Lizing (Лизинг / Leasing)
– mashina, asbob-uskunalar, transport
vositalarini, ishlab chiqarish binolarini, inshootlarini uzoq muddatli ijaraga berish.
U ijaraning bir turi boʻlib muayyan davrdan keyin, ijara toʻlovlarining hammasi
amalga oshirilgandan keyin ijaraga olingan narsa ijarachi mulkiga aylanadi.
Lizing obyekti (Объект / object)
– tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalanadigan, isteʻmol qilinmaydigan har qanday ashyolar. Shu jumladan,
korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari
hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |