Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 29.12.2021 y. kuchga kiritilgan.
(29.12.2021 yil №1066/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Status Silver NEW», «Status Gold NEW», «Status Platinum NEW» tarif rejalariga yangi ulanish va o'tish yopilgan.
«Status NEW» turkumidagi tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali abonent ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish
imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim
etish vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulash uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal
qiymatiga teng miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lovining yechilish sanasi 1 oy interval oralig'ida (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00 dan
06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan
foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi
va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent
hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning
amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
Taqdim etilgan bonuslarning sarflanishi faqat raqamning aktiv holatida bo’lganda, foydalanish mumkin.
Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*101#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch
hosil qiling.
Tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, oy davomida sarflanmagan barcha yo’nalish uchun Mb paketining qoldig’i kuymaydi va keyingi oyga o’tadi. Shunda oldingi oydan o’tgan va yangi oyda taqdim
etilgan trafikning maksimal umumiy hajmi: «Status Platinum NEW» uchun – 200 000 MB, «Status Gold NEW» uchun - 60 000 MB, «Status Silver NEW» uchun - 40 000 MB gacha yetishi mumkin. Agar abonent to'lovining
navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag' yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo'lmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi.
Ushbu rejalardagi abonentlar uchun alohida ajratilgan
0777
raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi;
Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlaridan kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi;
Agar «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqasiga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi
to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda tarifga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, va shu tarifdan 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o’tish imkoni
mavjud.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
«Status Silver NEW» tarifiga «Status Gold NEW», «Status Gold», «Status Gold+», «Status Platinum NEW», «Status Platinum», «Status Platinum+» tarif rejalaridan o'tish narxi - 10 000 so'm, boshqa tariflardan o'tish - bepul.
«Status Gold NEW» tarifiga «Status Platinum NEW», «Status Platinum», «Status Platinum+» tariflaridan o'tish narxi - 10 000 so'm, boshqa tariflardan o'tish - bepul.
«Status Platinum NEW» tarifiga o'tish narxi - bepul.
Boshqa tariflardan «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga o'tishda abonentga qo'shimcha 100 MB taqdim etiladi.
Tarif rejaga o'tilganda, avvalgi tarifdagi kiritilgan barcha yo’nalish uchun Mb paketining foydalanilmagan qoldig'i kuymaydi va yangi taqdim etilgan paket bilan faqat bir marta jamlanadi. Shuningdek amal qilish muddati oxirgi
trafik muddatiga tenglashtiriladi. Qolgan boshqa trafik qoldig'i esa o’tmaydi va kuyadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l
sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037,
87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD,
Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: