Investorlar (инвесторы / investors)
– oʻz mablagʻi yoki jalb qilingan
mablagʻ yordamida kapital qoʻyilmalarni amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy
shaxslar, yoki ularning birlashmasi, davlat organlari va chet yellik yuridik va
jismoniy shaxslar investor boʻlishlari mumkin.
Iste’mol krediti (Потребительские кредиты / Consumer loans)
–
aholining isteʻmol talablarini qondirishga beriladigan kredit. Bu kredit uy-roʻzgʻor
buyumlarini: radio-elektron va boshqa maishiy asbob-uskunalar, mebellar, interyer
buyumlari, turar joyni taʻmirlash bilan bogʻliq tovarlarni xarid qilish uchun 3
yilgacha muddatga beriladigan kredit.
Do'stlaringiz bilan baham: |