O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univ еrsitеti jismoniy madaniyat fakult


Jismoniy va ma’naviy rivojlangan avlodni shakillantirish



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/320
Sana18.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#451902
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   320
Bog'liq
valeologiya asoslari

Jismoniy va ma’naviy rivojlangan avlodni shakillantirish 
yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish va ularning 
samaradorligini oshirish uchun a
holining reproduktiv salomatligini yahshilash 
bo’yicha 2009-2013 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturining 3-bo’lim 20-bandi 
ijrosini ta’minlashning bosh shiori "Sog’lom ona – sog’lom bola" maqsadini 
yuzaga chiqarish, deb belgilangan. Darhaqiqat, sog’lom onadan sog’lom farzand 
dunyoga keladi. Ushbu shior ostida o’tgan yillarda qator vazifalar bajarildi, 
bugungi kunda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Biz sentabr oyida shahar 
Oila marosimlari markazi bilan hamkorlikda "Jar" sport-sog’lomlashtirish 
markazida o’tkazilgan yosh oila quruvchilar dorulfununining 9-o’quv seminarida 
mazkur sohadagi islohotlarni yoshlarga singdirishga harakat qildik. Bundan 
tashqari, "Navroz" nikoh uyida FHDYO, tuman hotin-qizlar qo’mitalari, sog’liqni 
saqlash, halq ta’limi bo’limi hodimlari, shahar va tuman imom-hatiblari, otinoyilar 
ishtirokida mashg’ulotlar, suhbatlar o’tkazdik. Bunday tadbirlarning hozir 
mahallalarda ham olib borilayotgani e’tiborga loyiq. CHunki aholi ongida tibbiy 
madaniyatni shakllantirish, oilada sog’lom muhitni qaror toptirishda mahallaning 
ahamiyati katta. Oila salomatligini asrash, jismoniy va ma’naviy barkamol 
yoshlarni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalalari birinchi 
galda mahallada ijobiy samara berishi, shubhasiz.Oilada tibbiy madaniyatni 
oshirish, avvalo, har bir oila boshliqlari zimmasidagi mas’uliyatdir. Buning uchun 
nimalarga e’tibor qaratmoq lozim?O’tkazilgan chora-tadbirlar natijasida joriy 
yilning 8 oyi davomida Toshkent shahrida 490 ming nafarga yaqin tug’ish 
yoshidagi ayol tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Shundan ekstragenital kasalliklar 
aniqlanganlar soni 284734 nafarni tashkil qilgan bo’lsa, ayni kunda ulardan 267 
ming nafari sog’lomlashtirilmoqda.Bugungi kunda shahrimiz aholisining 1 mln. 
104 ming 922 nafarini ayollar tashkil qiladi.Ulardan 500 ming nafarga yaqini fertil 
yoshida. Bugungi kunda tug’ish yoshidagi ayollardan 85 ming nafarida 
kontratseptsiya vositalariga ehtiyoj borligi aniqlangan. Budjet, homiylar va horijiy 
grantlar hisobidan ayollarimizga ushbu vositalarni etkazib berish choralari 
ko’rilmoqda. Bundan tashqari, monitoring jarayonida ayollarimizga 
homiladorlikdan asrovchi vositalar qo’yilgan-qo’yilmagani haqidagi ahborotlar 
ham nazoratga olingan. Har oyning yigirmanchi sanasida tumanlardan jamlangan 
ushbu ahborotlar yig’ilib, monitoring qilinib, mahsus jamoatchilik komissiyasiga 
topshiriladi. Kim bir yilda ikki marta tug’ayapti, kim beshinchi farzandini dunyoga 


295 
keltirdi – bularning barchasi hisobga olinmoqda.Ommaviy ahborot vositalari bilan 
birgalikda Toshkent shahar hotin-qizlar qo’mitasi va barcha quyi tashkilotlar 
ishtirokida shu kungacha 45 mingga yaqin tadbir o’tkazildi. SHundan 30866 tasi 
suhbat, 8601 ta ma’ruza, 5107 ta savol-javob kechalari, 74 ta teleko’rsatuv, 73 ta 
radioeshittirish orqali aholiga sog’lom turmush tarzi targ’ibot-tashviqot qilindi. 
O’ylaymizki, bu tadbirlar kelajak avlodning jismonan sog’lom, tibbiy madaniyati 
yuksak bo’lib ulg’ayishiga zamin yaratadi. (bundan rahit, temir tanqisligi 
kamqonligi kelib chiqadi). Bundan tashqari, oshqozon-ichak tizimining shilliq 
pardasining o’tkazuvchanligi qon oqimiga ovqat allergenlarining oson o’tishiga 
sabab bo’ladi va allergiyalar (allergodermatozlar) rivojlanadi. 2-3 oylik bola passiv 
immunitetdan mahrum bo’ladi, oksil tanachalar hosil bo’lishining shakllanishi esa 
sekin o’tadi, shuning uchun chaqaloq yoshidagi bolalarning kasallanishi ancha 
yuqori bo’ladi. Nafas olish a’zolarining anatomik-fiziologik hususiyatlari 
ko’pincha o’tkir respirator virus yuqishining asoratlariga sabab bo’ladi (otitlar, 
bronhiolitlar va pnevmoniyalar), ularning o’tishi ancha og’ir bo’lishi mumkin. 
SHuning uchun bolalarni uyda individual tarbiyalash hamda chiniqtirishning 
vositalari va uslublaridan foydalanish lozim bo’ladi: uqalash, gimnastika, har kuni 
cho’milish, suzishga o’rgatish, shuningdek o’z vaqtida profilaktik vaktsinatsiya 
o’tkazilishi lozim. Bir 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish