21-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim
Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga
olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat
attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni
tayyorlash
Oldingi
tahrirga qarang.
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |