O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univ еrsitеti jismoniy madaniyat fakult


Ona va bola sog’ligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirish



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/320
Sana18.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#451902
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   320
Bog'liq
valeologiya asoslari

Ona va bola sog’ligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirish 
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, soglom bola tugilishi, 
jismoniy va ma’naviy rivojlangan avlodni shaklantirish yuzasidan amalga 
oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish va ularni samaradorligini oshirish buyicha 
Viloyat soglikni saklash boshkarmasi tomonidan malakali mutahassislardan iborat 
ishchi guruhlar tashkil kilingan bulib, bu ishchi guruhlar tibbiy hizmat sifatini 
yahshilash borasida har bir shahar va tumanlarning birlamchi tibbiyot 
muassasalarida faoliyat kursatayotgan umumamaliyot shifokorlari, akusher-
ginekologlari, doyalariga yakindan amaliy yordam kursatmokdalar. Aholi urtasida 
reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, soglom bola tugilishi, jismoniy va 
barkamol avlodni shakllantirish, oilada erkaklarni ma’suliyatini oshirish, oila 
mukaddasligi kabi kadriyatlarni tushuntirish va targib etish maksadida viloyat 
hokimligi va viloyat soglikni saklash boshkarmasi bilan hamkorlikda Mahsus 
jamoatchilik kengashi tuzilgan. Kengashning asosiy maksadi keng jamoatchilik 
urtasida tushuntirish va targib etish ishlarini tizimli yulga kuyishni ta’minlash, bu 
borada davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirishga 
erishishdan iboratdir. Aholi urtasida tushuntirish va targibot ishlarini olib borishda 
«Behatar onalik», «Soglom turmush tarzi»,
Farg’ona viloyatida 808927 nafar tug’ish yoshidagi ayollar bo’lib, ularning 60,8%i 
(482576 nafar) 2008 yilda kontratseptiv vositalar bilan qamrab olingan bo’lsa, 
2009 yilda bu ko’rsatkich 60,7%i (491092 nafar) tashkil qilgan. Jumladan 438100 
nafari (54,2%) BIV, 7964 nafari (1,0%) OK, 19310 nafari (2,4%) IK, 19184 nafari 
(2,4%) IJK, 6534 nafari (0,8%) prezervativ qamrab olingan.


269 
Viloyatdagi 808937 nafar tug’ish yoshidagi ayollarning 2008 yilda 63,7 %da, 2009 
yilda esa 62,4 %da turli hil ekstragenital kasalliklar aniqlangan. Ekstragenital 
kasalliklar aniqlangan ayollarning 482222 (96,4 %) nafarida tug’ishga nisbiy, 
13551 (2,7%) nafarida tug’ishga mutloq moneligi borligi topildi. Kasalligi bor 
tug’ish yoshidagi ayollarning 453400 (90,6 %) nafari, jumladan 426799 (94,1 %) 
nafari ambulatoriya va 26480 (5,8 %) nafari statsionar sharoitida 
sog’lomlashtirildi.
Homiladorlarni birinchi 3 oylikgacha hisobga olish salmog’i 2008 yilda 90%ni, 
2009 yilda esa 90,1%ni tashkil qilgan. Respublika sog’liqni saqlash vazirligining 
2005 yildagi 425-sonli buyrug’ini amaliyotga tadbiq etish natijasida homiladorlikni 
erta hisobga olish foizi ortib bormoqda. Bu maqsadda 2009 yilda Respublika 
mutahassislari yordamida har bir shahar va tumandan 41 nafar trenerlar 
tayyorlanib, joylarda 1500 nafar birlamchi tibbiyot muassasalaridagi hodimlari 
o’qitildi.
Viloyatda to’rtinchi va undan yuqori tug’ruqlar soni 2008 yilda 6,3%ni (4278 ta), 
2009 yilda esa 5,3%ni (3279 ta) tashkil qilgan. Respublika va viloyat 
mutahassislari tomonidan aholi o’rtasida 30 va undan yuqori yoshda farzand 
ko’rishning salbiy okibatlari tugrisida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 
bu ko’rsatkich kamayishiga erishilgan. To’rtinchi va undan yuqori tug’ruqlar 
aksariyat oilalarda farzandlar jinsi bilan bog’liq holatda sodir bo’lgan.
Viloyatda 15-16 yoshli qizlar o’rtasida 2008 yilda 22 ta, 2009 yilda esa 18 ta 
tug’ruqlar qayd qilingan. Tug’ruqlar asosan Marg’ilon (7 ta), Qo’qon (5ta), 
Farg’ona (3 ta) shaharlari va Oltiariq (1 ta), Toshloq (1 ta) tumanlari hamda 
boshqa viloyatdan kelib (1 ta) tukkan kizlar hisobiga bo’lgan. Viloyat, shahar va 
tuman hokimliklari bilan hamkorlikda aholi o’rtasida, kollej va umumta’lim 
maktablarida olib borilgan uchrashuvlar va tushuntirish ishlari natijasida qizlar 
o’rtasida tug’ruqlarni qayd qilish 25,0 %ga kamayishga erishildi.
Viloyatda 35 yoshdan keyin farzand ko’rgan ayollar soni 1415 tadan 1275 taga (-
140 ta) kamaygan. Buning asosiy sababi aholii o’rtasida olib borilayotgan 
tushuntirish ishlarining samaradorligi oshib borayotganligi, aholining kontratseptiv 
vositalarga bo’lgan talabini tulik kondirilayotganligidir. 2009 yilda viloyat 
hokimligi tomonidan budjet mablaglari hisobiga 95 mln. so’mlik kontratseptiv 
vositalari sotib olindi.
Viloyat bo’yicha 1 yilda ikki marotaba farzand ko’rgan ayollar soni 2008 yilda 712 
nafarni tashkil qilgan bo’lsa 2009 yilda ularning soni 495 nafarni tashkil qildi yoki 
-217 nafarga (-30,0 %) kamaydi. Buning sababi homilador va yangi tuqqan ayollar 
o’rtasida «YOsh onalar maktabining», «Ko’krak suti bilan boqishni afzalliklari» 
dasto’rining faol ishlaganligi natijasidir.


270 
Viloyatda 2 yil oraliqda farzand ko’rayotgan ayollar soni 2008 yilda 3812 tani 
tashkil qilgan bo’lsa 2009 yilda 3940 taga, yoki +128 taga (3,5%) oshgan. 2 yil 
oralikdagi tug’ruqlar asosan o’lik homila, erta neonatal o’lim, homila tushishi qayd 
qilingan ayollar o’rtasida sodir bo’lgan.
Viloyat bo’yicha 2008 yilda tug’ilgan 51120 nafar chaqaloqlar neonatal skrininga 
tekshirilgan bu ko’rsatkich 2009 yilda 40000 nafar chaqaloqni tashkil qildi. 
Ko’rsatkichning salbiy tomonga o’zgarishga sabab 2009 yilning iyul, avgust, 
sentabr oylarida Respublika «Sog’lom avlod uchun» hukumatga qarashli 
bo’lmagan jamg’armasi tomonidan reaktivlarni etkazib berilmaganligi natijasidir.
2008 yilda 52255 nafar, 2009 yilda 52477 nafar homilador ayollar ultrotovush 
tekshiruvidan o’tkazilgan.
Viloyat bo’yicha 2008 yilda 3192 nafar homilador biohimik skriningdan 
o’tkazilgan bo’lsa ularning, soni 2009 yilda 2520 nafarni (-672) tashkil qildi. 
Buning sababi 2009 yilning iyul, avgust, sentabr oylarida Respublika «Sog’lom 
avlod uchun» hukumatga qarashli bo’lmagan jamg’armasi tomonidan reaktivlarni 
etkazib berilmaganligi natijasidir.
Viloyatda 2008 yilda 203 nafar homiladorning homilasi nuqsonli 
rivojlanayotganligi aniqlangan bo’lsa, 2009 yilda 234 nafar (+31) homiladorda 
homilasi nuqsonli rivojlanayotganligi aniqlandi. Aniqlangan nuqsonli homilalarni 
214 tasi (91,5 %) to’htatildi. Nuqsonli homilalar topishning salmog’ini oshganligi 
sabab 2009 yilning iyun oyida viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi 40 
nafar UTT mutahassislari viloyat «Ona va bola» skrining markazida «Homilaning 
rivojlanishini UTT tekshiruvidan o’tkazish» mavzusidagi seminarda va reja 
asosida amaliyot mashg’ulotlarida qatnashganlar. 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish