Toshkent arxitektura qurilish instituti d. Sh. Inoyatova qurilishda menejment



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana18.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#452789
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
Inoyatova D.-Qurilishda menejment -2018

Qurilishda ish bajarish loyihasi
(QIBL) asosan pudratchi tashkilotlarga 
zarur bo‘ladigan hujjat hisoblanib, u asosiy loyiha tasdiqlangandan so‘ng bosh 
pudratchi tomonidan yoki uning topshirig‘iga ko‘ra alohida shartnoma asosida 
texnologik loyihalash muassasalari tomonidan-ishlab chiqariladi. Bu loyihani 
tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha sarf-xarajatlar bosh pudratchi tomonidan 
«Ustama sarflar» hisobiga to‘lanadi. 
Qurilishda ish bajarish loyihasini 3 ta asosiy texnologik hujjatlar tashkil 
qiladi: qurilishning taqvimiy rejasi, qurilish bosh tarxi va texnologik kartalar. Bu 
hujjatlarning turlari, soni va hajmi quriladigan shaxbaning turiga, katta-


39 
kichikligiga va murakkabligiga qarab o‘zgarishi mumkin. Har qanday QIBL 
tarkibida quyidagilar bo‘lishi zarur: 
• shaxba qurilishining taqvimiy rejasi; 
• qurilishni bosh tarxi; 
• qurilishga materiallar tuzilmalar va jihozlarni tashib keltirish jadvallari; 
• ishchi kadrlarga ehtiyoj, ularning o‘zgarish va harakatlanish jadvali; 
• qurilish mashina va mexanizmlariga ehtiyoj hamda ularning harakatlanish 
jadvali; 
• alohida olingan qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha texnologik 
xaritalar; 
• geodezik ishlarni bajarish bo‘yicha qabul qilingan yechim va 
ko‘rsatmalar; 
• qurilishni uzluksiz usulda olib borish bo‘yicha tadbirlar; 
• qurilish maydonchasida vaqtinchalik suv, elektr, issiqlik va oqava suvlarni 
yig‘ib olish tizimlarini barpo qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror va yechimlar; 
• texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati; 
• qabul qilingan yechim va qarorlarni, ish bajarish usullarini asoslab 
beruvchi hamda loyihaning texnik -iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblarini o‘zida aks 
ettiruvchi hisob- tushintirish xati. 
Qurilishda ish bajarish loyihasini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar va 
hujjatlar zarur bo‘ladi: 
• qurilishning tasdiqlangan loyihasi, shu jumladan qurilishni tashkil qilish 
loyihasi, ishchi loyiha va smetalar; 
• texnologik, energetik va boshqa xildagi zarur jihozlar va ularni qurilishga 
tashib keltirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
• qurilishda zaruriy materiallar, tuzilmalar, qismlar va yarimtayyor 
mahsulotlar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
• qurilish-montaj tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlari va 
imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 


40 
• qurilish ishlab chiqarishda ish bajarish, mehnatni tashkil qilish, ishlarni 
qabul qilish, xavfsizlik texnika talab – qoidalari va atrof-muhitni muhofaza qilish 
bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlar va adabiyotlar. 
Qurilishda ish bajarish loyihasi mazmuni bo‘yicha qurilish - montaj ishlarini 
ularning texnologik ketma-ketligini hisobga olgan holda qachon, kimlar tomonidan 
va qanday bajarilishini o‘zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi. Shuning uchun u 
qurilishda ishchilar mehnatini to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza qilish, har bir 
qurilish – montaj ishlarini o‘z vaqtida sifatli qilib bajarishda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish