T ijorat banklaridagi strategik rejalashtirishni bankni boshqarishning muqobil
ssenariylarini ishlab chiqish jarayoni sifatida qarash lozim va bunda bank
faoliyatini 5 sohasi boʻyicha strategik rejalashtirishga ustuvor yoʻnalishlar sifatida
qarash zarur:
– marketing;
– aktivlarni boshqarish;
– resurslarni boshqarish;
– risklarni boshqarish;
– bank xodimlarini boshqarish.
Tijorat banklari faoliyatini moliyaviy natijalarini rejalashtirishda asosiy
eʻtibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar oʻrtasidagi nisbatni
oqilona darajasini taʻminlashga qaratilishi lozim.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tijorat banklari moliyaviy koʻrsatkichlarini
strategik rejalashtirishda asosan Bazel qoʻmitasini kapitalni yetarlililigi va risk-
menejmentga boʻyicha belgilagan mezonlari va meʻyorlaridan foydalaniladi.
§