 
tashqi siyosatning barcha masalalarini muhokama qilish fuqarolarning o‗zligini anglashini 
rivojlantirdi. Davlatda yuz berayotgan barcha hodisalar fuqaroda mas‘uliyat hissini 
shakllantirdi. Har qanday fuqaro o‗zining butun hayoti davomida bir necha marta davlat va 
jamoat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Polisning siyosati uning barcha fuqarolarining ishi 
edi. Rivojlangan polislarda aholining asosiy qismi savod- li edi. Davlat bayramlari va 
musobaqalari katta ta‘lim va tar- biyaviy ahamiyatga ega edi. Yunon teatri tomoshalari fuqaro-
da axloqiy va siyosiy sifatlarni tarbiyalash vositasi hisoblanar edi. Shu sababli, davlat barcha 
fuqarolarni teatr tomoshalari- ni ko‗rishiga shart-sharoit yaratib, g‗amxo‗rlik qildi. Demokra-
tik polislarda notiqlik san‘ati rivojlandi: xalq yig‗inlarida nutq so‗zlaganda notiq minglab 
kishilarni o‗ziga qaratib, o‗z nutqi- ni eshitishga majbur qilishi lozim edi. Sudda esa fuqaro 
o‗zi- ning fikrini san‘atkorona va mantiqiy asoslash bilan sudyalarni ishontirishi lozim edi. Bu 
esa nutq san‘atini egallashni talab qil- di. Natijada maxsus fan - ritorika (notiqlik san‘ati) 
paydo bo‗ldi. Fikrlash, mushohada qilish qonunlari to‗g‗risidagi fan - mantiq rivojlana 
boshladi. 
Yunonistonda dinning qadimgi Sharq jamiyatlaridagi kabi nufuzli mavqega ega 
bo‗lmaganligi ham yunon madaniyatining rivojlanishida turtki bo‗ldi. Yunonlar uchun xudolar 
qudratli mavjudot bo‗lsalar-da, lekin ular insonga yaqin va tushunarli edi. Har qanday yunon 
kohinlarning yordamisiz o‗z xudosiga qurbonlik keltirishi mumkin edi. Qadimgi Sharqda 
kohinlar toifasi katta mol-mulkka ega bo‗lgan yopiq imtiyozli qatlam edi. 
Jamiyatning ma‘naviy, madaniy va ta‘lim tizimi kohinlar toifasi izmida edi. Yunonlarda esa 
kohinlar yopiq qatlam sifatida shakl- lanmadi. Kohinlik lavozimi saylanadigan va almashtiril 
adigan edi. Kohinlar alohida toifa sifatida polis hayotiga ta‘sir o‗tkaz- madilar. Yunon 
ibodatxonalari kichik hajmda chiroyli qilib qurilgan edi. Ular qadimgi Sharq ibodatxonalari 
kabi ulugVor va hashamatligi bilan odamlarni qo‗rqitib, vahimaga solmas edi. 
Qadimgi yunon madaniyati fuqaro erkinligi va iqtisodiy faoli- yat erkinligi sharoitlarida 
rivojlandi. Ko‗chadigan va ko‗chmas mulkka xususiy mulkchilik, davlatning xojalik hayotiga 
ara- lashmasligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi - bular- ning barchasi alohida 
odamning tashabbusini rivojlanishiga, insonning o‗zida kuch va ishonchini qaror topishiga 
hamda tanqidiy fikrlashni paydo bo‗lishiga yordam berdi. Chunki tan- qidiy mushohadasiz 
ilmiy yuksalish bo‗lishi mumkin emas edi. 
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyoti ikki katta asosiy bosqichni o‗z ichiga oladi:
1.
Ilk yunon madaniyati (mil.avv. VIII-VI asrlar). 
2.
Klassik yunon madaniyati (mil.avv. V-IV asrlar). 
Ilk yunon madaniyati keskin siyosiy kurash, polis davlatla- rining shakllanishi hamda 
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yolga q yilishi sharoitida 
rivojlandi. Bu davr madaniyati Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari ta‘siri ostida rivojlandi. 
Qadimda yunonlar Sharq madaniyati bilan o‗zlarining Kichik Osiyodagi manzilgohlari orqali 
tanishdilar. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga yaqin joylashgan geografik hududlarda Milet, Les -
bos, Samos kabi ilk yunon madaniy o‗choqlari vujudga keldi. 
Mil.avv. VII asrda yashab ijod qilgan Gesiodning didaktik asarlarida o‗zi yashagan 
davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi («Mehnat va kunlar» poemasi).
Badiiy adabiyot, eng avvalo, poeziya janrida rivojlandi. Poezi- ya siyosat bilan bog‗liq edi. 
Mashhur shoirlar Feognid, Solon, qisman Arxiloy siyosat bilan faol shug‗ullangan edilar.
Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. Shu davrdagi Ezop 


40 
masallari adabiyotda demokratik yo‗nalish- ni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi. Ilk 
yunon ma- terialistik falsafasi fanining rivojida qadimgi Sharq jamiyatlari yutuqlaridan keng 
foydalanildi. 
Klassik yunon madaniyatining rivojlanishi uchun mil.avv. VI asrda qulay ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy shart-sharoit vujudga 
keldi. Yunon polislaridagi demokratik tartib-qoidalar, pul-tovar munosabatlatining 
rivojlansihi, yunon kolonizatsiyasi qadimgi yunon madaniyatining gullab-yashnashi va klassik 
sifatga ega bo‗lishiga olib keldi. 
Klassik yunon madaniyati taraqqiyotida uch avlod muhim o‗rin tutadi: 
Birinchi avlod mil.avv. VI asr oxirida kirib keldi va Afina madaniyatining gullab-yashnashi 
uchun poydevor qo‗ydi. Esxil va Frinix Attika komediyasiga asos soldi. Haykaltaroshlar Kritiy 
va Nesiot mil.avv. 476-yil Afina agorasini tiranlarga qarshi ku- rashchilar - Garmoniy va 
Aristogiton haykallari bilan bezadilar. Olimpdagi Zevs ibodatxonasini haykallar bilan 
jihozladilar. 
Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. Sofokl tragediyalari, Gerodot 
«Tarix»i, Parfenon va Propileyning yetuk klassik shakllari shu davrda yaratildi.
Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga mansub edi. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa 
madaniy dunyolar bilan ta- nishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy qarashlari ma‘lum 
darajada o‗zgardi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish