www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
— Hali erta, erta! Bu dunyoni ishidan mozorga kirib qutulmasam, qutulmayman!
Men eshagimga tushlik solinmish xurjunimni tashladim. Ayolimizga tayinladim:
— Dalaga ertaroq bor, — dedim.
12
Texnika oy bilan bo‘ylashsa-da, ketmonsiz dala — dala bo‘lmaydi.
Men traktor ketiga to‘rt qator tish uladim. Har qator orasida ikkitadan pichoq qo‘ydim. Har qator
orasida bittadan o‘qsimoya panja qo‘ydim.
G‘o‘zalarim ostini haydadim. G‘o‘zatomir qirqilmasin yo lat yemasin deya, olti-etti santim
chuqurlik-da haydadim.
Tish g‘o‘za bo‘g‘ziga tegmay-tegmay yurdi.
Tish egat tuprog‘ini g‘o‘za bo‘g‘ziga uyub-uyub yurdi.
Oqibat — g‘o‘za bo‘g‘iz ko‘milib qoldi. G‘o‘za bo‘g‘iz qotib qoldi. G‘o‘za bo‘g‘iz nafas ololmay
qoldi.
Bu bois, dalalarimga ketmon soldim.
Botirib ketmon solayin, dedim — g‘o‘zatomir qirqilajak bo‘ldi.
Sayoz ketmon solayin, dedim — g‘o‘zatomir ostda qolajak bo‘ldi.
Men ketmonimga erk bermayin-erk bermayin ketmon soldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |